Key words. Integration, integrative education, integrative design, integrative learning
technologies.
Ravil ISYANOV, nizomiy nomidagi TDPU loyiha ijrochisi p.f.n. professor
HaMkOrlik PеDagOgikaSi aSOSiDa
TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI
TAkOMILLASHTIRISH pRINSIpLARI
M
amlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarning amaliy
yechimi pedagogik xodimlar faoliyatining sifat va samaradorligi bilan bog‘liq.
Takomillashtirilgan ta’lim mazmunini shakl, metod, usul, texnik vositalar
tashkil etar ekan, darsning sifat va samaradorligi o‘qituvchining ijodkorligi, faolligi, izla-
nuvchanligi, pedagogik mahoratiga bog‘liqdir.
O‘qituvchining eng muhim sifatlaridan yana biri uning o‘quvchilar bilan o‘zaro ham-
korlikda ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg‘in muloqot qila
olishi va jonkuyar, mehribon rahbar bo‘lishidir. Pedagogik-psixologik yo‘nalishlarda olib
borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatni amalga oshi-
rishlari uchun zarur bo‘lgan kommunikativ qobiliyati to‘g‘risida ko‘plab fikr va mulohaza-
lar yuritilgan.
Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlari, ya’ni o‘qi-
tuvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi peda gogik muloqot ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ular-
ning ushbu faoliyatlari bevosita pedagogik texnologiyaning asosiy jarayonini hosil qiladi.
Ta’lim texnologiyalari shaxslararo munosabatlar, muloqot, hamkorlik, o‘zaro ta’sir va
shu kabi rivojlanishiga ko‘maklashishi lozim.