7
1.1. Optik sistemalar haqida ma’lumot
Optik sistemalar - optik elementlar (linza, koʻzgu, prizma, plastinka va h.k.)
majmui. Quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi: chiziqli apertura, burchakli yoki
chiziqli kuzatish maydoni, optik kattalashtirish oʻlchamlari, tasvirning sifatliligi,
ajrata olish qobiliyati va yorugʻlik energiyasini taqsimlay olishi. Optik tizimlar
yordamida buyum tasviri fotoplastinka, fotoelement va boshqalarda hosil qilinadi
yoki yorugʻlik manbaidan chiqqan nur dastasining yoʻnalishi, intensivligi va boshqa
oʻzgartiriladi. Optik tizimlar koʻrsatkichlariga tegishli masalalar ideal optik tizim
qonunlari orqali hal qilinadi. Tasvirning sifatliligi va ajrata olish qobiliyatida esa
Optik tizimlarning quyidagi nozik xususiyatlari ham hisobga olinadi: optik tizim
aberratsiyasi, difraksion hodisalar. Optik tizimlarning notoʻgʻri tayyorlanganligi va
h.k. Tasvirning sifatliligini belgilaydigan omillar sifatida yo koʻndalang toʻlqin
aberratsiyaning qiymati, yoki chastota-kontrast harakteristika kattaligi olinadi.
Optik tizimlar kinotexnika, televideniye, fotografiya, mikroskopiya, harbiy ish va
boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi
.
II. ASOSIY QISM. OPTIK SISTEMALARNING ABERRATSIYASI
Dostları ilə paylaş: