Muammoni qo‘yishning uch etapini farq qilish lozim: muammoni izlash, muammoni qo‘yish va muammoni yechish.
1.Muammoni izlash. Ko‘pincha ilmiy va texnikaviy muammolar yuzada yotadi. Ularni izlash kerak emas. Paydo bo‘ladigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini aniqlash va ularni yechishning yangi vositalarini topishda ularga sotsial buyurtmalar keladi.
Masalan, shunday muammolar qatoriga xavoni ifloslantirmaydigan energetik qurilma yaratish muammosi. O‘ta aniq va ko‘rinarli bo‘lmagan muammolar xam mavjud.
-Ko‘pincha muammo “Teskaridan” paydo bo‘ladi. Amaliy faoliyat, natijasida teskari yoki keskin farq qiluvchi natijalar olinganida.
-Muammoni izlash va tanlab olishda ularning yechish uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalarini amaliyotning talablari quyidagilar bilan tasdiqlanadi.
-Ayni muammoni yechmasdan belgilangan yo‘nalishda texnikaning yanada rivojlanishi mumkinmi?
-Mo‘ljallangan tadqiqot texnikaga konkret nima beradi?
- Belgilangan tadqiqot natijalari olinadigan yangi qonuniyat, ya’ni usul va vosita ilm xamda texnikada mavjudligidan ko‘p amaliy baxoga erishishi mumkinmi?
2.Muammoni qo‘yish. Yuqorida eslatilganidek muammoni to‘g‘ri qo‘yish, ya’ni maqsadini aniq ifodalash, tadqiqot chegarasini aniqlash va shu bilan tadqiqot ob’ektini belgilash oddiygina ish emas va xar qaysi konkret xol uchun individualdir.
Muammo qo‘yishning ma’lum umumiyligiga ega bo‘lgan quyidagi asosiy “qoida” sini ko‘rsatish mumkin.
a) ma’lumni nomalumdan qat’iy ajratish. Muammoni qo‘yish uchun shu soxadagi fan-texnikaning yutuqlarini mukammal bilish kerak, aks xolda yanglishib ilgari yechilgan muammoni qo‘yib qo‘yish mumkin.
b) noma’lumni cheklash, takomillashtirish. Noma’lumning va o‘rganilishi kerak bo‘lganning chegarasini aniq belgilash kerak.
v) yechishning aniq shartlarini aniqlash, bu degani muammolar tiplarini aniqlash degani. Tadqiqotning umumiy usulini aniqlash va o‘lchash aniqligi hamda baholash masshtabini berish.
g) noaniqligining yoki variantlarning mavjudligiga, bu ilgarigini yangi pog‘onada takrorlashga yo‘l qo‘yadi.