87
jarayonlari sifati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’at-
da amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. respublikamizda xalq ta’limi tizimi
pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida tub is-
lohotlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil
26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyor-
lash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3289-son qarorining qabul qilinishi pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini sifat jihatdan
yangi
bosqichga olib chiqdi
1
.
O‘quv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik dara-
jada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning
interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlan-
tirishga ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni muntazam
ravishda yangilab borish, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillari va
zamonaviy usullari, malaka talablari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib borish
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining maq-
sadi hisoblanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining asosiy vazifalari:
– pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab
borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada
kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
– mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni
rivojlantirish;
– pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
– ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
bilimlarni singdirish;
– o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’lim-tar-
biya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
– pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmu-
nini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
– pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya-
lari va xorijiy tillarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish;
– oliy ta’lim muassasalari kafedralarining maktabgacha, umumiy o‘rta va maktab-
dan tashqari ta’lim muassasalari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, pedagog xo-
dimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish
va
modernizatsiya qilish
2
.
Maktabgacha va xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish, kasbiy faoliyati monitoringini olib borish jarayonlarini tashkil etish-
ning elektron metodik tizimi tarkibi va mazmunini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb
1
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tay-
yorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3289-son qarori.
2
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ VM-1026-
son qarori