Yorug’lik bosimi yorug’likning uni qaytaruvchi hamda yutuvchi jismlarga, zarralarga, ayrim molekula va atomlarga ko’rsatadigan ta’sir. Yorug’lik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619-yilda I. Kepler kometa dumlarining quyosh yaqinidan uchib o’tishidagi og’ishini tushuntirish uchun ishlatgan. 1873-yilda J. Maksvell elektromagnit nazariya asosida yorug’lik bosimi kattaligini hisoblab chiqdi. U eng kuchli yorug’lik manbalari (quyosh) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar (konveksion toklari, radiomatrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli, yorug’lik bosimini sof holda o’lchash murakkab ish. Uni birinchisi marta 1899-yilda P. N. Lebedev tajribada aniqlagan. Uning olgan natijalari J. Maksvellning hisoblashlariga mos kelgan edi. U yorug’likning gazlarga beradigan bosimini o’lchash mumkinligini 1908-yilda isbotladi. Dumli yulduzlar yorug’lik bosimi ta’sirida paydo bo’ladi deb taxmin qilinadi.
Elektromagnit nazariyaga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit to’lqin yuzaga keltiruvchi yuqori bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiya jismga tushuvchi hamda undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil topadi. Yorug’lik bosimi ko’lamlari bir biridan farq qiluvchi astrofizik va atom sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo bo’lishi bilan yorug’lik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi. Yorug’likning to’lqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, ya’ni kvant tabiatiga ham ega bo’lishini M. Plank isbotlagan. Yorug’lik manbaidan fazoviy burchak birligida tarqalayotgan yorug’lik oqimini ifodalaydi. Xalqaro birliklar sistemasida kandela (kd) yorug’lik kuchi o’lchov birligi qabul qilingan. Yorug’lik kuchini aniqlash yoritish texnikasida, tibbiyotda amaliy ahamiyatga ega. Yorug’lik oqimi – yorug’lik energiyasini sezishda, tabiiyki, ko’z alohida ahamiyatga ega. Inson ko’zining rangdagi yorug’likni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali o’tayotgan yorug’lik to’lqin energiyasi emas, balki bu yorug’lik energiyasining bevosita ko’zga ko’rish sezgisi uyg’otadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida o’tadigan va ko’rish sezgisi bilan baholanadigan yorug’lik energiyasi yorug’lik oqimi deyiladi.