Ilmiy tadqiqot asoslari


Bunday kishilar olimlardir



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bunday kishilar olimlardir
. SHu sababli ham 
mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni 
hayotga tadbiq etadilar. Olimlarning 
vazifasi 
ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga 
joylashtirishdan iboratdir. 
Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, texnika va 
texnologiya tadrijiy (evalyutsion) tarzda rivojlanib kelmoqda va takomillashib boraveradi. 
Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta SHarq 
mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu Ali ibn Sino, 
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Ishoq va boshqalar o’z asarlaridagi 
qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini qo’shganlar. 
Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning ishlariga 
e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel (Arsatu),Aflotunning eng yaqin 
shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid), 
Evklid (Uklidus), Arximed, Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus), 
Ptolemey (Al-Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, Al-
Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn SHokir, Sag’oniy, 
Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, Abu Ali ibn Sino, Abu 
Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, 
Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo 
Konernik, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnits, Isak N’yuton, Jeymis Uatt, 
Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, M.Kelьdesh, 
M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov, M. O’razboev, H. A. Abdullaev, 
V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi 
fikrimiz o’z tasdig’ini topganligining guvohi bo’lamiz.


Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual asr»da 
yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, yozuvni, qog’ozni va h.k.larni 
kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik 
kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar. 
O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan shug’illanganlar va 
natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. Jumladan, kitob bosishni 
(I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni (M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler, 
K.Bents), algoritmni (Al-Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom) 
kashf etgan bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda 
foydalanmoqdalar. 
Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros qoldirgan. Bu 
yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, falsafa va boshqa sohalarda ijod 
qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa 
bo’lib qo’shiladi, chunki ular fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan 
qiyinchiliklar va mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar. 
Xulosa o’rnida quyidagi ma’lumotni keltirishni lozim topdik. 

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin