51
milliy qadriyatlarimizning insonparvarlikka yo‘g‘rilgan mazmuni bilan ularni yaqindan
tanishtirish lozim.
“Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari o‘smirlar ongini zabt etish uchun ularga
yoqadigan narsalar, his-tuyg‘ulardan unumli foydalanadilar. Masalan, muhabbat mav-
zusi. “Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari muhabbat deganda hayosizlik, axloqsizlik,
barchaga o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga intilayotgan yoshlar munosabatini nazarda tutadi.
Mazkur yoshda o‘smirlarga ajdodlarimiz kuylagan va bir umr sodiq qolgan insoniy mu-
habbat haqida yetarlicha tushuntirish lozim. Haqiqiy muhabbat o‘tkinchi hoyu havas-
lardan xoli bo‘lishini ular ongiga aniq misollar yordamida yetkazish, biz kumush va
Otabek, ra’no hamda anvar, Farhod va Shirin, layli va Majnun, oshiq g‘arib va Shoh-
sanam kabi sof muhabbat egalarining ajdodi ekanligimizni tushuntirish lozim. Shunda-
gina farzandlarimizni ma’naviy jihatdan sog‘lom kamol topishlariga erishishimiz mum-
kin. Shuningdek, sinf rahbarlari ota-onalar, maktab psixologlari bilan hamjihatlikda ish
olib
borish ham maqsadga muvofiq
Jamiyatning qanchalik darajada rivojlanganligini avvalo, uning kelajagini belgilab
beruvchi yoshlarning salohiyati belgilashini davrning o‘zi taqozo qilmoqda. aslida biz
yoshlarni doimiy ravishda ma’naviy tahdidlardan asrab yurar ekanmiz, ularda ham
ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga harakat qilishimiz lozim.
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlod-
larga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi qaror
topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an’ana va urf-odatlarini e’zozlash hissi ya-
nada kuchayadi. Xullas, milliy o‘yinlar yoshlarni o‘zbekona tarbiyalashning eng ta’sir-
chan vositalaridan biridir. Bu o‘yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi
shunchalik kengayadi.
Dostları ilə paylaş: