Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
qilish imkoniyatini yarata olmaydi. Darsning borishi  uning turiga, maqsadiga, mazmuni-
ga qarab tashkil etilishi shart.
Darsni o‘tishdan oldin darsning loyihasi, ya’ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik 
xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, 
o‘qituvchining pedagogik  va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, bosh- 
qarish , faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni 
aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada, albatta, tashkiliy qism, yangi mavzu, o‘quv-
chilarni bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish hamda  uni mustahkamlash, erishil-   
gan  natijalarni  tahlil  qilish  va  yakun  yasash  kabi  bosqichlar  bo‘ladi.  Bunda  o‘qituvchi 
va o‘quvchini dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Darsning texnologik xaritasi mukammal tuzulishi maqsad, vazifalarni amalga oshirish, 
samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, vaqtdan unumli 
foydalanish imkonini beradi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim ta-
lablardan biri ortiqcha ruhiy  va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak nati-
jalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib 
berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, 
ular tomonidan egallagan bilimlarni baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat 
hamda ta’lim jarayonida yangicha yondashuvni  talab qiladi.
Boshlang‘ich  ta’lim  tizimiga  kirib  kelayotgan  yangilanishlar  uning  mazmunini,  tu-
zilishini, usullarini qayta ko‘rib chiqish, mukammallashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. 
Hozirgi  kunda  boshlang‘ich  ta’lim  tizimida  keng  qo‘llanilayotgan  modul  tizimi,  reyting 
asosida baholash, pedagogik texnologiyalar, test sinovlari shular jumlasidandir. Hozirgi 
davr o‘quvchisi dunyoqarashi keng, erkin fikrlovchi voqelikka to‘g‘ri baho bera oluvchi,  
o‘tkir  zehnli,  mustahkam  irodali  qisqa  qilib  aytganda,  yuksak  intellektual  kuchga  ega 
bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun esa ta’lim tizimiga innovatsiyalarni ta’sis etish zarur. O‘z 
o‘rnida u innovatsiyalar dars jarayonida turli ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni yengish uchun 
shart-sharoit yaratib boradi. innovatsiyalarni tatbiq etish jarayonida o‘quvchining dun-
yoqarashi va ma’naviy-axloqiy sifatlari ham ma’lum darajada shakllanib boradi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va 
bilimlarini o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarini qo‘llash, ular-
ning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Pedagogik 
texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod  va 
vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’i nazar texnologiyalar: 
– pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
– o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
– o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilim olishni ta’minlashi;
– o‘quvchilarda  mustaqil, erkin  fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
–  o‘quvchilarda  o‘z  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqara  olishlari  uchun  zarur  shart- 
sharoitlarni yaratishi
– pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarini ustuvorligiga eri- 
shishni kafolatlashi zarur. 
Pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida joriy etish, ta’lim samaradorligini oshi- 
rish  uchun  tinimsiz  izlanish  bugungi  kunning  ehtiyojiga  aylandi.  Bolaning  ongi  va  ta-
fakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning 
pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tatbiq eta olishi, ta’limning  yangi 
yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda mu-
himdir. 


63
Zamonaviy  o‘qituvchi  dars  jarayonida  o‘z  o‘quvchilarini  fanga  ijodkorlik  nuqtayi 
nazari  bilan  qarashlarini  tashkil  qilishi,  ularda  izlanuvchanlik  xususiyatlarini  shakllan-            
tirishi va albatta yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tash-
kil etishi kerak bo‘ladi. Buning uchun esa u yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha komponentlari;  ta’lim 
qonun-qoidalari,  mazmuni,  metodlari,  vositalar  va  shakllarining  o‘quvchi  va  o‘qituvchi 
aqliy salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan aniq maqsadlar qo‘yilishi hamda ularning 
to‘la bajarilishiga kafolat  beradigan, o‘ta mukammal ishlab chiqilgan texnologik tizimdir. 
innovatsion texnologiyalarning afzallik jihatlaridan biri interfaol metodlar hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish  maqsadida  bu  sohada  yangi,  zamonaviy 
innovatsion  pedagogik  texnologiyalar,  interfaol  metodlarni  o‘quv  jarayoniga  samarali 
joriy  etishni  ta’minlash  dolzarb  vazifalardan.  Barkamol  insonni  shakllantirishga  imkon 
beruvchi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning muhim vazifasi ta’lim samaradorligini 
ta’minlashdir. Ta’lim samaradorligini ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga 
asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog‘liqligi, shuningdek, ta’lim mazmuniga mos 
metodlar, shakllar va vositalar majmuasi tanlanishi bilan ta’minlanadi. Bunday natijaga 
erishish o‘quv jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashni taqozo etadi. 
Hozirgi  vaqtda  ta’lim  jarayonida  o‘qitishning  zamonaviy  metodlari  keng  qo‘llanil-
moqda.  Bunday  metodlarni  qo‘llash  o‘qitish  jarayonida  yuqori  samaradorlikka  erish-
ga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash 
maqsadga  muvofiq. an’anaviy  dars  shaklini  saqlab  qolgan  holda  uni  ta’lim  oluvchilar 
faoliyatini faollashtiradigan turli metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish 
darajasi o‘sishiga olib keladi. 
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar aqliy kamolotini rivojlanib borayotganligi, ularning 
ilm o‘rganishga chanqoqligi, yangiliklarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuni-
ga talabchanligi, o‘qituvchining o‘z ustida ishlashini, malakasini tinmasdan oshirib bo-
rishini, ongini yanada boyitishini, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklardan boxabar bo‘lib 
borishini talab qiladi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi 
pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, zamonaviy pedagogik –psixologik tushuncha-
lar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi, ta’lim 
jarayonini tubdan o‘zgartirib yubordi, desak xato bo‘lmaydi.
 yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, interfaol metodlarni qo‘llab 
dars o‘tilganda, guruhda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar qolmaydi. Deyarli barcha o‘quv-
chilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. O‘quvchilarning kel-
gusida mustaqil bilim olishlariga imkon yaratiladi.   

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin