Ключевые слова. трапеция, квадрат, формула, синус, косинус, конгруэнтная фи-
гура, сумма.
The article highlights the place and importance of mathematics in the educational process
and daily activities of students. The author gives an opinion on the comprehensive develop-
ment of students ‘ personality by solving various mathematical examples and problems.
Key words. Trapezoid, square, formula, sine, cosine, congruent figure, sum.
Shahnoza SHODIYЕVA, Buxoro viloyati Buxoro tumani
4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA
O‘QUVCHilarni kaSB-HUnarga
YO‘NALTIRISHDA MATeMATIkA DARSLARINING
AHAMIYATI
M
amlakatimizning dunyo hamjamiya tiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va
texnologiyalarning rivojlanishi, yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo meh-
nat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi umumta’lim fanlaridan mukammal
bilimlarni egallashni talab etadi. Bu esa ta’lim tizimida, xususan, matematikani o‘rga-
tishda ilg‘or milliy va xalqaro tajribalardan foydalanib, darslarni samarali tashkil etishni
taqozo etadi.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishdan
ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga
olgan holda har bir jamiyat a’zosining mehnat faoliyati va kundalik hayoti uchun zarur
bo‘lgan matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni berish, shuningdek, o‘quvchilarning
hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatini umumlashtirib, matematik bilimlarni olishga
intilish, o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning
aql-zakovatiga, tabiat va jamiyat muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa
olishlariga ko‘maklashishdan iborat.