2.5. Refraktorlar. Reflektor va teleskopik tizimlar Reflektor va teleskopik tizimlar. Bunday teleskoplarning nur yig’uvchi qismi,
ob’ektivi, botiq ko‘zgu bo‘lib, u teleskop quvri yoki tanasining quyi (pastki) qismiga
o‘rnatiladi (8-rasm). Bosh ko‘zguning nur qaytaruvchi sirti parabolik (parabolani
o‘qi atrofida aylanishdan xosil bo‘lgan sirt) shaklga ega va uning fokusi teleskop
quvri ichida bo‘ladi. Fokusni quvr tashqarisiga chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Buni birnecha usullari bor va har xil kuzatishlar bajarishga imkon beradigan
birnecha optik elementlardan tashkil topgan teleskopik tizimlar ishlab chiqilgan. Bu
tizimlar ularni ishlab chiqqan olimlarning nomlari bilan ataladilar. Masalan,
N’yuton, Kassegren, Gregori va Richi-Kreten tizimlari. N’yuton tizimida parabolik
bosh ko‘zguning fokusi oldiga, uning optik o‘qiga 45° burchak ostida kichik yassi
ko‘zgu o‘rnatiladi. Bu yassi ko‘zgu ob’ektivdan qaytgan va yig‘ilayotgan nurlarni
yon tomonga qaytaradi. Kichik (u odatda bosh ko‘zgudan o‘n marta kichik) yassi
ko‘zgu bosh ko‘zguning markaziy qismini bekitib to‘radi. Bu uning optik kuchini
biroz kamaytiradi xolos. Kassegren tizimida bosh parabolik botiq ko‘zguning fokusi
(u bosh fokus deb ataladi) oldiga, undan ma’lum uzoqlikda, optik o‘qqa tik holda
qabariq giperbolik ko‘zgu o‘rnatiladi va undan qaytgan va yig‘ilayotgan nurlar bosh
ko‘zguning o‘rtasidagi teshikdan o‘tib uning orqasida, kassegren fokusida, kesishadi
va tasvir hosil qiladi. Bir necha optik elementlar (ko‘zgu va linza) dan iborat optik
20
tizimni kuzatishga qo‘llashdan oldin uni yustirovka (optik sozlash) va fokusirovka
qilish lozim.
8-rasm. N’yuton, Kassegren, Gregori Richi-Kret’en teleskopik tizmlarda osmon yoritqichidan kelayotgan nurlarni yo‘li Ф 1