Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146
5-son-2018

Dilshod TЕMIROV,
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha  
ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i
JAMOAT TASHkILOTLARI HAMkORLIGIDA 
TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARISHNING 
DOLZARB MASALALARI
J
ahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuv jarayoni kechayotgan hozirgi vaqtda 
davlat  va  jamiyatning  ta’limga  nisbatan  ehtiyojlari  o‘zgardi.  Shu  bois  ta’lim 
muassasasini rivojlantirish vazifasi uning mohiyati, yangi funksional xususi-
yatlari va rolini anglash zaruratini keltirib chiqardi. 
O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi-
da jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish 
kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida belgilanib, bu o‘z navbatida ta’lim muassasa-


71
sini boshqarish kontekstida ta’lim sifatini jamoatchilik asosida va mustaqil tarzda baho-
lash, ta’limni davlat va jamiyat hamkorligi tarzida boshqarish tizimini takomillashtirish,  
barcha murakkab tashkiliy elementlarini chuqur tahlil etish, ta’lim muassasasini bosh-
qarishda ta’lim muassasasi, fuqarolar va davlat qiziqishlarini integratsiyalash, ta’limni 
boshqarishning zamonaviy jamiyatning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlovchi 
mexanizmlarini joriy etish zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. 
Ta’lim tizimini rivojlantirishning bugungi kundagi vazifalari va uni amalga oshirish 
mamlakatning ta’lim sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda, 
ta’limni boshqarishda, uning samaradorligi hamda sifatini baholashda jamoatchilik ish-
tirokini kengaytirishni taqozo etmoqda.
a.i.adamskiyning fikricha, ta’lim siyosati – bu davlat va fuqarolar o‘rtasidagi mu-
nosabat bo‘lib, davlatning qiziqishi, ehtiyojlari bilan fuqarolarning ta’limiy va hayotiy 
qiziqishlari  hamda  ehtiyojlari  o‘rtasidagi  munosabatlar  tizimidir.  Ta’kidlash  joizki,  bu 
yerda gap davlat bilan ta’lim tizimi o‘rtasidagi munosabatni nazarda tutuvchi rahbarlik 
(boshqaruv) strukturasi haqida emas, balki sifatli, samarali ta’limning ommabopligini 
ta’minlovchi siyosat haqida ketayapti
1
.
Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligida ta’limni boshqarish davlatning 
siyosiy prinsipi sifatida ta’limning barcha jabhalariga taalluqli bo‘lishi, ta’lim muassasa-
lari, ta’limiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari faoliyati uchun yangi sharoitlarni 
taqdim etmog‘i lozim.
“Jamiyat” (jamoatchilik) atamasining mazmuni bir qarashda tushunarlidek tuyula-
di. ayni paytda bu so‘zga fuqarolik jamiyati nuqtayi nazaridan yondashadigan bo‘lsak, 
jamoatchilik deganda, faol, tashabbuskor, mas’uliyatli, o‘z qiziqishlarini anglagan (shu 
jumladan, ta’lim sohasida) va ularni qonuniy tarzda himoya qilishga tayyor fuqarolar 
tushuniladi
2
.
Ta’limni boshqarishga real ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun jamoat-
chilik ma’lum darajada jipslashgan, strukturalashtirilgan, uyushgan, davlat bilan teng 
huquqli subyekt sifatida munozaraga kirisha oladigan bo‘lishi talab etiladi.
Ta’lim sohasiga aloqador bo‘lgan jamoatchilik har xil subyektivlik darajasiga ega 
bo‘lishi hamda muayyan darajadagi shartlilik asosida professional va noprofessional-
larga bo‘linishi mumkin. Shunday tasnifga ko‘ra, professional jamoatchilikka o‘zining 
professional birlashmalari, jamiyati, assotsiatsiyalarini tuzgan ta’lim sohasi xodimlari 
kiradi. Ta’kidlash joizki, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda shunday pedagogik as-
sotsiatsiyalar ta’lim tizimiga kuchli ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Ta’lim muassasasini boshqarishda noprofessional jamoatchilik bilan pedagogik ja-
moa o‘rtasida muayyan aloqadorlik, hamkorlik mavjud. agar pedagogik jamoa rahbari 
bilan pedagoglarning va ta’lim muassasasining boshqa xodimlari o‘rtasida hamkorlikni 
nazarda tutadigan bo‘lsak, muassasaning jamoasi davlatning ta’lim sohasidagi siyosa-
tining ijrochilari, boshqacha so‘z bilan aytganda, boshqaruvning maktabdan tashqa ri, 
jumladan, ota-onalar jamoatchiligi oldida davlat vakili sanaladi.
Zamonaviy  jamiyat  shaxs  faoliyatining  iste’molchilik,  madaniyatini  o‘zlashtirish 
faoliyatidan yaratuvchilik va ijodkorlik faoliyatiga o‘tish, foydalilik jihatidan qadr-qim-
mat jihatiga o‘tish bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham zamonaviy rahbar asosiy 
1
  Адамский  А.И.  общественный  образовательный  договор.  очерк  образовательной 
политики. // Перемены, 2001. №6. – С. 34.
2
  Pedagogika.  Ensiklopediya.  ii  jild.  //  –  T.:  O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi  Davlat  ilmiy 
nashriyoti, 2015. 368-b.


72

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin