Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
tiyoj mavjud. Bunday ehtiyoj birinchi navbatda darsning tarkibiy qismlarini boyitishga 
bo‘lgan didaktik zaruriyat sifatida kelib chiqmoqda. O‘quv materiallarining eng maq-
bul strukturasi integrallashgan didaktik model bo‘lib, unda barcha bilimlar muayyan 
bloklarga  ajratilgan  holda  konsentrizm  prinsipi  asosida  joylashtiriladi.  Bunda  o‘quv 
materialining bayoni bilish bosqichlari asosida hodisalarni ifodalashning to‘rt yo‘nali-
shida bayon etiladi: sifati, miqdori, mavjudligi va amaliyligi. Buning natijasida bilim-
larni alohida bloklarga ajratgan holda qismlarga ajratish imkoniyati vujudga keladi. 
Bunda  zarur  qismlar  tarkiblashtiriladi,  ya’ni  alohida  dalillar,  tushunchalar,  qonunlar 
shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, mazkur bloklar o‘quv materiallarini qisman 
bayon qilish xarakteriga ega emas. Bu esa o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan 
to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
konsentrizm  prinsipiga  asoslanib  o‘quv  materialini  tizimlashtirishda  o‘quv  das-
turlari, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalari orasida mantiqiy aloqadorlik va izchillikni 
ta’minlash imkoniyati kengayishini asoslash mumkin. O‘quv materiallarini bayon qilish 
va o‘quv vazifalarini qo‘yishda ham konsentrizm prinsipiga tayanish lozim.
konsentrizm prinsipi oldin o‘rganilgan o‘quv materialiga qaytadan murojaat etish 
hamda uni asta-sekin chuqurlashtirish va kengaytirish orqali o‘quv materialini tanlash 
va kiritishni nazarda tutadi. konsentrizm prinsipi asosida tanlangan o‘quv materiallari 
barcha dalillarni yaxlit qamrab olish imkonini beradi. Didaktik birliklarni yiriklashtirish 
va konsentrlarga jamlash asosida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirishini kafolatlay-
digan ta’lim texnologiyasini qo‘llash uchun keng yo‘l ochiladi, ya’ni o‘quvchida axborot-
larni qayta ishlash ong osti mexanizmlarining faollashuvi, aqliy operasiyalarning muay-
yan makon va zamonda yaqinlashishi, dalillarga asoslangan mantiqiy qismlar va ijobiy 
hissiyotlarning o‘zaro ta’siri tufayli amalga oshadi. 
Mazkur konsentrlardan DTSlarini takomillashtirish, o‘quv dasturlari va darsliklar-
ning yangi avlodini yaratishda o‘quv materiallarini tizimlashtirishda keng foydalanish 
tavsiya etiladi. yangi avlod darsliklarini yaratishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri 
uning ergonomik talablarga to‘liq javob berishini ta’minlashdan iborat. Ergonomik ta-
lablar o‘quvchiga darslikning o‘quv materialini idrok etishi qulay bo‘lishi, yosh va psixo-
logik xususiyatlarini hisobga olgan holda, tushunarli va oson o‘zlashtirish imkoniyati-
ning hosil qilinishidir. Bunda darsliklarning maqsadi ham “davlat ta’lim standartlari va 
tasdiqlangan o‘quv reja hamda dasturlari asosida, tizimlashtirilgan, didaktik va metodik 
jihatdan mukammal ishlab chiqilgan o‘quv materiallarini taqdim etish orqali ta’lim maz-
munini ochib berishdan iborat”.
konsentrizm prinsipi asosida o‘quv materialini tizimlashtirishning ahamiyati zarur 
axborotning o‘quv materialiga umumlashgan holda kiritilishi imkoniyati yuzaga kelishi-
dan iboratdir. Bunday o‘quv materiali ixtiyoriy o‘quvchi uchun mo‘ljallangan, ammo uni 
bosqichli taqdim etish talab etiladi. 
O‘quv materialini tanlash va uni tizimlashtirishda quyidagi yondashuvlarga taya-
nish zarur: barcha axborotni bir yerda jamlash va uni o‘quv materiali sifatida taqdim 
etish; o‘quv topshiriqlarining hajmini kengaytirish va ularning joylashuvi (kiritilishi) ket-
ma-ketligini belgilash; dastlab, tayanch axborot bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlar kel-
tiriladi va bunda ularning turlarini ajratish talab etiladi; o‘quvchilar diqqatlarini jamlab 
tayanch qoidalarni tushunadilar; bunda o‘quvchilarda ikkinchi darajali (asosiy bo‘lma-
gan) yondashuvni ajratish ko‘nikmasi rivojlanadi
3
. Mazkur o‘quv topshiriqlarini bajarish 
3
 осмоловская И.М., Иванова е.о. Дидактические основания отбора учебного материала 
в учебники нового поколения // Новое в психолого-педагогических исследованиях. 2015. – № 
3. – C.82-92.


107
jarayonida o‘quvchilarning diqqatlari taqsimlanadi, ular o‘z faoliyatlarini ongli ravishda 
rejalashtiradilar va uni boshqaradilar.
O‘quv axborotini tizimlashtirishning asosiy sharti – axborotni (ma’lumotni) mod-
diylashtirish. axborotni izchil joylashtirishda ikki o‘zaro qarama-qarshi holatlarni ko‘zda 
tutish zarur: bir tomondan, barcha axborotni bir yerda jamlash lozim; ikkinchi tomon-
dan, axborotning tahlili umuman olganda ma’lum yuklamani talab etadi. Bu holatda 
o‘quvchilar uni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shuning uchun qo‘shim-
cha topshiriqlar sonini qisqartirishga to‘g‘ri keladi. ko‘rsatilgan qiyinchiliklarni yengish 
uchun barcha axborotni o‘quv materiali shaklida qismlar (bo‘limlar) bo‘yicha taqdim 
etish maqsadga muvofiq.
O‘quv  materiallarini  o‘quvchilarning  real  o‘qish  imkoniyatlariga  moslash  uchun 
ta’lim mazmuniga berilgan didaktik ishlanmalar aniqlashtiriladi: o‘quv materiallari va 
o‘quv topshiriqlari; o‘quv topshirig‘i va mustaqil ishlar; o‘quv topshirig‘i va mashqlar. 
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ixtiyoriy faoliyat chuqur mulohazalar, axborotni faol o‘z-
lashtirish, murakkab operatsiyalarni sifatli bajarish, o‘quvchilar diqqatlarini jamlashni 
talab etadi. O‘qituvchi faoliyatining samaradorligi u o‘quvchilarning diqqatlarini o‘quv 
muammosida jamlay olishiga bog‘liq. Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘z diqqat-
larini rejalashtirish va tizimlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim.
O‘quvchilarning  aqliy  faoliyatlarining  jihatlari  quyidagilarda  ifodalanadi:  o‘quv-
chilar  diqqatlarini  o‘quv  materiallarini  umumlashtirishga  qaratish,  ular  yordamida 
o‘quvchilarning diqqatlari jamlanadi va onglari rivojlanadi. Mazkur o‘quv materialla-
rida obyekt, hodisa, isbotlarni ajratish zarur. Mazkur material o‘quvchilar tomonidan 
umumlashgan ko‘rinishda xatti-harakat va uning natijasi sifatida idrok etiladi. Bunda 
o‘quv  materialining  strukturalashtirilishi  diqqatni  taqsimlash  usuli  yordamida  amal-
ga oshiriladi. Barcha obyektlar yoki isbotlar guruhi o‘quvchining ongi bilan nazorat 
qilinishi  orqali  diqqatni  muvofiqlashtirish  (yaqinlashtirish)  muhim  ahamiyatga  ega. 
Diqqatni dalillardan uzoqlashtirish (chalg‘itish) o‘quvchilarning ong osti xususiyatlari 
bilan bog‘liq. Bunday holatda o‘quvchilarning xotiralarida faqatgina axborotning o‘zi 
saqlanib qoladi.
O‘quv materiallarini tizimlashtirish o‘quvchilarga diqqatlarini asosiy qoidalarga qa-
ratish va axborot (matn) bilan ishlash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. O‘quv-
chilarga amaliy ishlar davomida o‘z diqqatlarini boshqarishlarida quyidagi usullar yor-
dam berishi mumkin:
1. Diqqatni jamlash, uning taqsimlanishi o‘quvchilarga eng asosiy fikrlarni (birin-
chi darajali qoidalar) ajratish imkonini beradi. Bu o‘quvchilarga o‘quv materialini o‘z-
lashtirish va uni xotirada saqlashga yordam beradi. Masalan, ona tili darslarida oldin 
o‘zlashtirilgan bilimlar, tabiiy mavjud bo‘lgan til malakalari va tashqi tayanch materi-
allardan foydalanish mumkin. Ularga verbal xususiyatdagi o‘quv materiallari (rejalar, 
tayanch  so‘zlar  yoki  belgilar,  mantiqiy  sxemalar),  turli  ko‘rinishdagi  jadvallar  (o‘quv 
materialining rejasi, diagrammalar, sxemalar, chizmalar, statistik, xronologik jadvallar), 
illyustratsiyali ifodalar (rasmlar, suratlar, plakatlar, rasmli grafiklar) va boshqalar kiradi. 
Tayanch o‘quv materiali joylashuvining qat’iy tartibi bevosita o‘quvchilarning diqqatla-
rini markazlashtirish va uni boshqarish mexanizmlari bilan bog‘liq. Tayanch qoidalar 
tizimlashtirish usulining asosiy manbai hisoblanadi.
2. O‘quv materiallarini tizimlashtirish. O‘quv materialini loyihalashtirish va uning 
tasniflanishi barcha komponentlarning aniq mantiqiy ketma-ketlikda joylashishi   u ch un  
sharoit  yaratadi,  ya’ni  materiallar  tizimlilik  tamoyili  asosida  joylashtiriladi.  Shunga 


108

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin