Ilmiy tadqiqot asoslari


Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
1.4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari
Tayanch iboralar va atamalar:
tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ilmiy faoliyat, 
omillar, maqsad va vazifalar, rejalashtirilgan natija, ilmiy ishlanmalar, nazariyani rivojlantirish, 
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, texnologiya, metod, metodologiya, fundamental 
ilmiy tadqiqotlar, ITI ning ko’lami, ilmiy-nazariy, ilmiy-tajribaviy, nazariy-amaliy, ilmiy bilimlar.
 
Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va 
taraqqiyoti omillari. 
Jamiyatimiz XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr, o’z navbatida zimmamizga muhim 
vazifalarni qo’ymoqda. Bu esa mazkur asrning faol ishtirokchisidan jahon andozalari talablari 
bo’yicha axborot ma’lumotlari bilan ishlash yo’nalishidagi savodxonligini oshirish muammosini 
qo’ymoqda. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, har qanday hodisa va jarayonni o’rganish yoki 
boshqarishga ijodiy yondashilmas ekan ko’zlangan maqsadga erishishning optimal variantini har 
doim ham tanlay olish kafolatlanmaydi. Bu esa inson tafakkuri maxsuli bo’lgan zamonaviy bilimlar 
bilan bog’liqdir.
Ilm-fanning rivojlanishi insoniyat ilmiy, ijodiy faoliyati mahsuli bo’lganligi sababli ham 
mazkur faoliyat orqali kishilar ilmiy bilimlarni topadi, o’zlashtiradi, tizimlashtiradi va keyingi 
faoliyatda ulardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarni hisobga olib ilmiy bilimlarni shartli ravishda 
quyidagicha tuzilmaga (tashkil etuvchilarga) ega deb atashimiz mumkin:
- bilim sohalari bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.;
- ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat, annotatsiya, tezis, maqola va h.k.


Ma’lumki, ilmiy faoliyat bilim olish va ularning tahlili hamda sintezi, undan ilmiy 
ijodiyotning keyingi bosqichini takomillashtirishida foydalanishi kabi jarayonlarga yo’naltirilgan 
bo’ladi. 
Ilmiy faoliyat
taraqqiyoti quyidagi omillar orqali baholanadi: ilmiy natijani qo’lga 
kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnologiyalaridan og’ishmay foydalana 
olishlik, ya’ni bilim, ko’nikma va malakaga egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, 
metodologiya, texnologiya, texnika va h.k.)ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni 
zamonaviy fan–texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat 
darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammaligi va 
iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik 
tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan 
ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy 
natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta 
olishligi va shu kabilar.

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin