“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
qutqaruvchi vosita sifatida ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda dunyoning
50 dan ortiq davlatlarida elektron sigaretalar sotilayotgan bo‘lishiga qaramay elektron
sigareta ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar uning inson salomatligi uchun bezarar
ekanligini uqtirishga, ishontirishga harakat qilsalarda, o‘zlari chekishga butunlay qarshi
chiqadilar.
nikotinga qaramlik masalasi keskin turgan qator xorijiy davlatlarda tamakisiz
aralashmalarni chekish ham odatdagi tamakini iste’mol qilish kabi xavfli degan ilmiy
xulosaga kelingan va ayrim xorijiy davlatlarda tamakidan holi muhit to‘g‘risidagi
qonunlar qabul qilingan. Jumladan, jamoat joylarida chilim chekish germaniya, italiya,
Avstriya, Belorussiya, Fransiya, Shvetsiya, Ukraina, Qozog‘iston, Birlashgan Arab
amirligi, Quvayt va boshqa davlatlarda taqiqlangan va jarima sanksiyalari belgilangan.
Shuningdek, Braziliya, kanada, Daniya, Turkiya, Norvegiya, Avstraliya, Urugvay,
iordaniya, italiya, Birlashgan arab amirligida 2013- yildan boshlab elektron sigaretalarni
reklama va realizatsiya kilish taqiqlangan. Taylandda esa elektron sigaretlar va ularning
analoglarini olib kirish, foydalanish, saqlash va olib yurish taqiqlangan. Rossiya
Federatsiyasida 2013-yildan boshlab shakli va rangi bo‘yicha tamaki mahsulotini
eslatuvchi eletron sigaretlarni sotish ma’n etilgan. Ayrim davlatlar qonunchiligida
huquqbuzarlarni axloq tuzatish ishlariga ham yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimiz qonunchiligida ham jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar
chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning sog‘lig‘ini
chilim va elektron sigaretalarning zararli ta’siridan, u bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa
salbiy oqibatlardan muhofaza qilish shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga
alohida e’tibor qaratiladi. 2018- yil 2- iyulda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasining
“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonuni
fikrimizning isbotidir.
yoshlarning zararli illatlarga qaramligini oldini olishda iste’mol qilayotgan mah-
sulotining tarkibi va uning zarari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar berish va uning
oqibatlarini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois qonunda “chilim”, “chilim
uchun tamakisiz chekish aralashmasi”, “chilim chekish uchun damlama”, “chilim uchun
chekish toshi”, “elektron sigareta” kabi asosiy tushunchalarga ta’rif beriladi. Jumladan,
“Chilim” – tamaki chekish yoki tarkibida tamaki bo‘lmagan chekiladigan qorishma
(tutatqi qiyom, tutatqi tosh) iste’mol qilish uchun qo‘llaniladigan asbob bo‘lib, unda
aerozol (bug‘) yoki tutun suyuqlik solingan idish (chilim suvdoni) orqali o‘tadi
8
.
“elektron sigareta” esa nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazish vositasi
sifatida foydalaniladigan, nafas olib yutish uchun mo‘ljallangan aerozol (bug‘) hosil
qiladigan elektron moslama, deya ta’rif beriladi.
Chilim chekish jarayonida is gazidan tashqari katta miqdorda og‘ir metallar va turli
xil kimyoviy birlashmalarning organizmga tushishi onkologik, yurak qon-tomir, o‘pka va
nafas yo‘llari kasalliklariga, asab va ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishiga,
jinsiy va reproduktiv qobiliyatning susayishiga olib kelishi, tish milklari patologiyasini
keltirib chiqarishi kuzatilgan. elektron sigaret chekish davomida paydo bo‘ladigan
bug‘li-tutunli aralashma kuchli kanserogen ta’sirga ega bo‘lib, nafas olish organlari
va immun tizimiga jiddiy putur yetkazadi, teri kasaliklarini keltirib chiqaradi. Eng
achinarlisi, homilaning vaqtidan oldin, kam vazn bilan tug‘ilishi natijasida chaqaloqlar
8
O‘zbekiston respublikasining “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni
cheklash to‘g‘risida”gi qonuni. // Xalq so‘zi gazetasi, 2018-yil 3-iyul, №133 (7091).
19
o‘limi ko‘payadi. Balog‘at yoshida bunday mahsulotlarni iste’mol qilish esa bepushtlikka
olib keladi.
Qonunda chilim va elektron sigaretalarni chekish mumkin bo‘lmagan jamoat
joylari tarkibi aniqlashtirilgan bo‘lib, ular quyidagi obyektlardir:
– statsionar savdo obyektlari, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari bundan
chilim va elektron sigaretalar chekish uchun maxsus ajratilgan xonalar mustasno;
– kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy
dam olish uchun mo‘ljallangan boshqa yopiq inshootlar;
– klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, internet jahon axborot tarmog‘idan
foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa
ko‘ngilochar (bo‘sh vaqt o‘tkaziladigan) joylar;
– muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;
– mahalliy hamda uzoqqa qatnaydigan poezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan
poezdlarning vagonlari (shu jumladan tamburlari), daryo kemalari, shahar, shaharlararo
va xalqaro qatnovdagi avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar va shahar elektr transporti,
havo kemalari;
– yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik
saqlash joylari;
– aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil va suv transporti bekatlarining binolari;
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari,
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning binolari;
– sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari,
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;
– ish o‘rinlari bo‘lgan xonalar;
– ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari shuningdek, uylar oldi hududida joylashgan
bolalar va sport maydonchalari;
– xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqalar jamoat joylari hisoblanadi.
Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash bo‘yicha
profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, korxonalar
(muassasalar), ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki orqali yoshlar
tarbiyasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini ta’min-
lanlash ko‘zda tutiladi.
Shu bilan birga yoshlarni ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida chilim va elektron
sigaretalarni targ‘ib etish, ya’ni chekishni rag‘batlantiruvchi, shaxsda ularni iste’mol
qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g‘oyalar, qarashlar va badiiy
obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar qonun bilan
taqiqlanadi.
Mazkur qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida jamoat joylarida yoshlar o‘r-
ta sida chilim va elektron sigaretalar chekish keng tarqalishining, chekmaydigan fuqa-
rolarning huquqlari himoyasini ta’minlashga yoki tamaki tutunidan zaharlanishning,
chekish natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning, shuningdek, guruh bo‘lib chekish
oqibatida yuqish xavfi bo‘lgan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga
erishiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mazkur qonun bilan belgilangan jamoat joylarida
chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash orqali ko‘zlangan natijaga erishish,
jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish uchun har bir fuqaro jamoat
|