5
Ushbu suhbatda xalq ta’limi tizimida ancha yillardan beri to‘planib qolgan muam-
molar
ochiq-oydin aytib, ularni bartaraf etish yo‘llari va choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
Jumladan:
“Hozirgi vaqtda respublika miqyosida 11 mingdan ortiq o‘qituvchilik
lavozimlarida vakansiyalar mavjud. 66 ming nafardan ortiq oliy ta’lim diplomiga ega
bo‘lmagan o‘qituvchilar maktablarda faoliyat yuritmoqda. Erkak o‘qituvchilar ulushi 30
foizdan ham kam. Toshkent shahrida esa bu ko‘rsatkich atigi 10 foizni tashkil etadi.
Bir eslab ko‘raylik, o‘quvchilik yillarimiz erkak pedagoglar salmog‘i ancha yuqori edi.
Shuning uchun, tartib-intizom ham joyida, uncha-muncha bola yurak yutib, bezorilik qi-
lavermasdi. O‘g‘il bolalarda yigitlarga xos mardlik, jasorat, tantilik, bir so‘zlilik kabi fa-
zilatlarning shakllanishida erkak muallimlarning roli kattaligi inkor etib bo‘lmas haqiqat.
Bu muammolarning asosiy sababi, maktab ta’limi tizimidagi xodimlar oylik ma-
oshining o‘ta past ekanidir. Oxirgi uch yillikni sarhisob qiladigan bo‘lsak, umumiy o‘r-
ta ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik maoshi eng past bo‘lib,
o‘sish sur’ati ham boshqa soha vakillari maoshlariga solishtirganda ancha quyi dara-
jada”, deydi Sherzod Shermatov.
Biz nega bunday ahvolga tushib qoldik? axir, bir zamonlar dunyo ilm-faniga tamal
toshini qo‘ygan xalqmiz, jahon tamaddunini shakllantirib bergan millatmiz-ku!
yaponiya bosh vaziriga mamlakat iqtisodiyoti qanday qilib bu darajaga yetgani
haqida savol berilganida, u: “O‘qituvchilarga imperator hurmatini, bosh vazir maoshini,
diplomat daxlsizligini berish evaziga shu darajaga erishdik”, deb javob bergan ekan.
Mazkur suhbatda o‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoya qilish, pedagoglik
kasbining nufuzini oshirishga ham to‘xtalib, shunday deyiladi:
“Bugun yurtdoshlarimiz-
ning 7 foizigina farzandi o‘qituvchi bo‘lishini istaydi. O‘qituvchilarning esa atigi 3 foizi
o‘g‘il-qizi o‘z kasbini davom ettirishi tarafdori. Boshqa davlatlar bilan solishtirganda bu
nihoyatda past, achinarli ko‘rsatkich. Masalan, xitoyliklarning 55 foizi farzandi o‘qituv-
chi bo‘lishini xohlarkan.
Yurtimizda esa o‘qituvchilar oylik maoshi kamligi yetmagandek, bepul ishchi ku-
chi sifatida muntazam majburiy mehnatga jalb etilgan. Davlatimiz rahbari oldimizga
o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilishni qat’iyan to‘xtatish vazifasini qo‘yganiga
qaramay, ayrim joylarda bu holat hamon davom etmoqda”.
O‘qituvchi o‘zi kim? U nimalar bilan band bo‘lishi kerak? Bugungidek majburiy
mehnatga umumiy o‘rta ta’lim maktablari muallimlarini jalb etaversak, ustoz-murab-
biylarning maoshini oshirmasak, yana o‘sha eski hammom, eski tos: har kuni falon
maktabning o‘qituvchisi, falon dekan pora olayotib qo‘lga tushibdi, degan noxush xa-
barlarni eshitishda davom etaveramiz.
aslida, o‘qituvchilik – katta san’at. Bu san’atga pedagog osongina, o‘z-o‘zidan
erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun china-
kam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushu-
nadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan
oshirib boruvchi, mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqiqiy
vatanparvar, mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.
O‘qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yi-
cha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, ta’lim mu-
assasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs.
Mashhur pedagog, o‘zbek maktabi asoschisi abdulla avloniy o‘z asarlarida o‘qi-
tuvchi shaxsi va uning faoliyati borasida qarashlarni ifodalashga alohida o‘rin beradi.
alloma, bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishida ota-onalar o‘ziga xos rol o‘ynashi, uning fikriy