Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni


Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix16.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#183257
1   2   3   4   5   6   7   8
o\'zbek aadabiyoti

Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan 
to‘g‘ri foydalanish.
 
Tadqiqot ishini yozishda eng muhimlaridan yana biri, mavzuni to`g`ri 
tanlash va to`laligicha ochib berish.Yel (Yale) universiteti Bitiruvchilarning 
yozuvchilik markazi (The Graduate Writing Centers) vakili Elena 
Kallestinova (Elena Kallestinova) 2010 yildan beri Xalqaro yozuvchilik 
markazlari assotsiatsiyasi (International Writing Centers 
Association) a’zosi 
sifatida faoliyat yuritib keladi.Uning “Yel biologiya va tibbiyot jurnali” (Yale 
journal of biology and medicine) da e’lon qilingan “Qanday qilib birinchi 
tadqiqot ishini yozish mumkin?” nomli maqolasining asosiy qismlarini 
tarjima qili
b, e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Mazkur maqola bitiruv-
malakaviy ishini yozishga kiritilayotgan talabalar, ilmiy faoliyatini 
boshlayotgan izlanuvchilar hamda ilmiy maqola yozish istagida bo`lganlar 
uchun foydali bo`ladi, degan umiddamiz. BIRINCHI TADQIQOT ISHIuni 
yozishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerak?Jarayonning boshlanishi: 
maqsadni to`g`ri qo`yishTadqiqot ishining boshlanish jarayoni hammada 
har xil kechadi. Ishning osonroq kechishi uchun, albatta, uni osonroq 
kechishi uchun, albatta, uni r
ejali tarzda amalga oshirgan ma’qul. To`g`ri, 
yozish qiyin. Diqqatni bir joyga to`plash va miyani ishga jalb qilish ham 
mushkul. Tadqiqot ishini yozish juda kuchli ishtiyoq talab etadigan ruhiy 
faoliyat, o`z o`rnida, xotira bilan bog`liq tarzda kechadigan aqliy mehnat 
hamdir. Har qanday ishda bo`lgani kabi maqsadni amalga oshirish uchun 
astoydil harakat qilish talab etiladi. Buning uchun kunlik reja tuzib oling va 
tadqiqot ishini qilinishi shart bo`lgan bandlar qatoriga kiriting. Misol uchun, 
Yel universitetining bir talabasi laboratoriya mashg`ulotlari bo`lmagan kuni 
bir soat vaqtini tadqiqot ishini yozishga bag`ishlaydi. Hayratlanarlisi, bir 
semestr davomida ishini yakunlab olishga ham erishadi. Demak, kun 
tartibini to`g`ri tuzish va rejalarni o`z vaqtida amalga oshirish orqali 
maqsadga 
erishish 
mumkinligi 
amalda 
isbotlangan.Ishni 
muhim 


ma’lumotlar bilan boshlangVaqtingizni to`g`ri taqsimlagandan so`ng 
tadqiqot ishini qanday yozish haqida bir to`xtamga kelib olishingiz lozim. 
Eng maqbul yo`li esa, juda muhi
m ma’lumotlarni to`plash orqali faoliyatni 
boshlashdir. Mazkur ma’lumotlar tadqiqot ishingizning nimalardan iborat 
bo`lishi, ya’ni ichki tartibini ham belgilab berishi mumkin. SHuningdek, fikrni 
rivojlantirishi hamda yangi g`oyalarni shakllantirishga xizmat qilishi aniq. 
Harvard universiteti (Harvard University) da ko`p yillardan buyon kimyo va 
nanotexnologiya sohasi bo`yicha faoliyat olib borayotgan Jorj Uvaytsaydes 
(George M.Whitesides) esa bu borada shunday deydi: “... oq qog`oz olib 
barcha muhim ma’lumotlarni qog`ozga tushiring”. Agar sizda bu 
ma’lumotlarni yig`ish haqida biror tushuncha bo`lmasa, quyidagi 1-jadval 
asqotishi mumkin. YOsh tasavvuringizni ishga solib yangi g`oyalar 
yarating.1-
jadval: Eng kerakli ma’lumotlarni to`plash1.Mavzuga oid 
ma’lumotlar.2.Bu mavzuning muhimligi nimada?3.Qanday qilib tadqiqot 
asosini shakllantirib olishim kerak?4.Natija orqali nimaga erishaman 
(tasavvuringizda taxmin qilib ko`ring).5.Asosiy yangiligim nimadan iborat 
bo`ladi? Navbatdagi bosqich tadqiqotning asosiy matni va tarkibini 
shakllantirish jarayonidir. Bu o`rinda fikrlaringizni quyidagi bosqichlarga 
qarab yo`naltirib olsangiz maqsadga muvofiq bo`ladi: kirish: reja, 
tadqiqotdan olingan natija va mavzu muhokamasi; ilmiy xulosa. Jarayonni 
tashkil qilish ketma-ketligi 2-jadvalda keltirib o`tilgan.2-jadval: Eng kerakli 
ma’lumotlarni to`plashKirish 1.Nima uchun tadqiqotingizni muhim deb 
hisoblaysiz? 2.Mazkur mavzu yuzasidan shu vaqtga qadar nima ish 
qilingan? (Mavzuning o`rganilganlik darajasini boshqa manbalardan qiziqib 
ko`ring)3.Bu borada shaxsiy gipotezangiz (asos, taxmin, qarash) 
qanday?4.Maqsadingiz nimadan iborat?Ma’lumot va uslublar1.Qanday 
materiallardan foydalandingiz?2.Izlanishingizning asosiy mavzusi nima 
haqida?3.Tadqiqotingiz qanday ko`rishga ega?4.Qanday tartib-qoidalarga 
amal qildingiz? 
Kerakli ma’lumotlarni to`plash bosqichini muvaffaqiyatli 
amalga oshirgandan so`ng, g`oyalarni ilmiy rahbaringiz, hamkasblaringiz 


yoki shu sohani yaxshi bilgan mutaxassislar bilan muhokama qilishingiz 
mumkin. Ko`pgina universitetlarda bitiruvchi talabalar uchun yozuvchilik, 
ya’ni tadqiqot ishini tamomlab olishga xizmat qiluvchi maxsus markazlar 
tashkil etilib, g`oyalarni muhokama qilish, o`zaro hamkorlikda faoliyat olib 
borish yo`lga qo`yilgan. Dastlabki bosqichda o`zaro fikr almashish vaqtni 
tejashga yordam beradi. CHunki mavjud xato va kamchiliklar atrofdagilarga 
ko`proq, seziladi, eng zarur tavsiyalar ham ulardan chiqishi mumkin. Bu 
tadqiqot ishini to`g`ri yo`naltira olish va keraksiz narsalarga chalg`ib 
ketmaslikning oldini oladi.Ishning qoralama nusxasini tayyorlashEtarlicha 
fikr-
mulohaza, ma’lumotlarga ega bo`lganingizdan keyin tadqiqot ishining 
qoralama nusxasini tayyorlashga kirishishingiz mumkin. YOzib bo`lishingiz 
hamono yakunlashga shoshilmang. Mos so`z yoki jumla, yaxshi iborani 
qo`llash, gaplardagi ma’no g`alizligining oldini olish uchun vaqtingiz 
bor.Ko`pchilik talabalar izlanuvchilikda malakasi etishmasligidan shikoyat 
qiladi. Psixologlarning aytishicha, bo`sh joyga qarab xayol surib o`tirish 
tushkunlikni keltirib chiqarar ekan. YOsh olim ishini boshlar ekan, uning 
oldida, avvalo, ma’lumotlar, laboratoriya hujjatlari yoki o`zidan oldin amalga 
oshirilgan izlanishlar natijalari, tadqiqotning qoralama nusxasi, shaxsiy 
qarashlari yozilgan qaydlar tayyor turishi kerak. Barchasini o`rganib 
chiqqandan keyin tadqiqot ishining aslini yozishni boshlasa ham 
bo`ladi.Tadqiqotda ish materiallari va metodlari birinchi bo`limda keltirilgani 
ma’qul. Qo`lingizda mavjud ma’lumotlardan tushunarsizlarini chiqarib 
tashlang. Sababi, mazkur bo`limda tushuntirish ishlariga alohida ahamiyat 
qaratiladi. Bo`lim yakunini yozayotganda esa ishingizni baholash 
maqsadida boshqa tadqiqotchilarning fikrlarini keltirib o`tishingiz mumkin. 
Eng muhimi-chalg`imaslik. Bir bo`limdan boshqasiga o`tish jarayonida 
tadqiqot maqsadingiz noaniq, bo`lib qolishi kutilgan natija bermasligi 
mumkin.Ma’lumotlarni to`liq, tushunarli, hech kimda savol uyg`otmaydigan 
tarzda keltirib o`tish maqsadga muvofiq. Agar keltirilayotgan fikr hammaga 
ma’lum yoki yaqinda bu borada maqola e’lon qilingan bo`lsa, bu haqda 


adabiyotlar ro`yxati orqali iqtibos berib o`tishning o`zi etarli. Lekin yangi 
fikrni o`rtaga tashlamoqchi bo`lsangiz, uni ipidan ignasigacha, hatto 
ko`pgina qo`shimcha ma’lumotlar keltirilgan holda izohlashingiz 
kerak.
SHuningdek, ma’lumotlarni izchil keltirish uchun gapning kesimiga 
e’tibor qaratish lozim. YA’ni, bu erda kesimning aniq yoki majhul nisbatda 
ekanligi borasida so`z yuritilmoqda. Agar o`z tadqiqotingiz haqida ma’lumot 
bermoqchi bo`lib, gapni “biz” olmoshi bilan boshlasangiz, bu ko`pgchilik 
uchun g`alizroq tuyuladi. Agar siz fe’lni aniq nisbatda bermoqchi bo`lsangiz, 
yuqoridagi olmoshni imkon qadar kamroq qo`llaganingiz maqsadga 
muvofiq.Tadqiqot ishini yozishda eng muhim jihatlardan yana biri, mavzuni 
to`g`ri tanlash va to`laligicha ochib berish. Ishingizda keraksiz va bo`yoqdor 
so`zlar, ma’no yaxlitligiga soya soluvchi fikrni ishlatishdan qoching.Aniqlik, 
qisqalik, xolislikTadqiqot ishining kirish qismi o`quvchini nafaqat mavzuga 
yo`naltiriladi, balki asosiy maqsadni mazkur bosqichga qadar qog`ozga 
tushirgan ma’lumotlaringizni sinchkovlik bilan qaytadan o`qib chiqing va 
maqsadingizni yana bir bor oydinlashtirib oling.SHuni unutmangki, kirish 
qismida keltirilgan har bir band muhim ahamiyatga ega, shu sababdan uni 
chuqur fikrlab, atroflicha yozgan ma’qul. Ko`pchilik olimlarning fikricha, 
o`quvchi ilmiy ishni ko`proq yangi fikr-g`oyalar uyg`otishi, mavzu bo`yicha 
o`zgacha topilmani topish maqsadida o`qiydi. Qiziqishni oxirigacha ushlab 
turish uchun ham kirish qismida xulosalarni ochiq-oydin aytib qo`ymagan 
ma’qul.Ko`pchilik tadqiqotchilar ilmiy ishda umumiy gaplardan foydalanadi. 
Biroq, bu noto`g`ri. Sababi, ma’lum maqsadga qaratilgan mavzuni aniq 
faktlar yordamida isbotlab berish talab etiladi. Oldingizga qo`ygan 
maqsadingiz boshqalarnikidan farqli ravishda, umumiylikdan xoli tarzda, 
mustaqil bayon etilsa ilmga qo`shgan hissangiz va topilmalaringiz yaqqol 
yuzaga chiqadi. Ununtilmaslik lozimki, kirish qisqa bo`lsa-da, butun 
mehnatingizni namoyon etib turadi.Ko`pchilik tadqiqotchilar uchun asosiy 
bo`lim muhokamasi xavotirli tuyuladi. Sababi, aksariyat hollardi yutuqlardan 
ko`ra xato va kamchiliklar yuzaga chiqib qolishidan qo`rqish hissi ustun 


keladi. Aslida, mazkur bo`limda tadqiqot jarayonidagi ilmiy topilmalar va 
u
larni ommaga e’lon qilishdan maqsad: bu qarash nechog`li muhim, ilm-
fanga yangilik olib kira oladimi, degan savollarga javob topishdan iborat. 
Agar bularni yaxshilab o`rganib, aniq javob topa olsangiz, boshqalar ham 
tadqiqot ishingizni osongina tushunadi. Mazkur bo`limda mavzuni qanchalik 
tushunib etganingiz ham oydinlashadi. SHuningdek, fikran teranlik 
so`zlarning o`z o`rnida qo`llanilgani hamda tushunarliligi ilmiy ish olib 
boruvchi sifatidagi qiyofangizni namoyon etadi. Eng so`ngida shaxsiy 
tajriba, 
izlanishdan 
chiqargan 
xulosangiz, 
mutaxassislarning 
fikr-
mulohazalari 
yoki 
qo`shimcha 
ma’lumotlar 
bilan 
ilmiy 
ishni 
yakunlaysiz.Tadqiqot ishini o`z nihoyasiga etkazib olgach, uni umumiy va 
ichki usullar bilan ko`zdan kechirib chiqish lozim. Umumiy tuzatishda 
gaplarning tuzilishi, sarlavha, mazmun tahrir qilinadi. Ichki usul ko`p vaqt 
talab etadi, sababi, har bir so`zning to`g`ri yozilgani, grammatik va 
punktuatsion xatolar bartaraf etilishi lozim. Umumiy tahrirda matn ustidan 
ko`z yugurtirib chiqish kifoya. Ishni osonlashtirish uchun so`zma-so`z, 
gapma-gap tahrir qilish yoki matnni ovoz chiqarib o`qish ham mumkin. 
Bunda yo`l qo`yilgan xatolik, ayniqsa, jumlalardagi g`alizliklar bartaraf 
etiladi.Nihoyat, tadqiqot ishini printerda chop etib, qalam yordamida ikkinchi 
tuzatishga kirishishingiz mumkin. O`zingizga qulay, o`qish uchun oson 
bo`lgan kattaroq shriftda chiqarsangiz, ko`zingiz toliqib qolmaydi.SHundan 
so`ng ilmiy rahbaringiz bilan ishingizni yana bir bor muhokama qilishingiz, 
boshqalarga ham fikr-mulohazalarini bildirishi uchun o`qitishingiz mumkin. 
Bunda iloji boricha boshqa sohada ishlaydigan kishilarning qarashlari bilan 
o`rtoqlarashing. Buning o`ziga yarasha sababi bor: agar o`qib chiqqan 
inson tadqiqot ishida nimani ochib berganingizni tushunsa, demak, 
o`quvchi ko`zi bilan qaraganda ham maqsadga erishgan bo`lasiz.Ingliz 
tilidan Hamida Usmonova tarjimasi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin