Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
M.Potashnikning  fikricha,  boshqaruv  ta’lim  jarayonining  barcha  subyektlarining 
aniq maqsadga yо‘naltirilgan faoliyati bо‘lib, ta’lim muassasasining optimal faoliyat olib 
borishi va albatta rivojlanishini ta’minlashga qaratilgandir.  agar birinchi yondashuvda 
faoliyat jarayonida ta’lim ishtirokchilarining subyektiv tajribasi doimiy ravishda о‘zga-
rib turishi inobatga olinishi mavhum bо‘lib qolsa, ikkinchi ta’rifda boshqaruvning sub-
yekt-subyekt tabiati inobatga olinmagan. 
S.Vishnyakova  boshqaruvni  ta’lim  jarayoni  subуektlari,  hokimiyat  organlarining 
insonlarga, о‘quv, iqtisodiy va boshqa obуektlarga ularning хatti-harakatlarini yо‘nalti-
rish hamda zarur natijalarga erishish maqsadida amalga oshiradigan aniq maqsadga 
yо‘naltirilgan ongli ta’siri deb ta’riflaydi.
1
 
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, zamonaviy pedagogik boshqaruv konsepsiyasi 
“samaradorlik,  professor-о‘qituvchilar va pedagog xodimlar potensialidan unumli foy-
dalanish, yangiliklarga tayyorlik kabi qadriyatlarga mо‘ljallangan bо‘lishi kerak”.
2
Oliy  ta’lim  muassasalarini  boshqarish  zamonaviy  ilm-fanning  alohida  sohasi 
bо‘lib, rahbarning muayyan ish tajribasi, shuningdek, uning о‘ziga xos tashkilotchilik 
qobiliyati, iqtidori hamda shaxsiy sifatlarga ega bо‘lishini taqozo etadi. Jamiyatning 
mavjud  taraqqiyoti  ta’lim  muassasalari  rahbarlarining  kasbiy  mahoratlarini  oshirish 
zarurligini kо‘rsatmoqda. Zero, rahbarlarning kasbiy mahoratlari ta’lim muassasalari-
da ijtimoiy talablarga muvofiq hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishda hal qiluvchi omil 
hisoblanadi.  
Boshqarish har qanday jamiyatga, hayotning barcha sohalariga xos bо‘lib, asosiy 
maqsad fuqarolarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini tobora tо‘la qondirish uchun 
ishlab chiqarishni, barcha ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdan 
iborat. 
U.inoyatovning fikricha, ta’lim tizimini boshqarish darajasi va yо‘nalishlariga kо‘ra 
farqlanadi. Jumladan: 
1)  darajasiga  kо‘ra  –  umumdavlat,  tarmoqlararo,  tarmoq,  mahalliy  va  umumiy 
ta’lim maktablarining ichki boshqaruvi
2) yо‘nalishlariga kо‘ra – tashkiliy, tizimli, mazmunli, kadrlar masalasi nuqtayi na-
zaridan va metodik
3
.   
r.X.Djurayev  va  S.T.Turg‘unovlarning  qayd  etishlaricha,  ta’lim  muassasasini 
bosqarish – bu rahbarlar bilan pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat bо‘lib, 
ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarish, mazkur jarayon 
ishtirokchilarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish  hamda  о‘quvchilarga  fanlar  bо‘yicha 
chuqur bilim va axloqiy tarbiya berish, kasb tanlashga yо‘llash va har tomonlama rivoj-
langan shaxsni tarbiyalashga yо‘naltirilgan, ilmiy asoslangan faoliyat.
4
Tushunchaning  lug‘aviy ma’nosi “harakatga rahbarlik qilish, biror faoliyatning bo-
rishi va yо‘nalishiga ta’sir kо‘rsatish”, “odamlarni birlashtiruvchi, ularning kuch-g‘ayrat-
larini umumiy natija (maqsad)larga erishishga yо‘naltiruvchi faoliyat” sifatida ta’riflan-
sa, r.ahlidinov bu tushunchani “ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot 
1
 Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые понятия, термины, 
актуальная лексика / С.М. Вишнякова. – Москва: НМц СПо, 1999. – С.346.
2
  лазарев  В.С.  Системное  развитие  школы  /  В.С.  лазарев.  –  Москва:  Пед.  общество 
россии, 2002. – С.304 .
3
  Иноятов  У.И.  теоретические  и  организационно-методические  основы  управления  и 
контроля  качества  образования  в  профессиональном  колледже:  Автореф.  дисс.  ...  докт.пед.
наук. – т.: 2004. – С.44 .
4
 Jurayev r.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti. – т.: “Voris-nashriyot” nashriyoti, 2006. – 263 .


23
faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga erishishga 
qaratilgan jarayon”
5
 deya izohlaydi.  
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida (TQM) – sifatni yalpi 
boshqarish konsepsiyasi tamoyillarini joriy etish zamonaviy dolzarb vazifalardan biridir. 
Mehnatni ilmiy tashkil etish va sifatni boshqarish asoschilaridan biri Frederik Uins-
lou Teylor boshqarishning tizimli siklini joriy etgan: reja (Plan) – bajarish (Do) – tekshi-
rish (Check) – harakat (action). Bunda tekshirish natijalarni о‘lchash va tahlil qilishni 
nazarda tutsa, harakat  olingan  natija  rejalashtirilgan  sifatga  javob  bermasa,  zaruriy  
о‘zgartirish va korreksiyalashni nazarda tutadi. Sifat menejmenti asoschisi Valter End-
ryu Shuxart Teylorning mahsulotlar sifatini har bir detalini nazorat qilishga asoslangan 
yondashuvini texnologik jarayonlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlashga qaratilgan 
metodika bilan almashtirishni taklif qildi.  V.Shuxartning mahsulot sifatini doimiy yax-  
shilash zarurati tо‘g‘risidagi g‘oyasini о‘quvchisi E.Deming rivojlantirib, ishlab chiqarish 
menejmenti amaliyotiga rDCa –“Shuxart-Deming metodi” yoki  “Deming sikli”ni joriy 
etadi.   
Teylor, Shuxart va Deming yondashuvlari asosida keyinchalik sifatni yalpi boshqa-
rish  konsepsiyasi  ishlab  chiqildi.  Sifatni  yalpi  boshqarish  konsepsiyasining  mohiyati 
boshqarishning ta’lim muassasasini muvaffaqiyatga olib boruvchi tamoyillaridan foy-
dalanishdan iborat. Uning asosini xalqaro iSO – 9000:2001 standartlari tashkil etadi. 
1. iste’molchilarga mо‘ljallanganlik tamoyili. Oliy ta’lim muassasasining faoliyati 
mamlakatimizda  mutaxassislarga  nisbatan  mavjud  real  ijtimoiy  buyurtmaga  bog‘liq, 
shuning  uchun  OTMning  bu  boradagi  asosiy  vazifalaridan  biri  ta’lim  xizmatlari  is-
te’molchilari,  ularning  bо‘lajak  mutaxassislarga  qо‘yayotgan  talablari  va  ehtiyojlarini         
aniqlashdan iborat.
2. Ta’lim muassasasi rahbariyatining yetakchilik tamoyili. Oliy ta’lim muassasa-
larida ta’lim sifatini ta’minlash jarayonida rahbarlarning barchasi faol ishtirok etishlari, 
jamoaga о‘rnak bо‘lishlari, ta’lim subуektlarining imkoniyatlarini bir maqsadga – ta’lim 
sifati va samaradorligini oshirishga safarbar etishlari, oliy ta’lim muassasasida sog‘lom 
ijtimoiy-psixologik muhitni ta’minlashlari zarur.  
3. Ta’lim muassasasi xodimlarining barchasini jalb qilish tamoyili. Oliy ta’lim muas-
sasalari professor-о‘qituvchilari va xodimlarini ta’lim sifatini oshirishga jalb qilish uchun 
avvalambor ularning yalpi sifat boshqaruvi sohasida malakasini oshirish lozim. 
4. Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv qarorlarini aniq faktlar asosida qabul qi-
lish tamoyili. Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan har qanday qaror monitoring natija-
larini tahlil qilish orqali aniqlangan obуektiv ma’lumotlar, faktlar asosida qabul qilinishi 
maqsadga muvofiqdir. 
5. Tizimli yondashuv asosida boshqarish tamoyili. Ushbu tamoyil oliy ta’lim mu-
assasalarida amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni о‘zaro bir-biriga bog‘liq tizim 
sifatida boshqarishga asoslanadi. 
6. Ta’lim sifatini doimiy ravishda yaxshilash tamoyiliOliy ta’lim muassasalarida 
ta’lim sifatini oshirishga monelik qilayotgan omillar va kamchiliklarni aniqlash, sabab-
larini tahlil qilish va ularni  bartaraf etish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish tizimli ravishda 
monitoring tadqiqotlarini olib borishni taqozo etadi. 
7. Oliy ta’lim muassasalari va ta’minlovchilarning о‘zaro manfaatdorlik tamoyili.  
Oliy ta’lim muassasalari va ta’minlovchilar (davlat va jamiyat vakillari) о‘zaro bir-biri 
bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, о‘zaro manfaatdorlik munosabatlari ta’lim xizmatlari 
5
 Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. – Казань: КгУ, 1996. – С.567 .


24

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin