tavsiya berish borasidagi ishlarida ilm-fan imkoniyatlari cheksizligi haqidagi tushunchani
tadqiqotchining bilishligi nihoyatda muhim.
SHuning uchun, tadqiqotchining bilish jarayoni
mazmuni va shaxsiy ko’nikmalaridan qat’iy nazar, ilmiy tadqiqotlar jarayoni hamma vaqt ma’lum
bir bosqichlar ketma-ketligi bo’yicha olib boriladi.
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot bu ob’ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari
aloqadorligini o’rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida
boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to’liqmaslikdan to’liqlikka
yo’naltirilgan murakkab jarayon.
Demak, bu jarayonni murakkab ya’ni ko’p qirrali va ko’p variantli dinamik tizim sifatida
qarash mumkin bo’ladi. SHu sababli ham uni boshqarish ham o’ziga xos innovatsion yondashuvni
talab etadi va ular mazkur jarayonni boshqarishning optimal variantlarini yaratish imkonini beradi.
Ularni shartli ravishda quyidagi tartibda ifodalashni lozim topdik (1.6.1-shakl). Endi ushbu
jarayonning har bir bosqichiga qichqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: