O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI
“Tadqiqot metodologiyasi” fanidan
“O`zbekistonda Soliq tizimidagi muammolar”
ILMIY LOYIHA
Tayyorladi: MMT-78 guruhi talabasi Abdumalikov Eldor
Qabul qildi: dots. Sharapova Mashxura
Toshkent-2022
O`ZBEKISTONDAGI SOLIQ TIZIMIDAGI MUAMMOLAR
REJA
KIRISH
Soliq turlarining ko`pligi sababli aholini qiynayotgan moliyaviy muammolarni o`rganish.
Soliqdan olingan mablag`larni davlat byudjetidan moliyalashtirish amaliyotining tahlili.
O`zbekistonda Soliq tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini yo`lga qo`yish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz “Yangi O`zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatda: “Bugungi kunda O`zbekiston demokratik o`zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini ta`minlaydigan eng muhim mezondir”, - deya alohida e`tirof etdi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, soliq yukini kamaytirish, uning ma`murchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish tizim faoliyatining asosiy mezonlari hisoblanadi.
So`nggi yillarda soliq tizimida uchta bo`g`in – Davlat soliq qo`mitasi, Davlat soliq boshqarmasi va Davlat soliq inspeksiyalari vazifalarining chegarasi aniq belgilab berildi.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma`muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Soliq siyosatini takomillashtirish maqsadida soliqqa tortish tizimini tubdan isloh qilish, shu bilan birga, soliqlar va majburiy to`lovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish ko`zda tutiladi.
O`zbekistonda soliq turlarini qisqartirish maqsadida qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Soliq turlari 12 tadan 9 taga tushirilgani bunga yaqqol misol bo`l oladi.
Tadqiqot ishining predmeti. Soliq tizimidagi soliqlarni undirish jarayonida vujudga kelgan moliyaviy masalalar.
Tadqiqot ishining obyekti. O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi.
Taqqiqot ishining maqsadi. Soliq to`lovchilarda yuzafga kelgan moliyaviy masalalar yuzasidan xulosa va takliflar berishdan iborat.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib tadqiqot ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Soliq to`lovchilar muammolarini atroflicha o`rganish va tahlil qilish.
Soliq tizimini takomillashtirish yo`llarini tadbiq qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va internet sahifalari
O`zbekiston Davlat soliq kodeksi.
O`zbekiston Bojxona qo`mitasi.
O`zbekiston Davlat soliq qo`mitasi.
O`zbekiston Moliya vazirligi.
www.LEX.uz
www.soliq,uz
www.xs.uz
www.data.egov.uz
www.m.xabar.uz
www.fiin.uz
Dostları ilə paylaş: |