ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI VA USLUBIYATI
3.1. Ilmiy bilish mohiyati Ilmiy bilish о‗zida ma‘lum tabiati, tuzilmasi va hususiyatiga ega ilmiy tadqiqotni mujassamlashtiradi. Ilmiy bilish obyekt hodisaning hususiyatiga kо‗ra bajaradigan hatti-xarakatlarini biror qonuniyatga tayangan holda о‗rganish, tahlillash va qayta faollashtirish kо‗nikmasini hosil qilish imkoniyatini beruvchi xarakatni tushunish о‗rinli. Tadqiqot maqsadida о‗rganilayotgan obyekt о‗zining ichki tuzilmasiga va ma‘lum bir qoidalarga asoslangan jarayonlariga ega bо‗ladi. Ilmiy bilish aynan mazkur ichki yashirin bog‗liqliklar va qonuniyatlarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi. Ilmiy bilishni amalga oshirish о‗zining maxsus uslubiyatiga ega bо‗ladi. Uslubiyat – maqsadni topishga yо‗naltirilgan hatti-xarakatlar ketma-ketligi, ya‘ni algoritmi bо‗lib, u о‗zida maqsadga erishish yondashuvlari, usullari, uslublari va tamoyillari majmuasini mujassamlashtiradi. Ilmiy bilishning nazariy va amaliy maqsadlari bо‗ladi. Nazariy maqsadlar - ideal bilim modellari bо‗lib, ushbu maqsadlar real masalaga aylantirilganda о‗z mazmunini о‗zgartirishi ham mumkin. Amaliy maqsadlar - haqqoniy bilimlarga zid bо‗lmagan zarur bо‗lgan amaliy maqsadga erishtiruvchi usul va vositalar jamlanmasi bо‗lib, uni amalga oshirish orqali biror yakuniy amaliy natijaga erishish nazarda tutiladi. Masalan, shamol tegirmonining hatti-xarakatlari va ichki jarayonini bilish orqali insonlar bug‗ mashinasi yaratilgach, ushbu jarayonni mexanizatsiyalash imkoniyatiga ega bо‗lgan. Biroq ba‘zi abstrakt hosil qilinuvchi bilimlar borki, ular faqat faraz va tahminiy tasavvurlardan iborat bо‗ladi. Masalan, astrofizikada Somon yо‗li galaktikasini о‗rganishturli teleskoplarda, jumladan sun‘iy yо‗ldoshli teleskoplarda hosil qilingan tasvirlarga, tahminiy yuz berayotgan jarayonlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Mazkur kо‗rinishdagi bilish ilmiy bilish kо‗rinishi hisoblanib, u qandaydir qonuniyatlarga asoslanadi. Biroq bu holatda obyektning о‗zi mavhum. Vaqti kelib insoniyat Somon yо‗li galaktikasini yaqindan о‗rganishi oqibatida о‗rganiluvchi obyekt va jarayonlarga oydinlik 36 kiritiladi va belgalangan nazariy maqsad ba‘zi aniqlashtirishlar va о‗zgartirishlarga yuz tutadi. Ilmiy bilish о‗z uslubiyati singari usullariga ham ega hisoblanadi. Usul - grekcha sо‗zdan olingan bо‗lib, biror maqsadga erishish yoki vazifalarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan tartibga solingan qadamlar va hatti-xarakatlar tо‗plami. Masalan, texnik tizimlarni boshqarish aniq ketma-ketliklarga ega bо‗lgan qat‘iy belgilangan hattixarakatlar jamlanmasidan tashkil topadi. Ilmiy bilishning umumfan metodologiyasi nuqtai-nazaridan uch darajali usullarga tayanadi. Bularga: Empirik tadqiqot usullari. О‗zida obyekt yoki jarayonlarni kuzatish, tajriba о‗tkazish, qiyoslash, tavsiflash, о‗lchash kabi bir qator elementlarni mujassamlashtirgan bо‗lib, insoniyat tarixida eng keng tarqalgan tadqiqot, ya‘ni ilmiy bilish turi hisoblanadi. Nazariy tadqiqot usullari. Mazkur turdagi tadqiqot usuli kо‗proq abstrakt fikrlash va asoslash usullariga tayanadi va modellashtirish, formallashtirish, ideallashtirish, faraz-deduktiv usul, abstrakdan aniqqa borish va h.k. usullarni qamrab oladi. Ilmiy tadqiqotning umummantiqiy usuli. Mazkur turdagi tadqiqot usuli mantiqiy fikrlashga tayangan holda analiz (tahlil) va sintez, induksiya, deduksiya, abstraktlash, formallashtirish, ehtimoliystatistik usullar, tizimli yondashuv usullarini о‗zida mujassamlashtiradi. Ilmiy tadqiqot olib borish jarayoni avvalo muammoni tushunishni talab etadi. Bu esa tadqiqotchi oldiga qо‗yadigan masala mohiyatini anglashi va tо‗g‗ri yechim yо‗lini tanlanishiga zamin bо‗ladi. Ilmiy muammo - shahs tarafidan anglab yetilmagan, biroq uni tavsiflash uchun ilmiy va empirik asoslar mavjud bо‗lgan ilmiy bilish hisoblanadi. Muammo - sо‗nib ulgurmagan bilim kо‗rinishi, u qо‗yilishi va yechish jarayonini talab etadi. Ilmiy tadqiqot olib borishda muammoning qо‗yilishi katta ahamiyat kasb etadi va unga bir qator talablar qо‗yadi: • Aniq va noaniqni, tushuntirilgan va tushuntirilmagan dalillarni, nazariyaga javob beruvchi yoki zid bо‘lgan dalillarni ajratish. • Muammo mazmunini aks ettiruvchi masalani shakllantirish. Shakllantirilgan masala fan va amaliyot uchun muhimligi asoslanishi kerak! • Aniq masalalarni belgilab olish, ularni yechish ketma-ketligi, qо‗llaniladigan usullarini shakllantirish. 37 Ilmiy tadqiqot olib borishning eng asosiy talablaridan biri bu qо‗yilayotgan muammo ilmiy muammoga hamohang tarda bо‗lishi kerak. Muammoni shakllantirib olish uchun, nafaqat uni fan va amaliyot rivojidagi о‗rnini, balkim uni yechishning usul va texnik vositalarini bilish zarur. Tadqiqot о‗tkazishning empirik kо‗rinishi keng tarqalgan tadqiqot usuli sifatida tilga olindi. U о‗zida nimani mujassamlashtiradi? Mazkur tadqiqot usuli avvalo obyekt yoki jarayonni kuzatishni nazarda tutadi. Kuzatish ilmiy bilishning asosiy usullaridan hisoblanib, uning yordamida obyekt yoki jarayon holati va hususiyati о‗rganiladi. О‗rganish orqali qandaydir qonuniyat keltirib chiqariladi. О‗tkazilgan kuzatish asosida hosil bо‗ladigan ilmiy bilishni biror kо‗rinishda tushunarli tarzda bayon qilish lozim bо‗ladi. Bayon qilishning turli usullari mavjud bо‗lib, ilmiy tadqiqot о‗tkazuvchi subyektning umumiy bilim salohiyati doirasida amalga oshiriladi. Kimdir mantiqiy hulosalashlardan keng foydalansa, kimdir matematik apparatdan keng foydalanadi, yana kimdir fizik tushuntirishdan foydalanadi. Mazkur usulni umumlashtirgan holda tavsiflash deb ataladi. Empirik bilishning yana bir usuli bu о„lchash hisoblanadi. О‗lchash obyekt yoki jarayon holat va hususiyatlarini qabul qilingan о‗lchovlar asosida normalashtiriladi. Ba‘zi tushuntirish qiyin holatlarda о‗zgacha о‗lchov taklif etilishi mumkin, bu obyekt yoki jarayon xarakteridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Empirik bilish yoki tadqiqotning keng tarqalgan va ayniqsa muxandislik fanlarida qо‗l keladigan usuli tajriba (sinov) usuli hisoblanadi. Mazkur usul yordamida obyekt yoki jarayon hattixarakatlari qonuniyatlari tajriba-sinovlar kо‗rinishida oydinlashtiriladi qayta interpretatsiya qilinadi. Bu hatti-xarakatlar dinamikasini tushunishga, qanday siklga ega va boshqa obyekt hususiyatini bilishga asos bо‗ladi. Ilmiy-tadqiqotning yana bir nazariy usullari о‗zida avvalo о‗rganilayotgan obyektni formallashtirishni nazarda tutadi. Formallashtirish usuli tadqiqot obyektini tо‗g‗ri ifodalab olish formal yechimlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Mazkur turdagi tadqiqotda aksiomatik usul ham qо‗llaniladi. Bu usul yordamida ilmiy tadqiqotda tasvirlanadigan obyekt ba‘zi aksiomatik, isbot uchun о‗rin qoldirmaydigan umum qabul qilingan kо‗rinishda tavsiflanadi. 38 Ilmiy tadqiqotning nazariy kо‗rinishida yana bir usul farazdeduktiv usul qabul qilingan bо‗lib, undagi tasdiqlar va asoslashlar farazlarga asoslangan holda, deduktiv fikrlarga quriladi. Ilmiy tadqiqotda ilmiy faraz tushunchasi mavjud. U yaratiladi, ilgari suriladi va qandaydir yondashuvlar asosida asoslanadi. Ilgari surilgan faraz yakuniy natija sifatida qabul qilinmaydi. U qanaqadir isbotlash va asoslashlar bilan rad etilishi mumkin. Ilmiy tadqiqotda faraz ilmiy bilim kо‘rinishida qaraladi va asl qiymati noaniq va isbotlashga muhtoj bо‗lgan dalillardan shakllantirilgan tahmindan iborat bо‗ladi. Faraz - ilmiy bilimni rivojlantirishning shunday shakli bо‗lib, qandaydir holat yoki jarayonni tahminiy tavsiflaydi va buning uchun biror amaliy yoki hayotiy asoslanmaydi. Faraz turli kо‗rinishlarda bо‗ladi: • Ishchi va ilmiy faraz; • Hususiy va umumiy faraz; • Empirik yoki nazariy asoslangan faraz; • Tavsifiy yoki tushunchaviy faraz. Faraz quyidagi talablarga javob berishi kerak bо‗ladi: Fanda о‗rnatilgan qonuniyatlarga javob berishi; Aniq materiallarga (ularni asoslash va tushuntirish) muvofiq bо‗lishi; Formal mantiq qonuniyatlari ta‘qiqlovchi ziddiyatlarga ega bо‗lmasligi; Sodda kо‗rinishda bо‗lishligi; Uni biror kuzatishlar yoki tajribalar asosida tasdiqlash yoki inkor qilish imkoniyati yaratilishi. Ilmiy tadqiqot dempirik darajasi bir qator elementlari bilan xarakterlanadi. Bularga kuzatuv, tajriba, tahlil, taqqoslash, tavsiflash va о‗lchashlarni kiritish о‘rinli. Kuzatuv omili qandaydir maqsadga yо‗naltirilgan bо‗ladi va uning asosida о‗z rejasiga ega bо‗lishi talab etiladi. Ushbu reja asosida uning faolligi kuzatiladi. Kuzatuv о‗tkazish turiga qarab ular ikki hil bо‗ladi. Bevosita kuzatish insonning sezgi organlari orqali obyekt hususiyatlari kuzatiladi. Bilvosita kuzatish u yoki bu texnik qurilma yordamida kuzatuv yо‗lga qо‗yiladi. Tajriba empirik bilishning murakkabroq usuli bо‗lib, о‗rganilayotgan obyekt holat va hususiyatlarini tadqiq qilishning faol formasi hisoblanadi. Uning yordamida о‗tkaziladigan tajribalarga 39 asoslangan holda obyekt holati va hususiyati haqidagi tо‗liq yoki qisman tasavvur hosil qilinadi. Nazariy bilishning umumilmiy usuli. Nazariy bilishning umumilmiy usuli fan tarmoqlarida ilmiy tadqiqot faoliyatida keng qо‗llaniladigan usul hisoblanib, u о‗z ichiga quyidagilarni oladi: • Abstraktlash; • Ideallashtirish; • Formallashtirish; • Induksiya va deduksiya. Abstraktlash - о‗rganilayotgan obyektni hayolan bir vaqtning о‗zida qandaydir muhim bо‗lmagan hususiyatlar, belgilar, jihatlarini bir yoki bir nechta muhim husisiyatlari, belgilari, jihatlariga ajratishni tushunish о‗rinli. Ideallashtirish - tadqiqot maqsadlariga kо‗ra о‗rganilayotgan obyektda hayolan ma‘lum о‗zgartirishlarni kiritishni о‗zida mujassamlashtirida. Formallashtirish - о‗rganilayotgan real obyektni biror belgilar majmuasi orqali nazariy asoslash maqsadida tavsiflab olish hisoblanadi. Uning oqibatida obyekt о‗zining ma‘lum muhit tushunuvchi tavsiflanishiga olib keladi. Induksiya - о‗rganilayotgan obyektni tushunishda mantiqiy xulosalash orqali hususiy holdan umumiy xulosalash hosil qilinishi tushuniladi. Deduksiya - induktiv bilish kо‗rinishining aksi bо‗lib, о‗rganilayotgan obyekt haqida umumiylikdan hususiylikka qarab mantiqiy fikrlashni amalga oshiradi. Bunda umumiy holatlar tadqiq qilinib qandaydir hususiy holat asoslanadi. Umumilmiy usulning elementlaridan yana bir guruhi bu – tahlil (analiz) va sintez, analogiya va modellashtirish hisoblanadi. Analogiya - mosligi, о‗hshashligi ma‘nosini anglatib, obyektni о‗rganish taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Modellashtirish - obyektni maxsus apparatlar (masalan matematik yoki fizik) yordamida tavsiflash, uning hossa va hususiyatlarini aks ettirish, ichki qonuniyatlarini aniqlash imkonini yaratish hisoblanadi. Yuqorida keltirilganidek ilmiy bilish о‗zining uslubiyati va usullari majmualari yordamida aniqlangan holda foydalanilar ekan. Ularni tadqiqot maqsadlariga qarab о‗z о‗rnida ishlatish talab etiladi. Aks holda о‗tkaziladigan ilmiy tadqiqot boshlanishi bilan inqirozga yuz tutadi. 40 3.2. Ilmiy tadqiqot ishining maqsad va vazifalari Ilmiy tadqiqot faoliyatida eng avvalo yuqoridagi usul va uslubiyatdan kelib chiqqan holda ishning mavzusi muammoviy soha ichidan dolzarb masalalardan ajratib olinadi hamda yakuniy natijagacha amal qilinuvchi eng asosiy yо‗nalish belgilab olinadi. Mavzu tadqiqot maqsadi yо‗nalishiga yoki о‗zgarishiga qarab tahrirlanishi mumkin. Tadqiqot maqsadi yechilayotgan masalalar jamlanmasidan umumiy ustivor tadqiqot yо‗nalishini belgilovchi ustqurma sifatida shakllantiriladi. Belgilangan maqsad amalga oshirilishi uchun tadqiqot vazifalari belgilab olinadi. Tadqiqot vazifalari yechilayotgan masalalar turiga qarab belgilanadi. Standart ravishda avvalo muammo mohiyatini keltirib chiqarish hamda aniq maqsadga yо‘naltirish uchun tizimli tahlil amalga oshiriladi. Tahlil tadqiqot obyektini va predmetini yahshi anglab yetishga xizmat qiladi. Undan keyingi vazifa masala yechish uchun usul va uslubiyatni tanlash, uni ishlatishga yо‗naltiriladi. Shundan sо‗ng usullarga asoslangan shahsiy yondashuvlar bо‗yicha vazifa shakllantiriladi. Yakuniy natija sohalar bо‗yicha talab etiladigan natijaviylikka yо‗naltiriladi va albatta tajribaviy tadqiqot hamda solishtirma tahlil bо‗yicha vazifalar qо‗yiladi. Har bir vazifa tadqiqot ishi (dissertatsiya) tarkibida о‗z aksini topgan bо‗lishi shart. Aks holda mazkur vazifaning dolzarbligi yо‗qoladi. Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi ham tadqiqot vazifalari doirasida shakllantiriladi. Bajarilayotgan vazifalardan aynan ilmiy mohiyati yuqori bо‗lganlari olib chiqiladi. Biroq vazifalarda amaliy ahamiyat kasb etuvchi qismlar ilmiy yangiliklar takibiga kiritilmaydi. Ma‘lumki, ilmiy tadqiqot bu obyektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari aloqadorligini o‗rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to‗liqmaslikdan to‗liqlikka yo‗naltirilgan murakkab jarayon. Mazkur jarayon amalga oshirilishi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi, ular quyidagilardan iborat: 1. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash. Mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan soha, yo‗nalish va undagi mavzuni tanlash amalga oshiriladi. Mavzu tanlashda tadqiqotchining sohaga, yo‗nalishga 41 qiziqishi va bu boradagi ilmiy salohiyati e‘tiborga olinadi. Bunda tadqiqotchining o‗zi shug‗illanmoqchi bo‗lgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil o‗rganish orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo‗ladi. Mavzu tanlanayotganda shug‗ullanishi kerak bo‗lgan sohaning yirik – istiqbolli mutaxassislari maslahatiga amal qilinsa ham yaxshi samaralar beradi. Mavzuni asoslashda esa tanlangan mavzu bo‗yicha qilingan ishlar atroflicha o‗rganiladi, tahlil qilinadi, soha bo‗yicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va muammoning qo‗yilishiga zamin tayyorlanadi. 2. Muammoni qo„yilishi. Muammoning qo‗yilishi bevosita mavzuni dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi va u soha bo‗yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak bo‗lgan muammoni izlash bilan bog‗liq bo‗lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham o‗z ichisha oladi. Muammoning qo‗yilishida ma‘lumot yig‗ish va ularni qayta ishlashga katta e‘tibor beriladi. Undagi nazariy usullar va texnik echimlar, o‗xshash muammolarini echimini topish vositalari, tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma‘lumotlar va boshqa maxsus ma‘lumotlar yig‗ish tadqiqot boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga oshiriladi. 3. Dastlabki faraz. Dastlabki faraz, ya‘ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig‗ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo‗yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor. Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda nazariy ma‘lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq o‗rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so‗rovlari, suhbatlari, mutaxassis-olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o‗tkaziladi. 4. Nazariy tadqiqot. Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o‗rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm-fanning tadqiqot manbaiga qo‗llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya‘ni hali ma‘lum bo‗lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi. Nazariy tadqiqotning maqsadi o‗rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to‗liqroq, chuqurroq umumlashtirish ishchi farazga iloji boricha ko‗proq bog‘lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz 42 yanada takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma‘lumot nazariyasini ishlab chiqishga imkon yaratiladi, ya‘ni o‗rganilayotgan muammoni echimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning ichidan eng samarali echimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog‗liq bo‗ladi. 5. Amaliy tadqiqot. Amaliy tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng ko‗p mehnat talab qilinadigan qismi bo‗lib, u tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog‗liqdir. Bu holda tajriba, tajribasinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog‗i yoki rad qilmog‗i lozim. Agarda o‗tkazilgan tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo echimini rad qilsa, u holda tadqiqot olib borish tartibi o‗zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi. Natijalarni tahlil qilishda asosan nazariy jihatdan ilmiy asoslangan tadqiqot usullarini qo‗llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo‘lga kiritilgan natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi, shuningdek, nazariy va amaliy tadqiqot natijalarining to‗g‗ri kelishligini baholash imkonini yaratadi. 6. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish. Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e‘tiborga olgan holda nazariy jihatdan qo‗lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.) natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o‗rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi bosqichini davom ettirishga ko‗rsatma beriladi. 7. Qo„lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar. Xulosalash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo‗lib, bunda tadqiqot oxirgi bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning muammo qo‗yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so‗nggi bosqich bo‗ladi va natijalarni o‗zlashtirishga kirishiladi. Natijalarni o‗zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o‗zlashtirilishiga tayyorlash, ya‘ni iste‘mol uchun tayyorlash. Bunda tadqiqotchi ishtiroki muhim rol o‗ynaydi, chunki kerak bo‗lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo‗lidan kelavermaydi. 8. Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etish bo„yicha tavsiyalar va ko„rsatmalar tayyorlash. Tavsiya va ko‗rsatmalar berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning tadqiqot manbaiga hamda muammo qo‗yilishiga mosligi asosida tayyorlanadi va ishlanmadan amaliyotda foydalanish yo‗l-yo‗riqlari ifodalanadi. Uslubiy tavsiyalar 43 shunga o‗xshash ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo‗lishi mumkin. Mazkur bosqichlarni ilmiy tadqiqot ishini olib boorish va uni rasmiylashtirish bo‗yicha ma‘lumotlar qismida amaliy masalalarga bog‗lab tushunchalar berilgan. Nazorat savollari 1. Metodologiya usuldan nimasi bilan farq qiladi? 2. Umumilmiy usullarni sanab bering. 3. Empirik usul nima? 4. Ilmiy bilishning empirik usullarini sanab bering va tushuntiring