85
Umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarida jamiyatimiz quruvchisiga xos bo‘lgan shax-
siy ijobiy sifatlarni tarkib toptirish uchun texnologiya fani o‘qituvchisining o‘zi ham bu
sifatlarga ega bo‘lishi, shogirdlariga namuna ko‘rsatishlari kerak. Texnologiya va kasb
ta’limi o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilishi bilan birga, matematik
bilimlarni mustahkam kasbiy ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi, ularni yosh davriga mos
ravishda o‘quvchilarga mohirlik bilan yetkazib bera olishi kerak.
kasbiy ta’lim o‘qituvchisi o‘zining metodik pedagogik, texnologik va maxsus tay-
yorgarligini muntazam oshirib borishi bilan birga, boshqa fanlar borasida ham bilimlar-
ni oshirib borishi lozim. Shu maqsadda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi kasb politexnik ta’limi-
tarbiya vazifalari yuzasida psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar yangliklarini
o‘z ixtisosligi bo‘yicha texnikaga doir zamonaviy adabiyotni ishlab chiqarish ilg‘orlarini
va ixtirochilar tajribalarini jadal o‘rganib borishi, axborot kommunikatsiya texnologiya-
larini samarali qo‘llay olishi lozim.
Texnologiya darslarida nazariy bilimlar texnologiya fanining asosiy ilmiy izlanish-
lari natijalariga tayangan holda, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan ma-
teriallar asosida bayon qilinishi joiz. amaliy va laboratoriyalar mashg‘ulotlarida esa,
o‘qituvchilar turli-tuman metodik manbalarni (dastur, metodik qo‘llanma, darslik, elek-
tron darslik) mashqlar va tajribalar tizimini tahlil qilish, o‘rganish metodik adabiyotlarga
ijodiy yondashib ulardan o‘qitish jarayonini zamonaviy pedagogik-psixologik texnologi-
yalar asosida samarali tashkil qilishda tadqiqiy izlanishlar olib borish, dars ishlanma-
lari, texnologik xaritalari, o‘quv modellarini tayyorlash orqali kompetentlik qirralarini
egallagan holda darslarni tashkil qilish uchun zaruriy ko‘nikmalarni egallashlari kerak.
Dostları ilə paylaş: