41
•
raqobatli muhitda muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirilgan o‘quv maqsadlari-
ning asosiy mezonlari
tasnifini aniqlab olish;
•
oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining “predmet usti” faoliyatini o‘zida qam-
rab olgan mashg‘ulotlar
metodikasi ishlab chiqish;
•
talabalarda “kelajak ko‘nikmalari”ni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan
mazmun
va metodika aniqlash;
•
talabalarda raqobatli muhitga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qara-
tilgan pedagogik texnologiyalarni ilmiy jihatdan loyihalash va hokazo.
Xulosa shuki, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun tavsiya eti-
layotgan texnologiyalar ta’lim mazmunini liberallashtirish yumushi asosan shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga o‘tishga asos bo‘ladigan ta’limiy, ijtimoiy-madaniy, ma’na-
viy talablarga mos holda takomillashtirib borish, uni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ta-
raqqiyoti darajasiga moslashtirish, shu orqali o‘zgaruvchan hayot sharoitlariga javob
bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilish imkonini beradi.
Bugungi kunda oliy ta’limni o‘quv-biluv faoliyatini yangicha amalga oshirishi jami-
yatimiz potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu muhim
ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir.
Dostları ilə paylaş: