Ilmiy tadqiqot asoslari


diqqat deyiladi [3]. IRODA



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
diqqat
deyiladi [3].
IRODA 
– insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish 
qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir.
IDROK
– insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati.
ISTE’DOD -
insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol 
topishidagi darajasi.
TAJRIBA
– voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda 
– o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. SHuningdek, falsafada bilishning empirik 
usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. 
Tajriba
qadimdan falsafa tarixida muhim 
tadqiqot ob’ekti bo’lib kelgan. SHarq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni 
tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy 
tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan 
munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot 
berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl 
ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5].
EKSPEREMENT 
– fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli 
vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini 
o’rganishda qo’llaniladigan usul. 
Eksperiment
tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. 
Tabiiy 
usul
psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini 
A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning 
o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga 
muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi 
doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan 

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin