8
obyektiv (ko‘zgu)ga tushayotgan yassi to’lqin Q sferik to’lqin
S ga aylantiriladi,
uning markazi Φ aynan tasvirlanayotgan nuqtaviy obyekt tasviri o‘rnidir. Amalda
esa, ayrim xususiy hollardan tashqari, optik sistema berayotgan tasvir stigmatik
bo’lmaydi, nuqta tasviri qandaydir chekli o’lchamlarga ega bo’ladi, ya’ni
optik
sistemaning aberratsiyalari deb nomlanuvchi qandaydir buzilishlar yuzaga keladi.
Geometrik ko‘rinishda bu quyidagi holga to‘g‘ri keladi: obyektiv yoki ko‘zgu bilan
o‘zgartirilgan yassi to’lqin sfera bo’lmay qoladi; uning sirtiga normal bo‘yicha
nurlami o‘tkazib, ular kesishgan joyda aberratsiya bilan buzilgan hajmli tasvir paydo
boigan fazoning butun bir sohasini topamiz. Amaliy hamda nazariy optikada
aberratsiyani qandaydir ma’lum chegaradan kamaytirish maqsad qilib qo‘yiladi,
difraksiyadan qutulib bo’lmasligi tufayli bu chegarani difraksion tasvir o’lchamlari
bilan bog’lanadi. Olingan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar to’lqin fronti sistema
fokusi markaziga ega sfera S dan chetlashishlari ta’sir etayotgan to’lqin uzunligi λ
ning choragidan,ya’ni 1/4λ Reley mezonidan oshmasa, sezilarli bo’lmaydi. Birinchi
darajali optik sistemalar bu shartni qanoatlantiradi [4].
Optik sistemalardagi eng asosiy aberratsiyalar ikki turga, ya’ni, geometrik va
fizik aberratsiyalarga taqsimlanadi; fizik aberratsiyalar turiga xromatik aberratsiya
kiradi. Yulduzlar nuqtasimon yorug‘lik manbalaridir hamda teleskoplarning fokal
tekisligida ularning tasviri qancha kichik bo‘lsa, tasvirning yorug‘ligi
shuncha
yuqori bo‘ladi. Biroq teleskopning optik qismlari va sirtlaridan nurlar o‘tayotganda
va qaytayotganda o‘z yo‘nalishlarini har xil o‘zgartiradi. Buning sababi optikada
aberratsiya (yorug‘lik nurini egilishi, chetlashishi) hodisasidir. Fizik laboratoriyada
nuqtasimon manba qaralmaydi, shuning uchun optika kursida linzaning nuqsonlari
ko‘p hollardagina sanab o‘tiladi xolos, ularni kamaytirish yo‘llari ham qaralmaydi.
Astrofizikada kuzatish-tekshirishlarning samaradorligi bu nuqsonlarni kamaytirish
bilan bog‘liq. Bu nuqsonlarni to‘la bartaraf etib bo‘lmaydi va kichik teleskoplarda
buning keragi ham yo‘q bo‘lishi mumkin. Sababi shundaki kichik teleskop (D<1 m)
da aberratsiya tufayli tasvirni kengayishi difraksion gardishchadan kichik bo‘lishi
mumkin. Sferik sirtga ega ob’ektivga tushayotgan yassi to‘lqin fronti undan o‘tgach
(agar botiq ko‘zgu bo‘lsa, qaytgach) sferik to‘lqin frontiga aylanishi kerak, biroq bu
9
shart bajarilmaydi. Bunday ob’ektivdan o‘tgan to‘lqin uning aberratsiyalari tufayli
sferik sirtdan chetlashadi va natijada hosil bo‘lgan
yulduz tasvir nuqtasimon
bo‘lmaydi, u biroz kengayadi. Yuqorida biz ta‘kidlagan teleskop ob’ektivi chetida
yorug‘lik difraksiyasi tufayli yulduz tasviri ma’lum kattalikdagi gardishcha shaklda
bo‘ladi va buni bartaraf etib bo‘lmaydi degan edik. Endi esa aberratsiya ham yulduz
tasvirini kengaytirishi mumkinligini ko‘rib turibmiz. Aberratsiyalarni kamaytirish
yo‘llari ko’plab ishlab chiqilgan. Demak, teleskoplarni
shunday yasash kerakki
ularda aberratsiya tufayli kengaygan yulduz tasviri shu teleskopda yulduzning
difraksion tasviridan katta bo‘lmasin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu shart bajarilishi
uchun ob’ektivdan o‘tgan (qaytgan) to‘lqin frontni sferadan chetlashishi
amaldagi
nurlanish to‘lqin uzunligining to‘rtdan (sakkizdan) biridan (
4
) oshmasligi
kYerak bo‘ladi. Bu shart Reley sharti deyiladi. Bunday shart parabolik ko‘zgularda
bajariladi (e’tibor bering televizion antenna parabolik antennadir)[4].
Aberratsiyalar ikki turga bo‘linadi: fizik va geometrik. Fizik aberratsiya fizik
hodisa (muhitning sindirish koefitsenti har xil rangli nurlar uchun har xilligi) tufayli
ro‘y bersa (mas. xromatik aberratsiya), geometrik aberratsiya har xil optik sirtlardan
har
xil burchak ostida tushish, sinish va qaytish tufayli ro‘y beradi (mas. sferik
aberratsiya). Ayrim aberratsiyalar faqat optik o‘qdan tashqarida kuzatiladi (koma,
astigmatizm, distorsiya).
1>
Dostları ilə paylaş: