Ilmiy muammoning nazariy asoslari Bajardi: Boltaxo'jayeva Z



Yüklə 1,54 Mb.
tarix22.09.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#147371
Презентация 5

Ilmiy muammoning nazariy asoslari

Bajardi: Boltaxo'jayeva Z.

Tekshirdi: Rahimova Sh.Q+

Reja:


1. Ilmiy muammo.
2. Ilmiy muammoning yechimi.

Ilmiy muammo.

  • Avvalo mavzu o’zi nima? Mavzu (arabchada – joylashtirilgan, qo’yilgan, degan ma’noni anglatadi) – muhokama, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda etgan nomlanish. Mavzu, odatda ijodkor tomonidan tanlanadi va asoslanadi. Mavzu ijodiy faoliyat jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.) mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi va uni hal qilishdagi vazifalar ko’lamiga qarab mavzu va mavzuchalar tanlanishi mumkin hamda bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi.

Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.

  • Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.
  • Ilmiy muammo ijodiy jarayon bo’lib, uning yordamida tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi.

Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq. Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish» qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm» bilan bog’liq. Shu sababli ham ilmiy muammoni keltirib o'tganimizdek ifodalasak, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq. Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish» qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm» bilan bog’liq. Shu sababli ham ilmiy muammoni keltirib o'tganimizdek ifodalasak, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ilmiy muammoning yechimi.

  • Ilmiy muammo yechimiga voqeylik haqida yo’llangan bilim va tajribalarga (ilm-fan yutuqlariga), voqeylikning o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar asosida erishiladi.

Ilmiy muammo o’z mohiyatiga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda uchrashi mumkin:

  • - ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalarini hal etish;
  •  - jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dinamik va statistik qonuniyatlarni yaratish
  • - jamiyat taraqqiyotiga va insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi iqtisodiy masalalarni hal etish metodologiyasini yaratish; 
  • -demografik va siyosiy sohalardagi davlat boshqaruvining demokratik tomoyillarini yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar; 
  • - komil inson tarbiyasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o’rnini ijtimoiy jihatlarini ilmiy asoslash va h.k.

Muammo dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • - shakllantirilayotgan (rejalashtirilayotgan) muammo tegishli soha (yo’nalish) va uning jamiyat hamda davlat oldidagi istiqbolini bilish;
  • - rejalashtirilayotgan muammoga tegishli soha (yo’nalish) bo’yicha ilm-fan va texnikatexnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan habardorlik;
  •  - tanlanayotgan muammoning unga tegishli bo’lgan soha (yo’nalish)dagi o’rnining aniqlanganligi;
  • - tanlanayotgan muammoning yechimini topish natijasida tegishli soha (yo’nalish)dagi rivojlanish, yaratuvchanlik haqidagi ishchi farazning mavjudligi;
  •  - tanlangan mavzu yoki unga yaqin boshqa mavzularning ishlanganlik darajasi va ular erishgan yutuqlarning amaliy hayotdagi va ayniqsa rejalashtirilayotgan tadqiqotni olib borish jarayonidagi ahamiyatini hamda unga nisbatan yangiligi haqidagi bilim va tasavvurlarga egalik;
  • -tanlangan muammoning ilm–fan yoki texnika-texnologiyani rivojlantirish uchun xizmat qila olishligi haqidagi fikrning shakllanganligi va uning nechog’lik mustahkam ifodalanganligi va h.k.

Mustaqil ish bo'yicha asosiy tushunchalar:

  • mavzu – bu muhokoma, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini o’zida qisqa va ixcham ifoda etgan nomlanish;
  • ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqg’a va hodisalarni, jaryon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.) ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish.

E'tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin