mavzu
– bu muhokoma, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini
o’zida qisqa va ixcham ifoda etgan
nomlanish;
ilmiy muammo
– bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum,
ammo kelajakda yuzaga
kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqg’a
va hodisalarni, jaryon va predmetlar (qurilma,
mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.) ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib
berish.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
mavzuni tanlashda nimalarga e’tibor
berish kerak, deb o’ylaysiz?
ilmiy qadriyatlar ilmiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan
ijodiy faoliyatini
sanab o’ting va siz ularning qaysilarida o’z izlanishlaringiz bilan
qatnashish salohiyatiga egaman,
deb o’ylaysiz. Bular to’g’risida yozma axborot tayyorlang.
ilmiy faoliyat jamiyat taraqqiyotiga sezilarli ta’sir qilishi ma’lum. Siz shug’ullanmoqchi
bo’lgan ilmiy muammongiz bu borada qanday ahamiyatga ega. Yozma axborot tayyorlang.
Tadqiqotchilarga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
foydalanishga
tavsiyalar:
pedagogika nazariyasidan innovatsion ta’lim texnologiyalarini
yaratish borasidagi ijodiy
ishlaringshizda barkamol avlodni shakllantirishning metodologik asoslariga ko’proq e’tibor bering;
tanlagan mavzungiz tegishli yo’nalish bo’yicha ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng
so’ngi yutuqlarini hisobga olinishiga imkoniyat yarata oladigan bo’lsin;
tanlangan mavzu ilm-fan va texnika-texnologiyalarni rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan
bo’lsin.
Dostları ilə paylaş: