Ilmiy tadqiqot asoslari


diqqatning sifatlari,  sezgi, idrok



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
diqqatning
sifatlari, 
sezgi, idrok
, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari 
psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, 
operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi, 
shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. 
Eksperiment
aniqlovchi, tarkib toptiruvchi 
(tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3].
DUNYOQARASH 
– falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini 
tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi 
insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi 
savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos 
keladigan 
dunyoqarashni
yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega 
bo’lishi lozim [3].
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida 
qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular: 
- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi;
- kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi;
- ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim 
bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi;


- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi;
-tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar 
yaratadi va h.k.
Demak, ilmiy ijodiyotning
MAQSADI 
davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va 
insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy 
ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarga doimo e’tibor berib borish 
kerak.
1. Insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda 
foydalanishga qulayligini o’ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish. 
2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini 
kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga 
erishish.
3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib 
«XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday 
zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish. 
4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy 
ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish.
5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor 
berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash. 
6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli 
texnologiyalarini yaratish.
7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot 
texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish.
8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli 
savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda 
muntazam foydalanishga erishish.

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin