Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
sport-sog‘lomlashtirish  obyektlari  va  ijtimoiy  institutlar,  ularda  amalga  oshiriladigan 
ta’lim-tarbiyaviy ishlarning uzviy aloqadorligi va uzluksizligini ta’minlash muhim aha-
miyat kasb etadi. Shu bois, bugungi kunda yoshlarimiz ongi va qalbida sog‘lom 
turmush madaniyatini rivojlantirish uchun olib borilayotgan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarni 
kuchaytirish, ularning samaradorligini oshirish dolzarb masala sanaladi. 
Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida inson salomatligini yuqori darajada saqlab 
turish, insonni nogironlikka yoki halokatga olib keluvchi ko‘pgina kasalliklarning oldini 
olish imkonini beruvchi sog‘lom turmush madaniyatining asosiy komponentlaridan biri 
chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan o‘zini tiyishdir.
Fuqarolar sog‘ligini saqlash sohasidagi asosiy vazifalaridan biri – chekmaydigan 
shaxslarning  huquqini  himoya  qilishdan  iboratdir.  Bugungi  kunda  aholi,  ayniqsa, 
yoshlar orasida restoran, kafe, bar, klub va diskotekalarda elektron sigaretalar va 
chilim chekishning ommalashib borayotganligi sababli ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
joylarda hamda transport vositalarida chekishni taqiqlash muhim mexanizmlardan biri 
hisoblanadi. 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan joylarda va transport vositalarida chekishni taqiq-
lashning huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda 
iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni – fuqarolarning sog‘lig‘ini, avvalo, yigirma 
yoshga  to‘lmagan  shaxslarning  sog‘lig‘ini  alkogol  va  tamaki  mahsulotlarini  iste’mol 
qilishning  zararli  ta’siridan,  shu  bilan  bog‘liq  ijtimoiy  va  boshqa  salbiy  oqibatlardan 
himoya qilishga, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 
Mazkur  qonunga  muvofiq,  tamakidan  yoki  uning  o‘rnini  bosuvchi  narsadan 
tayyorlangan har qanday mahsulot – tamaki mahsuloti hisoblanib, tamaki mahsulotlarini 
reklama  qilishga  hamda  jamoat  joylarida  tamaki  mahsulotini  iste’mol  qilishga  yo‘l 
qo‘yilmasligi belgilangan
1
.
O‘zbekiston  respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksida 
ham  tamaki  mahsulotlarini  jamoat  (56
1
-moddasi)  va  transportning  ruxsat  etilmagan 
joylarida (122-modda) iste’mol qilganlik uchun javobgarlik belgilangan
2
. O‘zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksiga
 
muvofiq  har  bir  xodim  xavfsizlik  va  gigiyena 
talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish huquqiga ega
3
.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida 
davlat  yoshi,  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dinga  munosabati,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi, 
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlashi 
belgilab qo‘yilgan
4
.
“Reklama to‘g‘risidagi”gi qonunning
5
 23-moddasida tamaki, tamaki mahsulotlari 
va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi, ularning namunalarini tekin 
1
 O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki  mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol 
qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonuni.  //  O‘zbekiston  respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining 
axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 272-modda. 
2
  O‘zbekiston  respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksi.  //  O‘zbekiston 
respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda.
3
  O‘zbekiston  respublikasining  Mehnat  kodeksi.  //  O‘zbekiston  respublikasi  Oliy  Majlisi 
palatalarining axborotnomasi, 1996 yil, № 1-ilova.
4
 O‘zbekiston respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni. // O‘zbekiston 
respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi,  1996-yil, № 9, 128-modda.
5
 O‘zbekiston respublikasining “reklama to‘g‘risidagi”gi qonuni. // O‘zbekiston respublikasi Oliy 
Majlisining axborotnomasi, 1999-yil,  № 1, 14-modda


17
tarqatish,  nomi,  tovar  belgisi  yoxud  tasviridan  foydalaniladigan  tadbirlarga  homiylik 
qilish, tasviri tushirilgan tovarlarni tarqatish, sotish, savdo obyektlarida, kirish joylarida, 
vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, 
tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi 
boshqa  axborotni  o‘rnatish  taqiqlangan  bo‘lishiga  qaramay,  afsuski,  bugungi  kunda 
jamoat  joylarida,  kafe,  bar  va  restoranlarda  fuqarolar,  ayniqsa  yoshlar  tomonidan 
tamakidan tayyorlanuvchi – chilim iste’moli ko‘payib, “ommaviy urf” va “ommaviy 
madaniyat”ga aylanib bormoqda.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, chilim afrika va Osiyo xalqlari o‘rtasida bundan 400 
yillar oldin keng tarqalgan
6
. XiX asr oxiri XX asr boshlariga kelib yaqin Sharqda keksa-
lar o‘rtasida keng tarqala boshlagan. 1990-yillarga kelib chilimning yoshlar o‘rtasida, 
ayniqsa  umumta’lim  maktablari  o‘quvchilari  va  oliy  o‘quv  yurtlari  talabalari  o‘rtasida 
keng tarqalishi kuzatilgan. 
 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko‘ra, bir yilda dunyo bo‘yicha 
6 mln. nafardan ortiq insonlar bunday mahsulotlarni bevosita o‘zlari iste’mol qilishi 
natijasida vafot etsa, 900 mingdan ziyodi passiv chekish (chekuvchilar yonida yoki, 
chilim chekilgan xonada bo‘lish) oqibatida hayotdan ko‘z yumadi. 2030-yilga borib bu 
ko‘rsatkich 8 mln.ga yetishi ehtimoli mavjud. Chunki rak kasalliklarining 71,0 foizga, 
surunkali nafas yo‘li kasalliklarining 42,0 foizga va yurak qon-tomir kasalliklarining 10,0 
foizga yaqini aktiv yoki passiv chekish natijasida paydo bo‘lishi aniqlangan. Elektron 
sigaretalar va chilim o‘smirlar orasida ham keng tarqalish tendensiyasiga ega ekanligini 
hisobga olsak, bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, katta 
yoshdagi aholi orasida sigaret, trubka, chilim, o‘zi o‘rab chekuvchilar 2002-2006-yillarda 
aniqlanmagan  bo‘lsa,  2014-yilda  18-64  yoshdagi  erkaklar  orasida  26,8  foizni, 
ayollar orasida 1,4 foizni tashkil qilgan. Bugungi kunda tibbiyotda chekishning turli 
usullaridan foydalanish inson organizmini zararlantirib, turli kasalliklarga olib kelishi 
ilmiy asoslangan. 2017-yilda aholi o‘rtasida aniqlangan kasalliklarning 31 foizi chekish 
oqibatida kelib chiqqanligi fikrimizning isbotidir.
Inson bir soat davomida chilim iste’mol qilganda bir dona sigareta chekkanga 
nisbatan 100-200 barobar ko‘p tutunni o‘pkaga yutadi. Chilimda 600-650
S
 haroratda 
ko‘mir yonib turishi natijasida uni 45 daqiqa iste’mol qilgan inson organizmiga bir quti 
(20 dona) sigareta chekish yoki 40 barobar ko‘p miqdorida ugar gazi tushishi ilmiy 
asoslangan.
Insoniyat chekishni odat qilibdiki, shundan buyon unga qarshi kurashib kelinadi. 
Chekishga qarshi kurash vositasi sifatida yaratilgan butunlay yangi vosita – elektron 
sigareta esa inson salomatligi uchun yanada zararliroqdir. 
Xitoylik dorishunos olim Xon lik 2003-yili 52 yoshida uzoq izlanishlaridan so‘ng 
birinchi  elektron  sigaretani  ixtiro  qiladi.  (Ma’lumotlarga  ko‘ra,  otasining  uzoq  vaqt 
chekishi oqibatida o‘pka raki kasalligi bilan vafot etganidan keyin o‘ziga chekishni 
tashlashga so‘z beradi. Shundan so`ng chekishning salbiy oqibatini yengillashtirish 
maqsadida unda elektron sigareta yaratish g‘oyasi paydo bo‘ladi)
7

U oddiy sigaretga sog‘lom raqobatchi, chekishga qarshi kurashish vositasi sifatida 
yaratdi. Xitoy hukumati elektron sigeretani tamaki chekishga bo‘lgan tobelikdan 
6
 goodman J. Tobacco in history: the cultures of dependence. london: rout ledge; 1993.
7
 Электронные сигареты: мифы и правда. Методические материалы (разр. Инструктором 
по гигиен. воспитанию Насоновым С.Ю.). – Волгоград, гКУз “ВоцМП”, – С..2.


18

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin