“SARLAVHA ISH MUVAFFAQQIYATINING YARMI”
MAQOLANING TUZILISHi
I. Kirish qism (10-20 %)
• mavzuning asoslanishi + mavzuning dolzarbligi + asosiy tezis
• qo‘yilgan mavzuning retrospektiv tahlili.
• mavzuni bugungi kun pozitsiyalaridan ko‘rib chiqish zarurligining asoslanishi.
• mavzu asosiy tushunchalarining izohlanishi.
• mavzuni bayon qilish bilan bog‘liq xatolar bayoni va hokazo
II. Asosiy qism (70-80 %)
• dalillar + ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan faktlar
• induksiyadan foydalanish: aniqdan umumlashtirishga;
• deduksiyadan foydalanish: umumiydan batafsil ko‘rib chiqishga.
III. Yakunlovchi qism (10-20 %)
• ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan xulosalar
• asosiy fikrning tezislar shaklida bayon qilinishi;
• xulosalar;
• muammoning davomiyligini ko‘rsatish;
• tavsiyalar.
Ilmiy xulosa ilmiy tadqiqning mag‘zi, maqsadi va uning
eng zaruriy qismidir. Ilmiy xulosa tadqiqotchi kuzatgan,
tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o‘zi shakllantirgan ilmiy
tushunchadir. Ilmiy xulosa ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi
bayon etgan tavsiflardan kelib chiqqan holda, sermazmun
qonuniyat sifatida shakllantirilishi zarur.
Maqolalar ilmiy uslubda faqat uchinchi shaxs tomonidan
yozilishi shart.
MATNNI RASMIYLASHTIRISHDAGI XARAKTERLI NUQSONLAR
1.
Mavzudan chetga chiqish, uni boshqasi bilan almashtirish.
2.
Haddan ortiq hajmli kirish qismi, aniq xulosalar yo‘qligi.
3.
Fikrni bayon qilishdagi muayyan bosqichlarni ko‘rsatadigan xatboshilarni ajrata
bilmaslik.
4.
Materialni bayon qilishning uzunligi va haddan ortiq ko‘pso‘zlilik.
5.
Har xil nutqiy va uslubiy xatolar.
MUSTAQIL ISH
Ilmiy asarlar to‘plamida maqola shaklida berilgan materialni o‘qing. Nuqsonlarini
toping. Quyidagi savollarga javob berib, matnni tuzating:
- mazmun mavzuga muvofiqmi?
- maqolaning asosiy tezisi nimadan iborat va ishning hamma qismlari unga
bo‘ysundirilganmi?
- maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan proporsionalmi?
- mantiqlikning buzilishlari yo‘qmi?
- ish ilmiy uslub talablariga javob beradimi?
- nutqiy xatolar bormi?
- ishning umumiy saviyaligi qanday?
|