Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146
5-son-2018

Annotatsiya


53
Matematika bu   – moddiy borliqning fazoviy hamda miqdoriy munosabatlarini aks 
ettiruvchi qonunlarni to‘la, chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishni talab etadi; o‘rganilayot-
gan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi, ularning qanday usul bilan asoslan-
ganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilat-
lari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika 
fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi,  bir-biriga bog‘liq qat’iy ketma-ket keluvchi 
qonunlarni ochib beradi. Fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning 
boshlang‘ich asosidir.
Matematika  keng  tarmoqli  fan, u  ko‘plab  sohalarga  muhim  g‘oyaviy  baza  vazi-
fasini  bajaradi.  Mazkur    fan  ta’lim  jarayonida  o‘quvchilarni  intellektual  qobiyalitlarini 
rivojlantirish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usullari, shuningdek, 
umumiy qonuniyatlarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususi-
yatlarini o‘rganishga xizmat qiluvchi qudratli qurol hisoblanadi. 
O‘z navbatida, darslarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish uchun matematik 
bilim beribgina qolmasdan ularni hayotga tatbiq qilishni ham chuqur o‘rgatish lozim.
Shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatini umum-
lashtirib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o‘zlashtirish-
ga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilishni o‘rgatish, o‘quvchilarda izchil mantiqiy 
fikrlashni shakllantirib borish natijasida aql-zakovati rivojiga, tabiat va jamiyatdagi mu-
ammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashishadi. insoniyat 
kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishini hisobga 
olgan holda allomalar va olimlarning matematika kursining rivojiga qo‘shgan hissala-
ridan o‘quvchilarni xabardor qilish hamda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi 
sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadga muvofiq. 
agar o‘quvchilar har bir fandan olgan bilimlarini hayotga tatbiq eta olmasa, amal-
da ulardan foydalanolmasa, quruq fan bo‘lib qolaveradi, o‘qituvchining mehnati zoye, 
o‘quvchining vaqti behudaga sarflangan hisoblanadi.
Jamiyatimizning hech bir a’zosi yo‘qki, kundalik turmushida matematikadan foy-
dalanmasa. natural sonlar, o‘nli kasrlar ustida bajariladigan u yoki bu amallarni o‘rga-
nishni olsak, kundalik turmushda bundan foydalanmaydigan kishini topish qiyin, yoki 
umuman mumkin emas.
geometriyadan  to‘g‘ri  chiziq,  kesma,  aylana,  doira,  uchburchak,  ko‘pburchak, 
shar, silindr tushunchalari bilan bog‘liq mavzularni olsak, bular juda ko‘p kasblarda, 
kundalik turmushda, boshqa fanlarni o‘rganishda tez-tez qo‘llaniladi.
Matematikani  o‘rganish  o‘quvchilarda  sanash,  hisoblash,  o‘lchash,  taqqoslash, 
tahlil qilish, isbotlash, mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur qilish kabi juda ko‘p ko‘nikma 
va malakalardan tarkib topadiki, bularsiz hayotda biror ish qilish qiyin.
Shuningdek, uzunlik, yuza, hajm, og‘irlik va vaqt birliklarini bilish ham hayotiy za-
ruratdir.
kundalik turmushda uchraydigan masalalardan namunalar keltiramiz.
1. Do‘konda uch kunda 110 metr gazlama sotildi. ikkinchi kuni birinchi kundagidan 
45 metr ko‘p, uchinchi kuni esa, dastlabki ikki kunda qancha sotilgan bo‘lsa, shuncha 
gazlama sotildi. Do‘konda birinchi kuni necha metr gazlama sotilgan?
yechish:  
1-kun – x 
       
2-kun – 45 metr ko‘p
        
3-kun x + 45 bo‘lsa


54

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin