2.4.5. Olingan natijaning talqin etilishining yangiligi (izohlash va talqin qilish yangiligi). Bu yerda yaxshi ma’lum bo’lgan qonunlar va g’oyalarning yangicha ko’rilishini namoyon qilish uchun real imkoniyat mavjuddir. Dissertatsiya ishini bajarish mobaynida o’tkazilishi kutilayotgan tajriba ishlari va ulardan olingan natijalar, ilgari olingan hamda ishlab chiqarish korxonasining natijalari bilan solishtirib borish rejaga kiritilgan va mavjud yangiliklarni dissertatsiya ishiga kiritilishi kutilmoqda.
2.4.6. Olingan natijani amalda qo’llashning yangiligi (amaliy yangiligi). Odatda bu nazariy ilmiy tadqiqot doirasidan chetda bo’ladi va amaliy ilmiy-tadqiqotchilik ishlar toifasiga kiradi, lekin tadqiqot muallifi olingan natijalarni qo’llanish uchun yangi sohalarni taklif etishi kerak. Ilmiy tadqiqot obyektidagi issiqlik-massa almashinuv jarayonida energiya yo’qotilishlarini kamaytirish va jarayonni faollashtirish usullari tadqiq qilinmoqda, shuningdek dissertatsiya ishida ko’rib chiqilgan usullar kelajakda amalda qo’llanilishini ta’minlash rejalashtirilgan.
2.5. Tadqiqotning ilmiy farazi (gipotezasi)
Оlimlar ilmiy natija (ijоbiy yoki salbiy)ga erishish vоsitasi sifatidagi faktik materiallarga yetarlicha ega bo’lmagan hоllarda faraz (gipоteza)dan fоydalanadilar. Faraz ilmiy taxmin bo’lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jixatdan ishоnchli ilmiy nazariya bo’lish uchun asоslanishi lоzim.
Albatta, har bir ilmiy tadqiqot ijobiy yoki salbiy ilmiy gipotezaga ega bo’ladi, shunday ekan bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishining ham ilmiy farazi bo’lishi tabiiy hol, “Namunaviy uylarning issiqlik rejimini ta’minlashda mahalliy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanish texnologiyasini tadbiq etish” nomli dissertatsiya ishining ilmiy farazi sifatida tadqiqot obyekti hisoblangan Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Muborak issiqlik elektr markazi (MIEM AJ)” tashkiloti atrofidagi qurilgan namunaviy uylarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o’tkazish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |