Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Mazkur vaziyatlarda ta’limda hamkorlik pedagogikasining instrument sifatida qo‘lla-
nilgan usullardan mavzu yuzasidan hayotiy voqeani qiziqarli tarzda hikoya qilib berish, 
o‘quvchilar bilan ochiq va do‘stona suhbatlashish, ularning bilimlarini adolatli baholash, 
ijodiy yutuqlarini rag‘batlantirish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, o‘quvchilar uchun mashhur 
kishilar bi lan qiziqarli suhbatlar uyushtirish, yagona muammo yechimini birgalashib iz-
lash kabilarni keltirish mumkin. Darslarda o‘zlashtirilgan bilimlarni baholash jarayonida 
o‘quvchilarda mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga asos solinadi. Shu 
sababli ta’limning ushbu bosqichida darslarning qiziqarli tashkil etilishi, o‘qituvchi-o‘quv-
chi hamkorligining amalga oshirilishi, pedagogik va axborot texnologiyalarining qo‘llani-
lishi juda zarur.
Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirishning dastlabki bosqichida, variantlar tah-
lili, texnologiyaning umumiy strukturasini tanlash va asoslash chog‘ida o‘quvchilar ham-
da o‘qituvchi faoliyati sharoitining umumiy strukturasini aniqlashdan iborat masaladan 
boshqa biror savolni qo‘yish qiyin. aniq (muayyan) pedagogik texnologiyalar sohasida 
asosiy maqsadlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– Davlat ta’lim standartlarida belgilangan kasbiy, bilim, malaka va ko‘nikmalar dara-
jasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash sifatini ta’minlaydigan pedagogik texnologi-
yalar samaradorligi va sifatini ta’minlash;
– o‘quvchilar va o‘qituvchilar faoliyati uchun qulay sharoit yaratish, bu ularning sa-
lomatligini saqlash hamda yaxshilashga ko‘maklashadi;
– ta’lim oluvchilarning ham, ta’lim beruvchilarning ham ijodiy rivojlanishi, o‘zini o‘zi 
rivojlantirishi. 
yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal 
qilish lozim bo‘ladi:
1.  O‘qituvchi, o‘quvchining ma’lum axborot-predmet muhitidagi faoliyatini hisobga 
olgan holda innovatsion texnologiyalar prinsiplarini ishlab chiqish.
2.  Pedagogik tizimda o‘quvchilar ta’lim sifatini oshirishga olib keladigan texnologik 
yondashuvlarni integratsiyalashni ilgari surish va imkoniyatlarini tekshirish.
3.  Ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilar faoliyati uchun qulay ichki, tashqi sharo-
itlarni ta’minlaydigan pedagogik texnologiyalar va ularning elementlarini ishlab chiqib, 
joriy qilish.
4.  Pedagogik texnologiyalar sohasida uning predmeti, mazmuni va metodlari xu-
susiyatlarini aks ettiradigan o‘ziga xos jihatlarini aniqlash.
5.  Pedagogik  texnologiyalar  asosida  ta’lim  sifatini  oshirish  omillarni  aniqlash  va 
tavsiflash.
interaktivlik  –  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  o‘zaro  ta’siri.  Hamkorlik  faoliyatini  tako-
mil bosqichiga o‘tish jarayonida o‘zaro ta’sir o‘tkazish harakatini baholashdan o‘z-o‘zini 
baholash darajasiga ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan 
dalolat beradigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
O‘qitishning  integrativ  texnologiyalari  –  ma’lum  makon  va  vaqt  chegaralaridagi     
ochiq, o‘zini o‘zi tashkil qiladigan, rivojlantiradigan tizimlar bo‘lib, element va qismlar-
dan iborat. Ular o‘rtasida mazkur tizimning saqlanib qolishi, rivojlanishi uchun optimal 
va xavfsiz o‘zaro ta’sir sharoitlarini yaratadi hamda kafolatlangan yuqori mahsuldorlik 
va sifatni, yoshga oid, yakka tartibdagi, kasbiy sifatlarning hisobga olinishi, ham ta’lim 
beruvchi, ham ta’lim oluvchining ijodiy faoliyat olib borishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
integrativ pedagogik texnologiyalarning asosiy prinsiplari va mezonlari quyidagilar-
dan iborat bo‘ladi:


35
1. Tizimlilik va algoritimlash prinsipi. integrativ pedagogik texnologiyalarning barcha 
strukturaviy komponentlari, loyihalashtirilishi va algoritmik qoidalarning qo‘llash mumkin-
ligidan iborat.
2. Qayta yaratilish prinsipi. integrativ pedagogik texnologiyalarni o‘qituvchi tomoni-
dan qo‘llash imkoniyatini beradi.
3.  Moslashtirilganlik  prinsipi.  O‘quv  dasturlarini  lokal  sharoitlar,  o‘qitishning  real 
sur’atlariga o‘quv (dars) jadvallarini, ham o‘quvchi, ham o‘qituvchining imkoniyatlarini 
moslashtirish imkonini beradi.
4. Ta’lim sifatiga erishish prinsipi. O‘quvchilar tayyorgarligining davlat ta’lim stan-
dartlari talablariga muvofiq yuqori darajasini ta’minlaydi.
5.  Muvofiqlilik  prinsipi.  Ham  ta’lim  beruvchi,  ham  ta’lim  oluvchi  o‘ziga  xos  shax-
siy xususiyatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. aynan shu prinsip o‘quv jarayonida 
qo‘llanadigan ta’lim vositalarining o‘quv fanining mazmuni, maqsadlari va vazifalariga 
muvofiqligini talab qiladi. 
6. Estetik prinsipi. Pedagogik texnologiyalar, ta’lim muhitini yaratishning estetik ta-
lablari – go‘zallik, uyg‘unlik, me’yorni qanoatlantirishi lozim. Estetik ko‘rsatkichlar inson-
ning estetik talablarini aks ettiradi va xonalar, kabinetlar, kutubxonalarning badiiy-kon- 
struktorlik yechimlarida amalga oshiriladi.
7.  Hamkorlik prinsipi. Bu prinsipni o‘quv jarayoni o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini 
rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchida bilishga oid, ilmiy, tadqiqot-
chilik, tashkilotchilik, amaliy faoliyat metodologiyasini shakllantiradi.
8. Ta’lim oluvchilarning shaxsiy qiziqishlari, yoshga oid xususiyatlari va tayyorgarlik 
darajasini hisobga olish prinsipi. O‘quvchilarning mustaqil ishlari, kurs va diplom loyiha-
larini tashkil qilishda, o‘yin mashg‘ulotlarida hamkorlikdagi faoliyatni modellashtirishda 
ta’lim oluvchilarning emotsional holatini doimiy nazorat qilish.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi 
pedagogik hamkorlik ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, ularning huquq va 
manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, ta’lim sifatini yaxshilash bi-
lan birga ilmiy salohiyatning yangi bosqichiga olib chiqadi. Mazkur holatlar o‘quvchilarni 
maqsadning o‘zigina emas, balki qiyinchiliklarni yengishga bo‘lgan ishonchini ham oshi-
radi. Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarish-
larining  shakllanishi  va  namoyon  bo‘lishiga  ko‘maklashadi,  faoliyatni  muayyan  tarzda 
uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin