117
larining peshqadam muallimlari 1900-yillardan boshlab, o‘z darsliklarida tovush usulida
tuzilgan tatarcha alifbe kitobidan foydalanganlar, lekin ushbu kitobning tili va mazmuni
o‘zbek tilida o‘qiydigan bolalarga to‘g‘ri kelmas edi. Ushbu kamchiliklarni hisobga olib,
keyinchalik Turkistonda ham tovush usulida o‘zbekcha
alifbe darsliklari yozildi
1
.
XX asrning boshlarida maorif sohasiga juda kam mablag‘ ajratilgan. Buning sababi
mablag‘ rossiya moliya vazirligi tomonidan taqsimlanardi. Birgina 1915-yilda Turkiston
o‘lkasi umumiy byujetining 2,3 foizi maorif sohasiga ajratilgan bo‘lsa, 86,1 foizi politsiya
va harbiy mahkama
ishlariga sarf qilingan
2
.
1918-yil 4-oktabrda Turkiston respublikasi Maorif Xalq komissariatining 22-kolle-
giya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ittifoq Maorif Xalq komissariatidan V.a.yenyutin vakil
sifatida ishtirok etgan. yig‘ilishda Turkiy alifbe va darsliklar haqidagi masala ko‘rib chiqil-
gan. Toshkent Xalq Maorif komissariati huzuridagi darsliklar chop etadigan nashriyot
boshlig‘i S.S.Uglitskiy, Toshkent Xalq ta’limi kengashi tomonidan tuzilgan turkiycha alif-
bo haqidagi ma’ruzani o‘qiydi. Ma’ruza tinglangach, yig‘ilish qatnashchilari bir ovozdan
alifbo maktablarda turkiy tilni o‘qitish bo‘yicha barcha talablarga javob beradi deb hisob-
lab, Turkiston respublikasi ta’limi tizimi uchun, ushbu alifboni joriy etilishini qo‘llab-quv-
vatlaganlar.
Mazkur yig‘ilishda P.kozmopolov darsliklarni chop etish ishining borishi to‘g‘risida
ma’ruza qilgan. U S.S.Uglitskiy bilan bo‘lgan suhbati chog‘ida birorta darslik shu jum-
ladan, alifbo ham tayyor emasligi, hatto qachon tayyor bo‘lishi ham noaniqligini aytib
o‘tgan edi. S.S.Uglitskiy tomonidan boshqa darsliklarga qaraganda oldinroq tayyor
bo‘lishi kutilayotgan o‘qish kitobining 4-qismi 2 oydan so‘ng tayyor bo‘lishi ta’kidlangan
(arxiv hujjatlaridan qaysi muallifga tegishli ekanligini topa olmadik). Holbuki, Samarqand
va Skobelov shaharlarida joylashgan katta nashriyotlar esa ishsiz qolgan edi.
3
XX asrning 15-20-yillarida darslik nashr etish ishi favqulodda holat hisoblangan.
Maktablarni eng zarur o‘quv darsliklari, aniqrog‘i o‘qitish jarayonida muhim hisoblangan
alifbo va o‘qish kitobi bilan ta’minlash ishida jadid ma’rifatparvarlari jonbozlik ko‘rsat-
ganlar. Ular nashriyotlardagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etishning nazoratini o‘z
zimmalariga olganlar.
1918-yil 27-avgustda rossiya Xalq Maorif komissariati Turkiston avtonom res-
publikasida maxsus yig‘ilish o‘tkazib, unga Maorif komissarligi xalq komissari k.ya.
Uspenskiy boshchilik qildi. Majlis kun tartibiga ko‘ra, unda boshlang‘ich va o‘rta maktab-
larda fanlarni majburiy o‘qitish masalasi muhokama qilindi.
Xalq Maorifi komissarligi o‘qitish turiga (majburiy yoki majburiy emasligiga ko‘ra)
barcha fanlarni quyidagicha 3 guruhga bo‘lishni tavsiya etdi:
– barcha turdagi maktablar uchun majburiy umumta’lim fanlari;
– hunar va mehnat (boshlang‘ich maktabda mehnat), o‘quvchining istagiga ko‘ra
bittasidan majburiy ta’lim berish;
– qo‘shimcha fakultativ fanlar, ular barcha o‘quvchilar va maktablar uchun birdek
majburiy hisoblanmaydi.
yig‘ilishda boshlang‘ich va o‘rta maktablar uchun: a) boshlang‘ich maktabda ma-
tematika bo‘yicha: arifmetika va algebra, elementar geometriya (hammasi), trigono-
1
abdullayev y. Mashhur ma’rifatparvarning ikki darsligi // Boshlang‘ich ta’lim. – T., 1993. – №1.
– B. 20-22.
2
фонд №р-34. опись №1. Дело №240. о положении школьных дел в областях. – т., 1919.
– 21-26 лист.
3
фонд № 34. опись №1. Дело №38. об обязательном цикле предметов в начальной и
средней школах. – т., 1918. –.7-8 лист.