Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari


Tuzatish paytida o‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.10.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#66245
növüReferat
1   2   3   4
MAQOLA QANDAY YOZILADI-PDF

Tuzatish paytida o‘zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:
• Matnning butun mazmuni bosh mavzuga tegishlimi?
• Unda qo‘shimcha axborot talab etiladigan joylar yo‘qmi?
• Asosiy fikrni ta’kidlash uchun qaysidir so‘zlarni qo‘shish/tushirib qoldirish kerak emasmi?
• Fikrlar aniq yoki yuzaki bayon qilingan emasmi?
• Matn mantiqan tuzilganmi?
• Kirish qismi aniq yozilganmi?
• Xulosa ishonarlimi, u mohiyatga mosmi?
• Yakuniy qism matnning boshlanishi bilan bog‘langanmi?


3-bosqich
Tahrir qilish yoki korrekturani o‘qish
Ushbu yakunlovchi bosqich matnning qoralama vaiantini tuzish va tuzatishdan
keyin boshlanadi. Sizning vazifangiz matnda orfografik, grammatik va uslubiy
xatolar bo‘lmasligidan iborat. Buning uchun Siz o‘zingizga quyidagi savollarni
berishingiz kerak:
• Hamma so‘zlar ham to‘g‘ri yozilganmi? (Yozilishiga ishonchingiz komil
bo‘lmagan so‘zlarning tagiga chizing va ularni lug‘atga qarab tekshiring).
• Hamma gaplar ham tugallangan fikrni bildiradimi?
• Cho‘zilib ketgan gaplar yo‘qmi, ularni alohida gaplarga bo‘lish kerak emasmi?
• Tinish belgilari: vergullar, tire, ikki nuqta, nuqtali vergullar to‘g‘ri qo‘yilganmi?
• Barcha xatboshilarda chekinish qo‘yilganmi? (Har qanday yangi fikr xatboshidan
boshlanishi kerak).


Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari:
1. Mavzuni to‘g‘ri tanlay olish;
• mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja/tezislarning tuzilishi.
• mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganib chiqish;
• mavzu bo‘yicha faktik materiallar yig‘ish;
2. Reja/tezislar asosida maqolaning birinchi varianti ustida ishlash
3. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish.
Maqola
yozishga
kirishishdan
oldin
quyidagi
savollarga
javob
bering:
- materialdan qanday xulosa chiqarish kerak?
- ish mazmuni nimadan iborat bo‘ladi?
-
maqola nima uchun yoziladi?
Agar Siz o‘z maqolangiz yakunini «ko‘rib turgan bo‘lsangiz», unda ish puxta
bo‘lishi kerak.


"Hamma qaraydi, lekin hamma
ham ko‘rolmaydi"


Sarlavha qanchalik qisqa, ixcham va sermazmun bo‘lsa,
shuncha yaxshi. Chunki sarlavha qanchalik qisqa, aniq va
mazmundor bo‘lsa, ilmiy tadqiqotning shunchalik uqilgan va
yetilganligiga ishora qilib turadi. Aksincha uzundan uzoq sarlavha
noqulay va ishning g‘o‘rligi nishonalaridan biridir. Sarlavhada
ortiqcha so‘zlar bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin