Ilmiy rasmiy idoraviy uslubiyatlar


berilgan so'zlardan nechtasining tarkibidagi barcha undoshlar hosil bo'lish usuli va hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar sanaladi?



Yüklə 22,63 Kb.
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü22,63 Kb.
#171484
1   2   3   4   5
Ilmiy rasmiy idoraviy uslubiyatlar Sozlarni tuzilishi jihatdan turlari Punktuatsiya

SAVOL: berilgan so'zlardan nechtasining tarkibidagi barcha undoshlar hosil bo'lish usuli va hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar sanaladi?
1) mangu. 2) jurnal. 3) sahifa. 4) guliston. 5) zarba. 6) vafo. 7) ulug'. A) uchtasi. B) ikkitasi. C) beshtasi. D) to'rttasi
Savolni ishlab ko ‘ring va javobga olgan so‘zlaringizni quyudagi to‘g‘ri javob bilan taqqoslang.
Mangu” so'zidagi ikkala undosh ham portlovchi, demak usuliga ko'ra BIRLASHTIRUVCHI BELGIga ega, lekin o'rniga ko'ra FARQLOVCHI BELGI ga ega, chunki biri LAB undoshi, yana bir TIL undoshi; “jurnal” so‘zi tarkibidagi undoshlar o‘rniga ko ‘ra birlashtiruvchi usuliga ko‘ra farqlovchi belgiga ega, ya’ni barchasi til undoshi, J, R, L tovushlari sirg‘aluvchi, N tovushi portlovchi; “sahifa”so‘zidagi barcha undoshlar usuliga ko‘ra birlashtiruvchi, o‘rniga ko‘ra farqlovchi belgiga ega, ya’ni barchasi usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi undosh, o‘rniga ko‘ra esa biri lab undoshi biri til undoshi biri bo‘g‘iz undoshi; “Guliston” so‘zi tarkibidagi undoshlar o‘rniga ko‘ra birlashtiruvchi va usuliga ko‘ra farqlovchi belgiga ega, ya’ni barchasi o‘rniga ko‘ra til undoshi, usuliga ko‘ra G, T, N portlovchi L, S sirg ‘aluvchi undoshlardir; “Zarba” so‘zi tarkibidagi undoshlar umuman birlashtiruvchi belgiga ega emas, ya’ni tarkibida o‘rniga ko`ra til undoshlari, ham lab undoshlari ham mavjud, usuliga ko`ra portlovchi undoshlar ham sirg`aluvchi undoshlar ham mavjud, demak, 1, 2, 3, 4 va 5 so`zlar xato.

ULUG`” so'zi hamda “VAFO” so'zlari to'g'ri javob hisoblanadi.


Ulug`” so'zidagi L va G' undoshlari usuliga ko'ra SIRG'ALUVCHI, o'rniga ko'ra TIL undoshlari, ya'ni usuliga ko'ra ham, o'rniga ko'ra ham BIRLASHTIRUVCHI BELGIga ega ekan.
Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u.


Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.


Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanglig' so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so'zlar hisoblanadi: suv, tog', bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslublarni bilish va o’rganish barcha uchun birdek muhimdir. Chunki nutqimizning chiroyli, mazmundor chiqishida uslubning o’rni beqiyos. Adabiy kechalarni rasmiy uchrashuvga aylantirmaslik uchun adabiy me’yorlar asosida so’zlashishimiz lozim, yoki ilmiy kengashlarda so’zlashuv uslubida maruza qilish ham kulgili holat bo’ladi. Har bir shaxs eng kamida o’z sohasi tilini, uslubini o’rganib qo’ygani foydadan holi bo’lmaydi. Masalan biz jurnalistika sohasi vakillari albatta publitsistik uslubni chuqur egallagan bo’lishimiz kerak, bundan tashqari, jurnalistika barcha sohalar bilan bog’liqligini hisobga olgan holda boshqa uslublarni ham o’rganish zarar qilmaydi. Chunki faoliyat davomida ilmiy kengashlardan tortib senatimiz yig’ilishlari-yu badiiy asarlar tahlili bilan shug’ullanishga to’g’ri keladi. Shunday ekan uslublar haqida chuqur bilimga ega bo’lish zaruratdir.

Yüklə 22,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin