Kafedra mudiri:.............. (ismi va sharifi) (imzo)
Jizzax – 2014
n kMUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………
Bob. SHAXSLARARO MUNOSABATLAR MUAMMOSI ASOSIY PSIXOLOGIK KATEGORIYA SIFATIDA TAHLIL ETILGANLIGI. Sharq allomalari asarlarida muomala va muloqot masalalari.
Shaxslararo munosabatlar muammosining o’rganilganlik holati.
Bob bo’yicha xulosalar ……………………………………………………
O’SMIRLARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI EKSPERIMENTAL O’RGANISHNING METADOLOGIK VA METODIK ASOSLARI.
2.1 Muloqot shaxslararo munosabatlar komponenti sifatida.
2.2 Shaxslararo munosabatlarni o’rganishga qaratilgan metodikalar tavsifi.
2.3.O’smirlarning shaxs sifatlari shaxslararo munosabatlar determinanti sifatida.
Bob bo’yicha xulosalar…………………………………………………….
KIRISH Mustakillik tufayli o’z taraqqiyot yulidan borayotgan O’zbekistonda yangicha fikrlaydigan, bo’layotgan vokea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan, ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir-asrorlarini o’rgangan insonlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmokda. Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, "Viz farzandlarimizning fakat jismoniy va ma’naviy soglom usishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bulgan, uygun rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib, voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”1.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta’lim to’g’risidagi Qonundan ko’zlangan maksad jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirshdan iborat. Ushbu muammoni xal etish ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib, mustaqil fikrlovchi raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarga bugungi kunda extiyoj katta.
Prezidentimiz I. A.Karimov O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XVI sessiyasida «Viz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigai, atrofida sodir bo’layotgan vokea-xodisalarga mustakil yondashadigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak» deb ta’kidlaganlar. Bugungi kunda o’z maksadlarimizga erishish uchun yoshlarimiz ongiga bunyodkor g’oyalarni singdirish, o’tmish va buyuk kelajak xaqidagi fikrlarini kengaytirish. tarix bilap faxrlannsh hnssini uyg’otish, yangicha tafakkurni shakllantirish, bozor iktisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatinn tarkib toptirishimiz lozim.
Insoniyat ta ri x i y - i j t i m o i y va ontogenetik tarakkiyotining hamma bosqichlarida shaxslararo munosabatlar o’ta muhim muammo bo’lib xisoblanadi. Jamoaning yashashi, rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishi uchun jamoa a’zolarining o’zaro aloqa o’rnatilishlari-muloqotga kirishishlari kerak. Muloqotga kirishish, uning kechishi va natijasi ko’pincha muloqotta kirishgan shaxslarning bir-birlariga qanday munosabatda (ijobiy, salbiy, . befark) bo’lishlariga bog’liq. Insoniyatning ming yillik tajribasi shuni ko’rsatadiki, birgalikda yashash, ishlash va hamkorlikda faoliyat ko’rsatish uchun katta va kichik guruhlarda psixologik muxitning ijobiy bo’lishi uchun shaxslararo munosabat yetarli darajada shakllangan va rivojlangan bo’lishi muhim. Aynan shuning uchun xam O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov yangi jamiyat barpo etishda «Ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va ularii bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga barham berish bilan jamiyatni yangilash va o’zgartirish zarur» ligini ta’kidlab o’tgan elilar. Ko’pincha bu muammoning negizida shaxslararo munosabatdagi kamchiliklar, bir-birini tushunmaslik yoki tushunishni istamaslik yotadi. Mamlakatning nqtisodiy. siyosiy va ma’naviy rivojlanishi uchun barcha kasb egalari muloqot va shaxslararo munosabat sohasida yukorp malaka va tajribani egallashlari zarur. Xar qanday malaka va tajriba, ayniqsa, shaxslararo munosabat tajribasi dastavval oilada, bog’chada va kichik maktab yoshida o’zlashtiriladi.
Demak, o’smirlarning shaxslararo munosabatlarining shakllanish boskichlarini, tarkibini va rivojlanishning o’ziga xos tomonlarini o’rganish va zarur vaqtda kerakli psixologik-pedagogik choralarni ko’rish muhim. Bundan tashqari bolalarning jamoadagi o’yin, o’kish va mehnat faoliyatining samaradorligi shu jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qandayligiga bog’liq. O’quvchilar jamoasi dars yoki darsdan tashqari jarayonda birgalikda boshkaradigan har qanday vazifann amalga oshishiga jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik yaxshi tashkil etnlganligi, jamoaning hamkorlik va jinslik darajasi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi bir-birini tushunish va boshqa ko’pgina omillar ta’sir etadi.
O’smirlik davrida xam yosh davrlari o’rtasidagi eng murakkab mehanizmlar yuzaga keladigan davr hisoblanadi. O’smir jismoniy o’sishi bilan birgalikda tafakkurning rivojlanishi ongli ravishda ko’plab bilim va axborotlarni qabul qilishida takomillashadi. O’smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o’rin egallaydi. U inson kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O’smirlik davrida ahamiyatga ega bo’lgan psixologik o’zgarishlar ro’y beradi.
O’smirlik davri muayyai ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur galim-tarbiya ta’sirida barqaror mustahkam bo’lib qoluvchi hislatlar namoyon bo’ladi. O’smir kamolotiga erishgai sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo’la boshlaydi, aslida keskin qayta qurish sodir bo’ladi. Bu davrda mustaqil tafakkur, dunyokarash, e’tiqod, o’zlikni anglash. baholash shakllanadi.
O’smirlardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishga qaratilgan bir qator tadqiqotlar mavjud. Shular sirasiga I.V.Straxov. L.I.Umanskiy, I.S.Polonskiy va h.k.lar kiradi.
_ I.V.Straxov o’smirlarning o’rtoqlik va do’stlik o’zaro munosabatlarini batafsil tadqiqot qilgan.
Shuni nazarda tutish kerakki. o’smirlarni jamoaga jalb qilish ko’pincha shunday ifodalanadiki, ular ko’cha va hovli ulfatlarini tashkil qiladilar. Tasodifiy yuzaga keladigan guruhlarda qatnaщadilar. Psixolog L.I.Umanskiyning ma’lumotlariga ko’ra, u tekshirishga o’smirlariiig 84% bo’sh vaqtlarni ana shunday guruhlarda o’tkazganlar. N.S.Polonskiy tomonidan o’smirlarniig stixiyali guruhlarini o’rganish yuzasidan o’tkazilgan maxsus tadqiqotlarda malum bo’lishicha. o’smirlarn, kamida 81 85% stixiyali, maktabdan tashqari guruhlardan o’tadi, Muallif shunday asoslangan xulosa chiqaradi. O’zbekistonda ham o’smirlarning o’zaro munosabatlari tahliliga bevosita yoki bilvosita taalluqli tadqiqotlar mavjud ( E G’oziyev, Ye.U.Shoumarov, B.Umarov, F.I.Xaydarov, V.M.Karimova va x.k.)
Yuqoridagi ilmiy manbaalar tahliliga ko’ra bizlar xam o’z tadqiqiy ishimizni uyushtirishga va o’smirlarda shaxslararo munosabatlarning psixologik asoslarini o’rganishga qaror qildik.