Ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari.
Mustaqil ta’lim.
Umirov Jasur.
Mavzu:Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish.
Reja:
Magistrlik dissertatsiyasi va uni bajarishning maqsadi
Magistrlik dissertatsiyasining vazifasi
Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi va mazmuni
Magistrlik dissertatsiyasining hajmi va magistrlik dissertatsiyasining hajmi
Magistrlik dissertatsiyasining shakli
Annotatsiya
Matndagi izohlar va havolalar
Foydalanilgan manbalarning bibliografik ro‘yxati
1.Dissertatsiya - ilmiy izlanishni bayon etuvchi va ilmiy daraja olish uchun taqdimetilgan ilmiy hujjat (mashina-bosma, poligrafiya, kompyuter va boshqa vositalar bilanko‘paytirilgan). U malakaviy bitirish ishi sifatida magistrantning ta’limiy darajasidanhamda ilmiy xodimga xos boshlang‘ich ko‘nikma va malakalarning mavjudligidandalolat beradi. Dissertatsiya — qo‘l yozma, ilmiy ma’ruza, chop etilgan monografiya yokidarslik shakllarida bajarilgan ilmiy asardir. U izlanishni ilmiy darajasini ko‘rsatishgavailmiy daraja olish uchun taqdim etilgan mutaxassislik ishi sifatida xizmat qiladi. Umuman olganda, magistrlik dissertatsiyasi ilmiy yetuklik va ixtisoslik bo‘yichatubdan kasbiy tayyorgarlikni tavsif qilishi lozim».
Yuqorida aytilganlar davlat va o‘quv yurti tomonidan dissertatsiyagaqaralgandagi holatdir. Talaba nuqtai nazaridan qaraganda, dissertatsiya-ma’lum muammo yokiyechilishi zarur bo‘lgan masalani (mavzuni) amaliy ma’lumotlar bilan isbotlagan holdailmiy yechimni beruvchi to‘liq va tugallangan, yetarli darajada yangilik, kashfiyot vag‘oyalarni o‘zida aks ettiruvchi va amaliyotda sinab (aprobatsiyadan o‘tkazilgan) ko‘rilgan, zaruriy talablarga javob «beradigan ilmiy-malakaviy asar deb tushunishikerak.Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi talabalarda ilmiy-tadqiqotmalakasini hosil qilish, tahsil mobaynida olgan bilimlarini umumlashtirishga, uningnatijalarni ilmiy ravishda aks ettirishga erishish, ularning dunyoqarashlari, siyosiysaviyalari, ilmiy umumlashma fikrlarini yozma nutqda savodli ifodalashlarini taqozoetishdir. Magistrlik dissertatsiyasida tanlangan mavzu bo‘yicha muammolar ko‘rsatilib, uning yechimlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak. SHuning uchun barcha talabalarmagistrlik dissertatsiyasini yozishlari shart. Magistrlik dissertatsiyasi oldiga qo‘yilganmaqsadni imtihon yoki boshqa biror sinov turi bajara olmaydi. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi-mavzusi bo‘yicha shaxsiy kuzatishlarorqali to‘plangan barcha ilmiy va amaliy daliliy ma’lumotlarni mustahkamlab, tahlilqilib, tartibga solib, ularni ilmiy va amaliy ahamiyati va qiymatini asoslab, xulosa, tavsiyalar va g‘oyalar ishlab chiqib, ularni jamiyat uchun umum ahamiyatli qilib tadbiqetishdir. Bu maqsadga erishish bitiruvchilarning kasb sohasidagi ilmiy va amaliy ishlar, muammolari bilan tanish ekanligidan, ularni hal qilishda mustaqil fikr yurita olishidan, ixtisoslik bo‘yicha chuqur kasbiy tayyorgarlikka ega ekanligidan dalolat beradi.
2. Tanlangan mavzuning nazariy-amaliy muammolarini yoritish magistrlikdissertatsiyasining asosiy vazifasidir. Magistrlik dissertatsiyasi talaba olgan bilimlari vaamaliyot tajribalarini ifodalashi zarur. Magistrlik dissertatsiyasida tinglovchiningnazariy qarashlari uning mehnat faoliyati samaralari bilan mushtarak ravishdamujassamlashmog‘i darkor. Bugungi kun talablarigagina emas, balki istiqbolmaqsadlariga ham xizmat qilish magistrlik dissertatsiyasining oliy muddaosidir. Xulosa qilib aytganda, talaba ilmiy izlanish umumiy uslubiyotga tayangan holda, amaliyotdagi tajriba, holat, mavjud muammolar va ma’lumotlarga asoslanib, mavzudagimuammolarni hal qilishi va o‘z g‘oyalarini dissertatsiyada ishlab chiqish vazifalarituradi. Ishlab chiqish va ilmiy izlanishlarni o‘tkazish bilan bir qatorda DavlatAttestatsiya Komissiya oldida ochiq ravishda takliflar va g‘oyalarni — dissertatsiyaishini himoya qilish vazifalari ham turadi.
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun o‘z vaqtida mavzu tanlash, unitasdiqlatish, rahbar bilan rejalarni, adabiyotlarni va tajribani muhokama qilish, ilmiyvaamaliy jihatlardan dissertatsiyani yozish, texnik va tashkiliy nuqtai nazardan uni tashkilqilib rasmiylashtirish, dastlabki va oxirgi himoyalardan o‘tkazish kabi vazifalarmavjuddir. Dissertatsiya ishini bajarishda va rasmiylashtirishda mavzu va undagima’lumotlar, natijalarni tadbiq qilishi talabaning amaliyot o‘tgan tashkilot sohasi vahisobotlariga mos ravishda bajarilishi 2 yillik o‘qish va ilmiy izlanishlarning vazifalarideb hisoblanadi. Qo‘shimcha ravishda boshqa soha va tashkilotlarda g‘oyalarni hamdatakliflarni tadbiq qilish qo‘llab-quvvatlanadi. E’tiborli vazifalardan yana biri-budissertatsiyani yagonaligi, boshqa ishlarga o‘xshamasligi va biron bir chet tilidabajarilganligi hisoblanadi. Vazifalarni bajarish sohasida adabiyotlar bilan ishlash nazariya-amaliyotmasalalariga tanqidiy qarash asosiy mezon va vazifa bo‘lishi katta natija hisoblanadi vadissertatsiyani mazmunli bo‘lishiga poydevor yaratiladi. Shunday yo‘l tutilsa, takliflarva g‘oyalar kelib chiqishi mumkin. Ayniqsa, chet el adabiyotlaridan foydalanish, ularnisolishtirilishi katta ahamiyat kasb etadi.
3. Dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, iqtisodiyot, fan-texnika, ijtimoyisohalarning dolzarb masalalarga bag‘ishlanishi, muayyan bir vazifaning ilmiyasoslangan yechimni topishga, tavsiyalar ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlartaxliliga qaratilgan bo‘lishi shart. To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan bajariladigandissertatsiya ishlari mavzulari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taklif etilishimaqsadga muvofiq. Dissertatsiya ishi mavzulari mutaxasislik kafedralari yig‘ilishlarida muhokamadano‘tkaziladi. Dissertatsiya ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar kafedra taqdimnomasiga muvofiq“Magistratura bo‘limi” tavsiyasi asosida birinchi o‘quv yilinining ikkinchi semestriboshlanishiga qadar rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o‘quv yiliningsemetri boshlangandan keyin ikki hafta davomida taqdim etiladi. Dissertatsiya ishi mavzulari taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda ilmiyrahbar bilan birgalikda talaba (magistrant)ning o‘rnatilgan shakldagi “Shaxsiy ishrejasi” ishlab chiqiladi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
4. Dissertatsiya ishi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Titul varog‘i (ilova 1);
Mundarija;
Kirish;
Asosiy qism (2-3 bobdan iborat);
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar. Mundarija kirish, bob va paragroflar nomlari, ular joylashgan sahifa betlariko‘rsatiladi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari, amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot ob’ekti, predmeti hamda dissertatsiyaningtuzilish (hajmi, rasmlar va jadvallar, foydalanilgan adabiyotlar soni) yoritiladi. Dissertatsiya ishining asosiy qismida mavzu bo‘yicha shu kungacha amalgaoshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yangiliklar, ixtirolar, me’yoriy ko‘rsatkichlar tahlilqilinadi hamda ularga tayangan holda ilgari surilgan g‘oya fikrlar ilmiy jihatdanasoslanib tegishli yechimlar, takliflar tavsiya etiladi. Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalar vaaniq takliflar, shu jumladan, dissertatsiya ishini bajarish davrida magistrantning shaxsanerishgan natijalari ham mujassamlashtiriladi. Qisqa xulosa va takliflar dissertatsiyaishining ayrim boblari yakunida ham beriladi. Dissertatsiya ishini bajarish jarayonida foydalanilgan va o‘rganib chiqilganadabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar, me’yormiy xujjatlar, nashr qilingan ilmiymaqolalar, olingan patentlar ro‘yxati va internet ma’lumotlari matnda ishlatilishi ketma-ketligida beriladi.
Magistrlik dissertatsiyasining sifatini yanada oshirish maqsadida tegishli mavzuyuzasidan kamida ikkita maqola tayyorlashni tasiya etiladi. Ilovalar qismida dissertatsiya ishining ayrim bo‘limlari uchun zarur bo‘lganko‘rgazmali chizma, sxema, jadval va rasmlar keltiriladi.
5. Dissertatsiya ishi talaba o‘qigan tilda, kafedra tavsiyasiga muvofiq xirijiy tillardaham yozilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat (yoki rus) tilida annotatsiyailova etiladi hamda dissertatsiya himoyasi xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi ishtirokidatarjima bilan o‘tkaziladi. Dissertatsiya ishining hajmi 60-80 varaq mantda (ilovalardan tashqari) iboratbo‘lib, (*buyruq asosida kiritiladigan qismlardan tashqari) A4(21x29) format qog‘ozgakompyuterda 1,5 intervalda, 14 shriftda yozilgan bo‘lishi shart. Matning chap tomonida 30 mm, yuqori tomonida 25 mm, o‘ng tomonida 15 mm va quyi tomonida 25 mm bo‘sh maydon bo‘lishi kerak.
6. Magistrlik dissertatsiyasi bitiruvchi tomonidan oq qog‘ozga kompyuterdachiroyli, savodli ko‘chirilgan, muqovalangan holatda (kitob shaklida) topshiriladi(magistrlik dissertatsiyasini yozish shakli 5-ilovada keltiriladi). Magistrlikdissertatsiyasi bir nusxada tasdiqlangan himoya qilish jadvalida belgilangan kundan15kun oldin magistratura rahbariga, yuqorida qayd etilganidek, bir nusxada topshirilishi— uning yagonaligi, mualliflik huquqini himoyalashi va takrorlanmasligini(ko‘chirilmasligini) ta’minlaydi. Bir nusxadagi dissertatsiya ilmiy rahbar (va konsultant), kafedra mudiri vamagistratura rahbari tomonidan imzolanib, zaruriy hamma talab- qilingan hujjatlar, talabaning shaxsiy hujjati bilan magistraturada saqlanadi va himoya kuni DavlatAttestatsiya Komissiyasiga taqdim etiladi. Dissertatsiya bilan oldindan tanishmoqchi bo‘lganlar magistraturaga murojaatetishlari mumkin. Demak, dissertatsiya ishi magistraturaga topshirilgunga qadar hammapog‘onalardan. ilmiy rahbar, kafedra, opponentlar, taqrizchilar, aprobatsiya vaboshqalardan o‘tgan bo‘lish kerak.
Himoya qilingan dissertatsiya ishlari dalolatnoma asosida magistraturagatopshiriladi va u yerda faqatgina tanishib chiqish uchun beriladi. Zaruriy holatlardadissertatsiya ishi ko‘riklarda qatnashish va ayrim yuqori tashkilotlarda ko‘rib chiqilishiuchun institut rahbariyati ruxsati bilan nusxalantirilishi mumkin.
7. Annotatsiya ilmiy dissertatsiya ishining juda qisqa 1 yoki yarim betlik ta’rifibo‘lib, unda quyidagi tartib saqlanishi talab etiladi:
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistratura talabasi MasharipovaNafisaning «Zamonaviy sug‘orish texnika va texnologiyalarini joriy etish»mavzusidagidissertatsiya ishiga
ANNOTATSIYA
-dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;
-ilmiy va amaliy ahamiyati;
-muammo va asosiy g‘oyalar;
-qilingan yechim va takliflar;
-ish natijalaridan qay sohalarda foydalana olish mumkinligi va aprobatsiyasi;
-magistrant imzosi.
Annotatsiya 3 tilda (o‘zbek, rus va talaba o‘qigan chet tilida) tuzilib, hujjatlarbilan 1 nusxadan Davlat Attestatsiya Komissiyasiga topshiriladi.
8. Dissertatsiya matnida bayon qilingan jadvallar, ko‘rgazmali materiallar, chizmalar va boshqalarga qilingan havolalar (ssilkalar) berilganda «1-jadval, «5-rasm», «I bob», «2-§» va «9-bet»lar shaklida yoziladi. Ko‘rsatilgan ob’ektlargahavolalar qilinmasa, unda matnda «jadvalda ko‘rsatilganidek», «rasmda aksettirilganidek» kabi so‘zlar bilan matn davom ettiriladi. Matn tarkibiga so‘zlar bilanqo‘yilmagan havola qavs ichida (Qarang:___) deb qo‘shimcha beriladi. Har bir betda berilgan izohlar (snoski) shu betning matn pastki qismida chiziq tortilganidan keyin satr boshidan alohida tartib raqami bilan ko‘rsatiladi. Keyingi betning izohlari yangidan tartib raqami bilan belgilanadi. Matndagi izohningizoh belgisi faqat bir so‘zga taalluqli bo‘lsa, shu so‘zning oxirida, agar bir butun gapgategishli bo‘lsa gap oxiriga qo‘yiladi. Masalan: «Qaror»ga yoki «Ishlab chiqarish o‘sganligi belgilandi».
Izoh raqami har doim tinish belgilaridan oldin yoziladi (ko‘p nuqta, undov belgisiva so‘roq belgisi bundan mustasno).
Ish matnida boshqa mualliflar, mutaxassislar, olimlar va boshqalar so‘z vafikrlari, qonun, qaror va boshqalardan olingan gaplarga izohlar berish zarurdir. Aksholda ko‘chirmakashlik deb qaralishi mumkin. Bularni ifodalashda izohlar (pastda) aniq muallif ismi-sharifi va kitob nomi, chop etilgan shahar, nashriyot, chiqqan yili va betlarko‘rsatilishi shart. Xuddi shu aniq tartib foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatidasaqlanishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan «Foydalanilganadabiyotlar ro‘yxati» xulosa qismidan keyin joylashtiriladi. Bu qism talabaning ilmiyijodiy ishlashi mustaqil faoliyati, qobiliyatini va o‘tkazgan tadqiqotining darajasiniko‘rsatadi. Ro‘yxatda faqat nashr qilingan va dissertatsiya ishida foydalanilgan (mavzugataalluqli) adabiyotlar, qonunlar, farmonlar, qarorlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, maqolalar va olingan patentlar keltirilishi mumkin. Foydalanilmagan, asosiy matndakeltirilmagan manbalar, entsiklopediyalar, ma’lumotnomalar va ilmiy-ommabopnashrlar ro‘yxatga kiritilmaydi.
Har bir nashrni birinchi (yoki oxirgi) betida keltirilgan bibliografik nomi vakeltirilgan rekvizitlari aniq berilib, quyidagi tartibda kiritiladi:
-ro‘yxat tartib raqami;
-muallifning familiyasi,
ismi-sharifi;
-kitob nomi;
-kitob chop qilingan shahar nomi;
-nashriyot nomi;
-chop etilgan yil;
-kitob jami qancha betdan iboratligi ko‘rsatilishi shart. Foydalanilgan adabiyotlar bibliografik ro‘yxati quyidagi tartibda (alfavitbo‘yicha) guruhlashtirilishi tavsiya -qilinadi. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ilmiy ishlari;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari;
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari;
5. Alfavit ketma-ketligida joylashgan adabiyotlar, maqolalar va chop qilingan tezislar;
6. Me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar;
7. Statistik materiallar va to‘plamlar;
8. Xo‘jalik tashkilotlari, vazirliklar muassasalar va boshqalarning
buyruqlari va yillik hisobotlari;
9. CHet elda chop etilgan adabiyotlar, 10. Olingan patentlar;
11. Muallif chop etgan asarlar, maqolalar va qo‘llanmalar.
Dostları ilə paylaş: |