Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda


Ilmiy tadqiqot obyekti sifatida Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Muborak issiqlik elektr markazi (MIEM AJ)” atrofidagi namunaviy uylar tanlandi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə9/57
tarix18.05.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#116432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik ish hamda

Ilmiy tadqiqot obyekti sifatida Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Muborak issiqlik elektr markazi (MIEM AJ)” atrofidagi namunaviy uylar tanlandi.

2.3. Tadqiqot maqsadi va vazifalari

Ilmiy tadqiqot maqsadini belgilash ilmiy rahbar maslahatiga binoan ilmiy tadqiqot mavzusi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lgan holda tadqiqot obyektiga uyushtirilgan ekskursiyalardan unumli foydalangan holda amalga oshirildi.


Ilmiy tadqiqotning maqsadi yaxlit, aniq bo’lishi zarur. Maqsad bitta, ikkita yoki uchta – sanoqli bo’ladi, vazifalar esa ushbu maqsadga yetishga qaratiladi, ularning soni ko’proqdir.Ilmiy tadqiqotning maqsadi va vazifalari obyekt va predmetga nisbatan birlamchidir. To’g’ri ba’zan tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash birlamchi vazifani bajaradi. Biroq butun tadqiqot jarayonida ular ilmiy konsepsiya, ilmiy maqsad va vazifalarga muvofiq o’rganiladi, ular talablariga bo’ysunadi. Bu tadqiqot obyekti ilmiy konsepsiyaga maqsad va vazifalarga mutlaq bo’ysunishi zarur, degan xulosaga kelish to’g’ri emas.
Shunday ekan biz yuqoridagi talablarga bo’ysungan holda, dissertatsiya ishining asosiy maqsadi issiqlik elektr markazlarida issiqlik nasos qurilmalaridan foydalangan holda energetik samaradorligini oshirish va gazni qayta ishlashdagi kamchiliklarni bartaraf etish.
Muborak issiqlik elektr markazi muhandis quruvchilari bilan hamkorlikda 2020-2021-yillarda olib borilgan izlanishlar natijasida innovatsion tizim asosida energiya resurslar va qurilish materiallari tejpmkor mahalliy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanilgan quyosh va qo‘shimcha biogaz bilan isitiladigan kombinatsiyalashtirilgan yer osti suvli issiqlik akkumulyatori o‘rnatilgan ikki konturli havo isitish kollektor o‘rnatildi. Namunaviy quyosh uyining tajriba varianti qurilib, nazariy va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi. Mahalliy issiqlik saqlovchi materiallarni texnologik, issiqlik fizikaviy xarakterestikasi o‘rganilib qo‘llash xisobidan qish fasli va erta bahor oylarida mikroiqlim yaratishga mo‘ljallangan ikki xonali namunviy uyning ichki devorlari mayin somon va yog‘och qirindilaridan qo‘shib tayyorlangan loy suvoqlaridan foydalanib, uning yuqori qismini qimish qirqimlaridan qo‘shib tayyorlangan (DVP) panellardan pol qismi ikkilamchi resuralardan tayyorlangan panellardan foydalanilganda quyosh uyi qurilishi tannarxini 15-20% ga arzonlashtirish va ichki issiqlikning yo‘qolishini (18-20%) kamaytirish, (qish faslida tashqi havo harorati -5-10℃ bo‘lganda) bino ichki harorati 18-20℃ gacha saqlanishiga erishish maqsadida nazariy va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi. Ilmiy izlanishlarni olib borishdan maqsad qish faslida namunaviy uyni normal issiqlik rejimida sarflanadigan yoqilg‘i-energiya resurslarini tejashga ertshtsh, qurilgan bir qavatli bunday binolarda issiqlik yo‘qolishini kamaytiradigan mahalliy issiqlik saqlovchi materiallardan foydalanishga erishishi bilan bir qatorda namunaviy uyning ichki havo temperatura rejimiga issiqlik akkumulyatorlarining ta’siri bilan bog‘liq issiqlik fizikaviy jarayonlar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishga doir reja belgilangan vazifalar amalga oshiriladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin