Ilmiy tadqiqot asoslari


VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot 
manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish.
Natijalarni solishtirishda
tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan 
holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.) 
natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi 
bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.
VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar. 
Xulosalash
ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo’lib, bunda tadqiqot oxirgi 
bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning 
muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich 
bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.
Natijalarni o’zlashtirish
– bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni 
iste’mol uchun tayyorlash. Bunda tadqiqotchi ishtiroki muhim rolь o’ynaydi, chunki kerak 
bo’lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
VIII. Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etishga uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar 
tayyorlash.
Uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar
berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning 
tadqiqot manbaiga hamda muammo qo’yilishiga mosligi asosida tayyorlanadi va ishlanmadan 
amaliyotda foydalanish yo’l-yo’riqlari ifodalanadi. Uslubiy tavsiyalar shunga o’xshash ilmiy 
tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo’lishi mumkin.
Demak, yuqorida keltirilgan ITIning har bir bosqichi ham o’ziga xos xususiyatga ega ekan 
va bu jarayonlarni bosib o’tishda alohida talablar qo’yiladi.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
mavzuni tanlash va asoslashda tadqiqotchi intellektual salohiyatining ahamiyati nimada deb 
o’ylaysiz?
ITI jarayoni bosqichlarini sanab bering?
muammoning qo’yilishi nimalarga bog’liq?
dastlabki ishchi faraz qanday shakllantiriladi?
nazariy va amaliy tadqiqotlardagi umumiylik va xususiylik nimada, deb o’ylaysiz?
ITI natijalarini sinflab bering?

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin