“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
jihatdan taraqqiy etishida o‘qituvchining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlaydi. ya’ni, bolalar-
ning aqliy qobiliyatlarini shakllantirish muallimlarning “Diqqatlariga suyalgan, vijdonla-
riga yuklangan muqaddas bir vazifa”, “Fikrining quvvati, ziynati, kengligi, muallimning
tarbiyasiga bog‘liqdur”.
yangi o‘quv yilidan xalq ta’limi muassasalari vasiylik kengashlarini bekor qilib,
ular o‘rnida kuzatuv kengashlari tashkil etilar ekan. Uning a’zolari yuridik shaxslar,
ota-onalar qo‘mitalari vakillari, sobiq bitiruvchilar va homiylar, shuningdek, fuqarolik
jamiyati institutlari vakillari bo‘lishi rejalashtirilgan.
kuzatuv kengashlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi ko‘zda tu-
tilyapti:
– Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan ta’lim mu-
assasalari direktorlarini saylash, shuningdek, ularni lavozimidan ozod etish bo‘yicha
takliflar kiritish;
– o‘quv muassasalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha
takliflar kiritish;
– ta’lim muassasalarining moliyaviy va biznes faoliyati, daromad va byudjet xara-
jatlari, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa vositalarni yaxshilash bo‘yicha direk-
torlar hisobotlarini tinglash;
– yillik moliyaviy rejalar va xarajatlar smetalarini tasdiqlash;
– ta’lim muassasasining direktori tomonidan pullik xizmatlar uchun tariflar miqdori,
ta’lim muassasasi binolari va boshqa mulklarining ijaraga berilishini tasdiqlash;
– ta’lim sifati, o‘qituvchilarning bilim va pedagogik mahorati, o‘quvchilarga yaratil-
gan sharoitlar yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish;
– o‘quvchilar va ularning ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning
pedagog va rahbar xodimlar haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar
o‘tkazish;
– ta’lim muassasasini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarda ishtirok etish.
– kelgusida maktab direktorlari qay tarzda tayinlanadi?
Ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodni joylarda davlat hokimiyati or-
ganlari tomonidan tayinlash amaliyoti maktab boshqaruvining samarasiz tuzilmasi
hamda vakolatlarining noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keldi. Direktor zimmasiga asosiy
faoliyatiga tegishli bo‘lmagan juda ko‘p vazifalar yuklatilib, direktor o‘rinbosarlarining
javobgarligi susaydi, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va fidokorona mehnati uchun
rag‘bat yo‘qoldi.
Muxtasar aytganda, ertangi kunimiz, kelajagimizning yanada porloq bo‘lishini bel-
gilovchi omillar ko‘p, sabablar bisyor. lekin ularning hech biri barkamol avlodni tarbi-
yalashdek muhim ahamiyatga ega emas. Buni uddalash esa o‘qituvchilar zimmasida.
Demak, o‘qituvchilarni hurmat qilish, ularga zarur shart-sharoit yaratib berish – buyuk
kelajagimiz kafolatidir.