Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
“Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risida nizom”ga ko‘ra, oilaviy bolalar uyi ota-onasining 
qarovisiz qolgan bolalar uchun tarbiya muassasasi hisoblanadi. Ota-onasining qarovi-
siz qolgan bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, sog‘lomlashtirish, aqliy, psixologik va jismoniy 
rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish uchun qulay shart-sharo-
itlar yaratish, oiladagiga yaqin zarur sharoitlar vujudga keltirish oilaviy bolalar uyining 
asosiy vazifalari hisoblanadi.
Oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar uchun tegishli sarf-xarajatlar dav-
lat  tomonidan  ta’minlaniladi.  Tarbiyalanuvchilarining  deyarli  yuz  foizi  oila  muhitida 
unib-o‘sishlari, tarbiyalanishlari ta’minlansagina oilaviy bolalar uylarini tashkil etishdan 
ko‘zlagan maqsadga erishish mumkin. Bunga erishish uchun esa faqat tash qaridan 
beriladigan ta’minot bilan kifoyalanmay, balki oilaning shart-sharoitidan, ya’ni bolalarni 
oila muhitiga yanada yaxshiroq ko‘niktira olish mumkin bo‘lgan imkoniyatlardan foy-
dalanish lozim. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, oila byudjetini kengayti-
rish mumkin. Mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarda bolalar ham oila byudjetini to‘ldirishga 
ko‘mak berishish bilan birga ish, kasb-hunar o‘rganishadi.
Shuning uchun ham ishni eng avval bolalar ongiga oila va oila muhiti nima eka-
nini singdirishdan boshlash lozim. ya’ni ota-ona bu bolalarni o‘z farzandidek ko‘rish-
lari,  shu  oilaning  barcha  qarindosh-urug‘lari  va  yaqinlari  ular  uchun  ham  qarindosh 
ekanidir. keyinchalik bolalar oila muhitiga shunchalik kirishib ketishadiki, ota-onaning 
opa-singillari ular uchun ammayu, xola, ukalari amaki, tog‘a esa hisoblanadi va bolalar 
ularga xuddi shu tarzda muomala qilishga ko‘nikib qolishadi. 
Bundan  tashqari,  bolalar  qarindoshlar,  qo‘ni-qo‘shnilarning  to‘y-ma’rakalarida 
bemalol ishtirok etishadi va milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimiz bilan yaqindan tani- 
shish, ularni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, oila muhitida o‘sgan bola ham 
unib-o‘sishi, vaqti kelib o‘zi ham oila yaratishi kerakligi haqida mushohada qila bosh-
laydi. Mehribonlik uyida bolaga har qancha ta’lim-tarbiya, bilim berish mumkin, lekin 
inson uchun uning kelgusi hayotida kerak bo‘ladigan eng muhim hayotiy ehtiyoj – oila 
va uni boshqarish har bir inson uchun eng oliy qadriyatlardan biri ekanini o‘rgatishning 
hech ham iloji yo‘q. Bola bunday tushunchani faqat va faqat oila bag‘rida yashab, o‘ziga 
singdirishi mumkin.
Mehribonlik uyida bolalar jamoaviy tarbiya olishadi. Oilaviy bolalar uyida esa ular-
ga sof oila muhitida ta’lim-tarbiya berish ustuvor talablardan biri hisoblanadi. Oilaviy 
bolalar uyida tarbiyachi ham, direktor ham, qolaversa, o‘nlab nazoratchi-yu, o‘qituvchi 
ham yo‘q. Faqat ota-ona va farzandlar bor, xolos. Bolalar bir-biriga opa-uka, aka-sin-
gildek. Bolalar ota-onam deb, ota-ona esa har biriga “o‘g‘lim”, “qizim” deb murojaat 
qilishadi.
Bolalar oila sharoitiga ko‘nikkunlaricha bir oz qiyinchilik bo‘lishi tabiiy. Chunki qa-
rovchisi yo‘q bolalar umuman oila nimaligini, oila muhitida qanday yashashni,ayniqsa, 
bolalarning vaqtlarini tarbiyachilar ko‘rsatmalari asosida o‘tkazishga ko‘nikib qolganlari 
oila muhitida ularga ancha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Dastlab bolalar o‘zlarining 
har  bir  xatti-harakatlari,  aytaylik,  vaqtida  dars  tayyorlash,  dam  olish,  hatto  televizor 
tomosha qilish uchun ham ota-onadan maxsus ko‘rsatma kutib turganday bo‘ladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yetim bolalar har qanday davrda ham, har 
qanday sharoitda ham baribir oila bag‘rida o‘sib-ulg‘aygani maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagilarni tavsiya etamiz:
–  oilaviy bolalar uylari faoliyatini o‘rganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar 
olib borishni kengaytirish


31
–   oilaviy bolalar uylari faoliyatini tubdan o‘rganish;
–   oilaviy bolalar uylariga qabul qilish tizimini takomillashtirish; 
–   ota-onasi tirik yetimlar uchun davlatga aliment pullari to‘lashni joriy qilish;
–   bola saqlab olish tartibini soddalashtirish;
–   oilaviy bolalar uyidagi sog‘lom turmush tarzini yaxshilash;
–   tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi va o‘zini o‘zi idora etishi uc-
hun sharoit yaratish;
–   iqtidorli, ijodkorlik bilan ishlayotgan tarbiyachilarni aniqlash;
–   samarali pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ilg‘or amaliyotni rivojlantirish 
yo‘llarini belgilab olish;
–   ota-onalar  va  ularning  o‘rnini  bosuvchi  shaxslar  uchun  alohida  yordamga 
muhtoj yoki qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni parvarishlash, ta’lim- tarbi-
ya berish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish.
Mamlakatimizda Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirib, ularni oila-
viy bolalar uyi tarzida tashkil etish hayotimizdagi yana bir muammo – yetim bolalarni 
oila, ota-ona bag‘riga qaytarib, hayotda o‘z o‘rnini topishiga keng imkoniyat yaratadi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin