Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: jumaboyeva ch


-rasm. Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar. a) manbalar, b)



Yüklə 173,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix07.01.2024
ölçüsü173,12 Kb.
#211428
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
23

7-rasm. Optik o‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar. a) manbalar, b) 
sferik abberatsiya, v) koma, g) astigmatizm. 
b) Astigmatizm. Bu nuqson hatto kam yorug‘lik kuchga (A) ega teleskoplarning 
optik o‘qidan chetida kuchli bo‘lishi mumkin. Astigmatizm ob’ektivga tushayotgan 


18 
parallel nurlar bilan optik o‘q orasidagi burchakning kvadratini A ga ko‘paytmasiga 
proporsional bo‘ladi. Astigmatizm meredianal va ularga tik yo‘nalishdagi sagittal 
nurlarning fokusi har xil bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Optik o‘qqa 

buchak ostida tushayotgan parallel nurlarning yo‘nalishidagi 
ob’ektivning eng katta kesimi meredional, unga tik yo‘nalishdagi kesim esa sagittal 
kesim deb ataladi. Meredional kesm fokusi bilan sagittal kesm fokusi orasidagi 
masofa ob’ektivning astigmatik farqi (
l
) deb ataladi. Astigmatizm kuchli bo‘lsa, bu 
farq katta bo‘ladi va aksincha. Astigmatizm tasvirni buzmaydi deb hisoblanadi agar 
l

 2

/A
2
 
bo‘lsa. 
v) Ko‘rish maydonining egriligi.
 
Ob’ektivning meredional va sagittal fokuslari 
o‘rtasidagi nuqtada tasvir eng aniq bo‘ladi. Biroq bu nuqta optik o‘qdan chetlashgan 
sari undagi tasvir fokal tekislikdan chetlashaboradi. Bu ko‘rish maydonining 
egriligini ko‘rsatadi. Ko‘rish maydonining egrilanishi 

2
proporsional. Ko‘rish 
maydoni ikkinchi darajali egri sirtdan (sfera, paraboloid) iborat. Bunday holda
yaxshi tasvir olish uchun fotoplenkani shu sirt bo‘ylab joylashtirish (egish) kerak. 
Teleskop ob’ektivi ustolari fokal tekislikni yassi sirt darajasiga yetkazishga harakat 
qiladilar. Bunday ob’ektiv anastigmat deb ataladi va bunga misol Kukning (Kuk – 
amerikalik mashhur optik usto) uch linzali ob’ektividir.
g) Distorsiya. Bu optik sirt nuqsoni yulduz tasviri markazini bo‘zmaydi, biroq tasvir 
chetida to‘rtta uch hosil qiladi. Distorsiya bartaraf etilgan katta (5x5
0
) astrograflar 
ixtiro etilgan. Masalan, O‘zFA Astronomiya institutining Kitob (Qashqadaryo) 
filialiga o‘rnatilgan astrograf to‘rtta linzadan iborat ob’ektivga ega. 
O‘qdan chetda kuzatiladigan aberratsiyalar teleskopning yuqori sifatli tasvir 
hosil bo‘ladigan maydonini, ko‘rish maydonini, kichraytiradi. Misol uchun 5 m li 
Polomar teleskopining (yorug‘lik kuchi 1:3.3) qoniqarli ko‘rish maydoni diametri 
12 mm. Teleskop parabolik ko‘zgusining fokus masofasi 17 m va uning 12 mm 
ko‘rish maydon diametriga 2.5 yoy minuti to‘g‘ri keladi. Bu teleskopda Oy gardishi 
(burchakiy diametri 31 yoy minuti) chetlari koma tufayli noaniq ko‘rinadi. Bir xil 
shishadan yasalgan biri musbat ikkinchisi manfiy ikkita linzadan iborat Ross afokal 
sistemalari Polomar teleskoplarining ko‘rish maydonlari diametrlari 15 sm gacha 


19 
kattalashtiradi. Linzalar teleskoplarning fokusi yaqiniga o‘rnatiladi hamda endi, Oy 
gardishi, uning markazidan chetigacha, aniq ko‘rinadi.
Hozirgi paytda astrofizik tekshirishlarda keng qo‘llaniladigan Richi-Kreten 
(amerikalik astronom va optik ustolar Jorj Richi va A. Kreten) teleskopi ikkita 
giperbolik ko‘zgudan iborat. Giperbolik ko‘zguda manfiy (o‘qdan chetdagi nurlar 
o‘qdagi nurlardan uzoqroqda yig‘iladi) sferik aberratsiya kuzatiladi. Bosh 
ko‘zguning bunday sferik aberratsiyasi va komasini maxsus hisoblab yasalgan 
ikkinchi giperbolik ko‘zgu tuzatadi. Richi-Kreten teleskopining astigmatizmi va 
maydonning egriligi uning fokal tekisliklari oldiga qo‘yiladigan asferik shisha 
plastinka yordamida bartaraf etiladi. 

Yüklə 173,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin