Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
– turmush uy-ro‘zg‘ordagi mehnat;
– turli materiallarga badiiy ishlov berish
– o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish;
– texnik modellashtirish va texnik mehnat bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. 
Texnologiya  tizimida  turli  materiallarga  badiiy  ishlov  berish  yo‘nalishi  alohi-
da o‘rin tutib, o‘quvchilarning turli materiallar bilan ishlash usullarini o‘rganishi, xalq 
hunarmand chiligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, qolaversa, ularning ijodiy qobiliyat-
larini rivojlantirish va estetik tarbiyalashda muhimdir. 
Tabiiy materiallardan turli o‘yinchoqlar va boshqa narsalar yasash o‘quvchilar  uch un  
qiziqarli. Bu o‘z navbatida ularning nafaqat ehtiyojlarini, qiziqishlarini qondiribgina qol-
masdan, bilish jarayonlarini ham samarali rivojlanishini ta’minlash imkonini beradi.
ko‘pgina tabiiy xomashyolar borki, ular bilan ishlash boshlang‘ich sinf o‘quvchilа-
rining tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam haqidagi tasavvurlarini rivojlantirib, diqqat 
bilan  atrof-muhitni  kuzatishga  o‘rgatadi.  O‘quvchilar  tabiiy  materiallar  bilan  ishlash 
jarayonida  ularning  tuzilishi  shakli,  rangi  va  boshqa  xususiyatlari  haqida  kengroq 
ma’lumotga ega bo‘lishadi. Masalan, yong‘oqning dumaloq, cho‘zinchoq shaklda, ji-
garrang yoki och sariq rangda, usti esa g‘adir-budur ekanligi haqida, igna bargli da-
raxtlar barglarining nayzadek o‘tkirligi, turli gullarning tuzilishi, rangi, hidi haqida bilib 
olishadi.
Texnologiya fanini o‘qitishda izchil ravishda amaliy yondashish boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarida tabiat va insonning o‘zaro munosabatlarini, inson mehnati natijasida ja-
miyat taraqqiyoti haqidagi tasavvurlarni adekvat hosil qilish bilan birga, ularda bosh-
lang‘ich texnologik bilimlarni muhim kasbiy ko‘nikma va malakalarini ham shakllanti-
rishda xizmat qiladi.
kasbiy  ta’limda  amaliy  ishlarning  turi  va  ketma-ketligi  o‘quvchilarning  yosh  xu-
susiyatlarini, ijodkorligini hisobga olgan holda aniqlash va murakkabligi darajasi ortib 
borishi ga e’tibor qaratish joiz. Ta’lim mazmunini tanlashda esa, uning o‘quvchi shaxsini 
ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy jihatdan rivojlantirishdagi ahamiyatiga ham e’tibor qarati-
ladi. aytish lozimki, texnologiya fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, na-
zariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘pincha birga aralash olib boriladi va boshqa fanlardan 
olingan bilimlar va texnik masalalarni yechishda asqotadi. Shu bois, boshlang‘ich sinf-
larda texnologiya fanini o‘qitishda quyidagi maqsadlar amalga oshiriladi:
•  o‘quvchilarning sensomotor harakatlarini rivojlantirish;
•  fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash, chamalash qobiliyatini takomillashtirish;
•  kasbga yo‘naltirish va atrof muhitga nisbatan munosabatlarni samarali shakl-
lantirish, inson mehnatining roli hamda ahamiyati haqidagi tasavvurni rivojlantirish;
•  o‘quvchilar boshlang‘ich texnologik bilimlarga, kasbiy malaka va ko‘nikmalari-
ga, turli buyumlarni yasash tajribasiga ega bo‘lish;
•  o‘z mehnatlari samarasidan zavq olish va o‘zini baholashga o‘rgatish;
•  jamoada hamkorlikda ishlashga o‘rganish, mehnatsevarlik va mehnatkashlar-
ga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash.
Mazkur fanning birinchi sinfdan boshlab o‘qitilishi o‘quv fanlarining aloqadorligi-
ni, izchilligini va uzviyligini ta’minlaydi. Eng asosiysi, texnologiya fani o‘quvchilarning 
har xil texnologik jarayonlar, hodisa va vaziyatlar bilan tanishtirish orqali turli hayotiy 
masalalarni yechishda qisqa va ratsional yo‘l tutishga o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinflarda 
o‘quvchilar loyihalashga oid dastlabki malakaga ega bo‘lishadi.


83
Shu bilan birga texnologiya darslari o‘quvchilarning nafaqat aqliy, mantiqiy, ijodiy 
qobiliyatlarining rivojlanishiga, balki ularda sabrlilik, qiziquvchanlik, diqqat qilish kabi 
ma’naviy va axloqiy xislatlar ham rivojlanishiga xizmat qiladi. 
O‘quvchilar ayniqsa, tabiiy materiallar bilan ishni bajarish davomida turli hali ta-
nish bo‘lmagan natijalarga erishib, ulardan zavqlanishadi. Tabiiy materiallar bilan ish-
lash bolalarning mehnat mahoratini oshirish bilan birga, ularni tabiat go‘zalligini his 
qilishi orqali uni sevish va asrashga o‘rgatadi. Bolalarni tabiat go‘zalligi bilan tanishti-
rish va undan zavq olishga o‘rgatishni esa imkon qadar vaqtli boshlash kerak. Chunki 
tabiiy materiallardan qo‘lda turli narsalar yasash jarayonida o‘quvchilar tabiat qo‘yni-
ga sho‘ng‘ib, unga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rganib, mehnat 
ko‘nikmalarini egallab olishadi. Tabiiy materiallardan qo‘l mehnatidan foydalanishdan 
oldin o‘quvchilarni ular haqida nazariy bilimlar bilan qurollantirish zarur. 
Tabiiy  materiallardan  foydalaniladigan  darslarda  ekologik  urg‘u  berib  borish 
o‘quvchilarda tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish o‘quvini oshiradi. Dars 
mash g‘ulotlaridan tashqari, “Tabiat va inson biz bir butun”, “Tabiat mening yordamim-
ga muhtoj”, “Tabiatni asrashga men ham mas’ulman” kabi dolzarb mavzularda tad-
birlarni tashkil qilib, izchil ravishda o‘tkazib borish o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni 
mustahkamlab boradi. Bu tadbirlarni mashg‘ulotlar bilan uzviylikda amalga oshirish, 
o‘quvchi mustaqil faoliyati malakasini shakllantiradi va kasbiy kompetensiyasini rivoj-
lantiradi. 
O‘quvchi texnologiya faoliyatida qiyinchilikka duch kelganda uni mustaqil hal qi-
lishga harakat qiladi. Hatto muammoni hal qilolmasa o‘qituvchining ko‘rsatmasi yorda-
mida yo‘l qo‘ygan xatolarini bilib oladi va uni tuzatadi. natijada o‘quvchida boshlagan 
ishini oxiriga yetkazish qat’iylik bilan maqsadga intilish xususiyatlari shakllanadi.
Ta’kidlash  joizki,  texnolgiya  fanini  o‘qitishda  fanlararo  bog‘lanishlardan  foydala-
nish o‘quv jarayonida katta samara beradi, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengay-
tiradi, tabiatning dunyoning yaxlit ekani to‘g‘risidagi tasavvurlarini, bilimlarini chuqur-
lashtiradi. Texnologiya darslarini boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘tish bu fanni o‘quvchilar 
tomonidan o‘zlashtirilishida katta samara berishi shubhasizdir.
Texnologiyaning fanlararo bog‘lanishlarini ichki va tashqi bog‘lanishlarga ajratish 
lozim. ichki bog‘lanishlar – bu fanlardagi mavzularning o‘zaro bog‘lanishlari, tashqi 
bog‘lanishlar esa texnologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishidir. Shu tarzda 
texnologiya fanining o‘qitilishi yaxlitlik va uzviylikni hamda har bir mavzuning bosh-
qasini to‘ldirib borishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda materiallar tayyor berilsa, 
5-7-sinflarda ular murakkablashtirilib, yuqori sinflarda esa kasbga yo‘naltirishga e’ti-
bor kuchaytiriladi, ya’ni osondan qiyinga, oddiydan murakkab konsepsiyasiga amal 
qilinadi. 
Texnologiya fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishlariga to‘xtalsak, uni umum-
ta’lim maktablarida o‘tiladigan barcha fanlar bilan bog‘lash mumkin. ko‘pchilik hollarda 
esa, texnologiya fani chizmachilik, rasm, fizika, tasviriy san’at, matematika, jismoniy 
tarbiya, ona tili va adabiyot, geografiya, kimyo, akT, tarix, biologiya fanlari bilan bog‘la-
nadi.
Texnologiya fanini rasm chizmasdan tasavvur qilish qiyin, chunki istalgan buyum-
ni yasashdan oldin, albatta, uning chizmasini chizish kerak. rasmlar, chizmalar orqali 
o‘quvchida shu detal haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Xuddi shunday chizmachilik bilan 
ham texnologiya fani chambarchas bog‘liq. O‘quvchilar texnologik va instruktsion kar-
talarni chizish va ulardan foydalanishni ham o‘rganadilar.


84

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin