Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə14/57
tarix18.05.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#116432
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi

Kombinatsiyalashtirilgan ikki konturli va issiqlik akkumulyatorli quyosh va bioenergiyadan foydalanib mo‘tadil iqlim yaratiladigan binoning atrof to‘siqlari, cherdak, shift va pol qatlamlari orqali tashqi muhitga sarflanadigan issiqlik miqdorini kamaytirish maqsadida mahalliy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish uchun bu materiallar (mayin somon, opelka aralashmali loy suvoq, qamish qirqimlaridan va kompozit materiallardan tayyorlangan panellar)ni issiqlik fizikaviy va issiqlik o‘tkazuvchanlik xarakterestikasini laboratoriya qurilmasida o‘tkazilgan tajribalarda va nazariy asosda analitik, matematik modellashtirish va sonli metodlar bilan tadqiq etildi. Shuningdek zamonaviy asbob uskunalar va laboratoriya qurilmalari yordamida eksperemental tadqiqodlar olib borildi.



    1. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati

Namunaviy uylarda mo‘tadil iqlim rejimini yaratishda noan’anaviy energiya manbalaridan, xususan quyosh va bioenergiyadan foydalanish tizimini takomillashtirishda issiqlik akkumulyator samaradorligini orshirishni talab etadi. Bino atrof to‘siqlari, cherdak, shift, pol, eshik va derazalar orqali atrof muhitga sarflanadigan issiqlik miqdorini kamaytirishda mahalliy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish uchun ularning issiqlik fizikaviy, issiqlik almashinuv tizimlarini nazariy tadqiqotlar asosida o‘rganildi.
Quyosh energiyasidan foydalanib havo isitish kollektoridagi aerodinamik va issiqlik almashinuv tizimlarini eksperemental tadqiq etildi. Binoning yer osti suvli bakdan tayyordangan issiqlik akkumulyatorda issiqlik to‘plash va undan tunda surunkali bulutli, sovuq kunlarda foydalanish bilan bog‘liq energiya resurslar tejamkorligini tadqiq etilishi muhim amaliy ahamiyatga ega.


    1. Ish tuzilmasining tavsifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
Ushbu nizomning VI bo’limi 19-22 bandlarida Magistrlik dissertatsiyasi o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy ta’lim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-o‘qituvchilari tarkibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga ko‘ra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qo‘shimcha ravishda tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.
Magistratura talabasi o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi xodimlari tarkibidan bo‘lgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy ta’lim muassasasida o‘quv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan o‘quv yuklamasiga kiritilishi haqida aytib o’tilgan va shunga muvofiq ravishda 2020-yil 24-oktabrda kafedra yig’ilish bayonida hamda 2020-yil 30-noyabrdagi fakultet metodik kengashida tasdiqlanib, 2021-yil 23-yanvarda institut rektorining 93/T “Magistrlik dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarini tayinlash haqida”gi buyrug’iga asosan, 5A310104 - “Sanoat issiqlik energetikasi” mutaxassisligi magistranti Arziyev Baxrom Ravshan o’g’liningining ilmiy rahbar sifatida texnika fanlari doktori professor B.E.Xayriddinovni tayinlash hamda, dissertatsiya mavzusi ustida ish olib borishga ruxsat etilgan.
“Namunaviy uylarning issiqlik rejimini ta’minlashda mahalliy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish texnologiyasini tadbiq etish” mavzusida dastlabki ma’lumotlar ilmiy rahbar B.E.Xayriddinov tomonidan magistrant A.Baxromga tahlil qilish uchun taqdim etildi va unga qo’shimcha ravishda bir qancha adabiyotlarni topib o’rganish vazifasi yuklatildi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin