VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish. Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan
holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.)
natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi
bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.
VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar. Xulosalash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo’lib, bunda tadqiqot oxirgi
bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning
muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich
bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.
Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni
iste’mol uchun tayyorlash. Bunda tadqiqotchi ishtiroki muhim rolь o’ynaydi, chunki kerak
bo’lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
VIII. Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etishga uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash. Uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning
tadqiqot manbaiga hamda muammo qo’yilishiga mosligi asosida tayyorlanadi va ishlanmadan
amaliyotda foydalanish yo’l-yo’riqlari ifodalanadi. Uslubiy tavsiyalar shunga o’xshash ilmiy
tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo’lishi mumkin.
Demak, yuqorida keltirilgan ITIning har bir bosqichi ham o’ziga xos xususiyatga ega ekan
va bu jarayonlarni bosib o’tishda alohida talablar qo’yiladi.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: mavzuni tanlash va asoslashda tadqiqotchi intellektual salohiyatining ahamiyati nimada deb
o’ylaysiz?
ITI jarayoni bosqichlarini sanab bering?
muammoning qo’yilishi nimalarga bog’liq?
dastlabki ishchi faraz qanday shakllantiriladi?
nazariy va amaliy tadqiqotlardagi umumiylik va xususiylik nimada, deb o’ylaysiz?
ITI natijalarini sinflab bering?