I. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash. Mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Bunda asosan soha, yo’nalish va undagi mavzuni tanlash amalga oshiriladi. Mavzu tanlashda
tadqiqotchining sohaga, yo’nalishga qiziqishi va bu boradagi ilmiy salohiyati e’tiborga olinadi.
Bunda tadqiqotchining o’zi shug’illanmoqchi bo’lgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil
o’rganish orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Mavzu tanlanayotganda shug’ullanishi
kerak bo’lgan sohaning yirik – istiqbolli mutaxassislari maslahatiga amal qilinsa ham yaxshi
samaralar beradi.
Mavzuni asoslashda esa tanlangan mavzu bo’yicha qilingan ishlar atroflicha o’rganiladi,
tahlil qilinadi, soha bo’yicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va muammoning qo’yilishiga
zamin tayyorlanadi.
II. Muammoni qo’yilishi. Muammoning qo’yilishi bevosita mavzuni dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi
va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak
bo’lgan muammoni izlash bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal
qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham o’z ichisha oladi.
1.6.1-shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni bosqichlari Muammoning qo’yilishida ma’lumot yig’ish va ularni qayta ishlashga katta e’tibor beriladi.
Undagi nazariy usullar va texnik yechimlar, o’xshash muammolarini yechimini topish vositalari,
tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar va boshqa maxsus
ma’lumotlar yig’ish tadqiqot boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga
oshiriladi.
III. Dastlabki faraz Dastlabki faraz , ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan
dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha
variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo’yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni
ifodalashning turli usullari bor. Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu
dolzarbligini asoslashda nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq
o’rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so’rovlari, suhbatlari, mutaxassis-
olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o’tkaziladi.