“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
ko‘ra, o‘quv materialining komponentlari ma’lum tartibda joylashtiriladi. Bunga muvofiq
ravish da ularga taalluqli bo‘lgan jadvallar, rasmlar, sxemalardan foydalaniladi.
O‘quvchilarning amaliy ishlar davomida o‘z diqqatlarini boshqarishlaridagi birin-
chi va ikkinchi usullar o‘zaro aloqadorlikda qo‘llaniladi, chunki tayanch yondashuvlarni
aniqlash uchun qo‘shimcha axborot va “ikkinchi darajali” axborotdan foydalanish zarur
va bunda o‘quv materialining optimal tuzilmasi qurilishi mumkin. Qo‘shimcha axborot
sifatida asosiy fikrni tushuntirishni osonlashtiruvchi alohida so‘zlar, atamalar, frazeo-
logizmlar, barqaror so‘z ifodalari qo‘llanilishi mumkin. O‘quv materiallarini konsentrizm
prinsipi asosida tanlash va strukturalashtirishda uzluksiz yondashuv, funksional-tizimli
yondashuv, tizimli-strukturali yondashuv, tizimli-mantiqiy yondashuv, kompetensiyaviy
yondashuvlarga tayanish talab etiladi. Shunga ko‘ra, konsentrizm prinsipi asosida tan-
langan o‘quv materiallari o‘quvchilarning bilimlarini izchil tizimga solish, ularni mantiqiy
fikrlashga o‘rgatish, fikriy ketma-ketlikni ta’minlashda alohida o‘rin egallaydi. konsen-
trizm prinsipi asosida tanlangan o‘quv materiallari o‘zaro uzviy bog‘langan bloklarni
tashkil etib, o‘quv materiallari orasidagi izchillikni ta’minlashga xizmat qiladi hamda
o‘quv dasturi va darsliklarda beriladigan mavzularning uzviylik asosida joylashtirilishini
ta’minlaydi. konsentrizm prinsipi asosida ishlab chiqilgan model DTS, o‘quv dasturlari
va darsliklar mualliflari uchun o‘quv materiallarini tanlash va strukturalashtirishda mu-
him tayanch manba va nazariy-empirik asos sifatida xizmat qiladi.
Demak, o‘quv materiallari tarkibini mantiqiy jihatdan tahlil qilmasdan ularni ya-
gona konsentrga jamlash mumkin emas. Bu ayniqsa, o‘quv dasturlari va darsliklarni
yaratishda muhimdir. konsentrizm prinsipi asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish-
ning didaktik qoidalarini ishlab chiqish orqali uning alohida qismlari orasidagi didaktik
aloqadorlikni nazariy jihatdan asoslash mumkin. Shuning uchun ham konsentr tarkibi-
dagi o‘quv materiallari orasidagi aloqadorlik quyidagicha ifodalanadi: o‘quv materiallari
va ularning qismlari o‘rtasida fikriy aloqaning mavjud bo‘lishi; har bir konsentr tarkibida
didaktik materiallarning aniq va to‘liq ifodalanishi.
yuqoridagi tahlillarimiz asosida konsentrizm prinsipi asosida tanlangan va struktu-
ralashtirilgan o‘quv materiallari o‘quvchilar bilimini tizimlashtirish, ularning amaliy ko‘nik-
ma, malaka, kompetensiyalarini yaxlit tarzda tarkib toptirish imkonini yaratishi ma’lum
bo‘ladi. konsentrizm prinsipi asosida o‘quv materiallarini tanlash va tizimlashtirish nati-
jasida o‘quv materiallari orasida uzviylik, izchillik ta’minlanadi, ularni turli sinflar kesimida
takror tarzda taqdim etish amaliyotiga chek qo‘yiladi.