Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
sifatini oshirish  maqsadlariga erishishiga xizmat qiladi.
8.  Boshqaruvga  jarayon  sifatida  yondashish  tamoyili.    yalpi  sifat  menejmen-
ti oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan barcha faoliyat turlariga jarayonli         
yondashuvni  taklif  etadi.  Samarali  natijalarga  erishish  uchun  ta’lim  muassasasidagi 
jarayonlar о‘zaro bir-biri bilan bog‘liq tizim sifatida boshqarilishi zarur. Buning uchun    
о‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga nisbatan ma’lum talablar ishlab chiqish, il-
miy-uslubiy ish, professor-о‘qituvchilar malakasini oshirish va boshqalar amalga  oshi- 
riladi. U yoki bu jaryonni kuzatish, nazorat qilish, administrativ, axborot, huquqiy yoki 
uslubiy  ta’minotini  yaratishni  talab  etuvchi  muhim  nuqtalari  aniqlanadi.  Jarayonlarni 
boshqarish bо‘yicha majburiyatlar taqsimlanadi. 
9. Oliy ta’lim muassasalarini hamkorlik asosida boshqarish tamoyiliUshbu tamo-
yil bir tomondan, ta’limni boshqarish, mahalliy davlat boshqaruv, о‘z-о‘zini boshqaruv 
organlari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari va oilalar manfaatlarini muvo-
fiqlashtirib,  ta’lim  sifatini  amaldagi  qonunchilik,  davlat  ta’lim  standartlari  va  xalqaro 
standartlar asosida ta’minlashdir. ikkinchi tomondan, oliy ta’lim muassasalarida tashkil 
etilgan ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limining jamoatchilik kengashi, monitoring va ich-
ki nazorat bо‘limi, о‘quv-uslubiy boshqarma, prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra 
mudirlari bilan ta’lim sifatini ta’minlashdagi hamkorligini nazarda tutadi. 
1- jadval.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin