Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
ko‘ra, o‘quv materialining komponentlari ma’lum tartibda joylashtiriladi. Bunga muvofiq 
ravish da ularga taalluqli bo‘lgan jadvallar, rasmlar, sxemalardan foydalaniladi.
O‘quvchilarning amaliy ishlar davomida o‘z diqqatlarini boshqarishlaridagi birin-
chi va ikkinchi usullar o‘zaro aloqadorlikda qo‘llaniladi, chunki tayanch yondashuvlarni 
aniqlash uchun qo‘shimcha axborot va “ikkinchi darajali” axborotdan foydalanish zarur 
va bunda o‘quv materialining optimal tuzilmasi qurilishi mumkin. Qo‘shimcha axborot 
sifatida asosiy fikrni tushuntirishni osonlashtiruvchi alohida so‘zlar, atamalar, frazeo-
logizmlar, barqaror so‘z ifodalari qo‘llanilishi mumkin. O‘quv materiallarini konsentrizm 
prinsipi asosida tanlash va strukturalashtirishda uzluksiz yondashuv, funksional-tizimli 
yondashuv, tizimli-strukturali yondashuv, tizimli-mantiqiy yondashuv, kompetensiyaviy 
yondashuvlarga tayanish talab etiladi. Shunga ko‘ra, konsentrizm prinsipi asosida tan-
langan o‘quv materiallari o‘quvchilarning bilimlarini izchil tizimga solish, ularni mantiqiy 
fikrlashga o‘rgatish, fikriy ketma-ketlikni ta’minlashda alohida o‘rin egallaydi. konsen-
trizm prinsipi asosida tanlangan o‘quv materiallari o‘zaro uzviy bog‘langan bloklarni 
tashkil  etib,  o‘quv  materiallari  orasidagi  izchillikni  ta’minlashga  xizmat  qiladi  hamda 
o‘quv dasturi va darsliklarda beriladigan mavzularning uzviylik asosida joylashtirilishini 
ta’minlaydi.  konsentrizm prinsipi asosida ishlab chiqilgan model DTS, o‘quv dasturlari 
va darsliklar mualliflari uchun o‘quv materiallarini tanlash va strukturalashtirishda mu-
him tayanch manba va nazariy-empirik asos sifatida xizmat qiladi.
Demak,  o‘quv  materiallari  tarkibini  mantiqiy  jihatdan  tahlil  qilmasdan  ularni  ya-
gona konsentrga jamlash mumkin emas. Bu ayniqsa, o‘quv dasturlari va darsliklarni 
yaratishda muhimdir. konsentrizm prinsipi asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish-
ning didaktik qoidalarini ishlab chiqish orqali uning alohida qismlari orasidagi didaktik 
aloqadorlikni nazariy jihatdan asoslash mumkin. Shuning uchun ham konsentr tarkibi-
dagi o‘quv materiallari orasidagi aloqadorlik quyidagicha ifodalanadi: o‘quv materiallari 
va ularning qismlari o‘rtasida fikriy aloqaning mavjud bo‘lishi; har bir konsentr tarkibida 
didaktik materiallarning aniq va to‘liq ifodalanishi.
yuqoridagi tahlillarimiz asosida konsentrizm prinsipi asosida tanlangan va struktu-
ralashtirilgan o‘quv materiallari o‘quvchilar bilimini tizimlashtirish, ularning amaliy ko‘nik-
ma, malaka, kompetensiyalarini yaxlit tarzda tarkib toptirish imkonini yaratishi ma’lum 
bo‘ladi. konsentrizm prinsipi asosida o‘quv materiallarini tanlash va tizimlashtirish nati-
jasida o‘quv materiallari orasida uzviylik, izchillik ta’minlanadi, ularni turli sinflar kesimida 
takror tarzda taqdim etish amaliyotiga chek qo‘yiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin