maqsadi
o’rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to’liqroq,
chuqurroq umumlashtirish
ishchi farazga iloji boricha ko’proq bog’lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz yanada
takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma’lumot nazariyasini ishlab
chiqishga imkon yaratiladi,
ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning
ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi.
V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
Amaliy tadqiqot
ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u
tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba-
sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan
tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan
muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot
olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy
va tajribaviy tadqiqotlar
natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.
Natijalarni tahlil qilishda
asosan nazariy jihatdan ilmiy asoslangan
tadqiqot usullarini
qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan
natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi,
shuningdek, nazariy va
amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: